PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Obodlik

Zominovulda 7 km masofaga asfalt yotqazilmoqda

Zominovul mahallasi Piskent tumanining chekka hududlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda mahallada keng ko‘lamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

-Davlatimiz rahbarining e’tibori natijasida mahallamizga 2 km asfalt, 2 km shag‘al yotqazildi. 4 ming 700 m masofada yangi ichimlik suvi tarmoqlari qurildi, yangi suv minorasi o‘rnatildi,-deydi mahalla raisi S.To‘raqulov.-Yangi tibbiyot punkti esa 310 xonadonga yordam ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari 80 ta beton ustun, 2 km SIP kabellari tortildi. 4 km masofaga tortilga internet tarmog‘i esa 100 dan ortiq xonadonni zamon bilan hamnafas bo‘lishiga imkon yaratdi.

Ayni vaqtda mahalla ahlini hursand qilgan jarayon ketmoqda. Mahallaning Zomin, Yoshlik, Paxtakor, Turon, Do‘stlik va Yangihayot ko‘chalari bo‘ylab jami 7 km masofaga asfalt yotqazilmoqda.

Bularning barchasi yurtimizda islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilayotganidan dalolat beradi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета Глав государств-членов Шанхайской организации сотрудничества

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Meeting of the Heads of the Member-States of the Shanghai Cooperation Organization

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Obodlik

Prezidentimizning “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qarori asosida Mustaqillik mahallasining Baxt ko‘chasiga asfalt qoplamasi yotqazilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muammo_va_yechim

Elyor Romanov bugun ishga qabul qilindi. Gap shundaki, tuman hokimi Elyorning xonadoniga borganida ishga joylashda yordam berishini aytgan edi. Ammo yigitning hujjatlaridagi kamchilik sabab ish masalasi qolib ketgan.

Bugun hokim topshirig‘i bilan bu muammo yechildi, Elyor ishga joylandi.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Piskent hayoti 26 сон .pdf
8.4 MB
#Matbuot

"Piskent hayoti" gazetasining navbatdagi 26-soni nashr etildi. Gazeta sahifalaridan

- O‘zbekiston-yoshlar mamlakati

- Qadriyatlari bilan ulug‘ xalq

- Mehnatidan bol topayotgan tadbirkor

- Mikrosporiya-xavfli kasallik

va boshqa dolzarb mavzularda maqolalarni o‘qishingiz mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obodlik
#Muammo_va_yechim

Piskentda kanalizatsiya qurilаdi

Oqava suv tarmoqlari qurish aholi yashash punktlarida sanitariya holatini yaxshilash va boshqa bir qator qulayliklarni yaratishga xizmat qiladi. Piskent tumanida kanalizatsiya muammosi ko‘p yillardan buyon yechimini kutib, ayniqsa ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga katta noqulayliklar keltirib chiqargani ayni haqiqat.

Davlatimiz rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Piskent tumanidagi ushbu muammoga e’tibor qaratgan, tumanga oqava suv tarmoqlarini qurish uchun zarur mablag‘ ajratish topshirig‘ini bergan edi.

Ayni vaqtda Piskent ahli uchun quvonchli yangilik bo‘lib, kanalizatsiya tarmog‘i qurilishi boshlanmoqda. Qariyb 15 km masofada tortilib, tuman markazidagi barcha mahallalarni qamrab oladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from PISKENT TUMAN KENGASHI
#Sessiya_67
#Onlayn

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Piskent tumani kengashining navbatdan tashqari 67-sessiyasi onlayn tarzda bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

- Xalq deputatlari tuman Kengashining namunaviy reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si raisi (N.Mirvosilov).

- “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam ajratish to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si raisi (J.Sultonov).

- Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Ulaning va ulashing⤵️
https://t.iss.one/PiskentTumaniKotibiyati
Forwarded from OAV uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9 июль — Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловида қатнашинг!

https://t.iss.one/uzboav
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri_uchun

Piskent tumanining Zominovul mahallasi so‘nggi vaqtlarda butkul o‘zgardi. Yangi mahalla idorasi, tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi, bog‘cha qurilmoqda, to‘liq asfalt qilinmoqda, internet ulandi, suv va elektrdagi muammolar hal etildi.

-Bo‘layotgan yangilanishlardan mahallamiz ahli juda minnatdor,-deydi rais Sayfullo To‘raqulov.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

Avval xabar berganimizdek, nogironligi bo‘lgan, bemor va probatsiya ro‘yxatiga olingan yoshlar tuman rahbarlariga biriktirilgan edi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.Soatov shunday oila farzandlari bilan muloqotda bo‘ldi. Jumladan,  Ahil mahallasida yashovchi X.Dehqonovaning davolanishiga zarur dori-darmonlar olib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Munosabat

Ayni vaqtda dalalarda g‘alla o‘rimi jarayoni qizg‘in, issiq ob-havo hamda qurigan somonpoyalar yong‘in xavfini oshiradi.

Tumanimizning ayrim hududlarida esa g‘alladan bo‘shagan maydonlarni yoqib yuborish holatlari uchramoqda. Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Piskent, Oxunboboyev, Qirqqizobod, Haydarov hududlari fermerlari bilan g‘alladan bo‘shagan maydonlarni peshma-pesh shudgorlash, somonpoyalarni yoqib yuborishning oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Bug‘doy o‘rilgan maydonlarga o‘t qo‘yish holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir

Fidoyi va nuroniy mahalla faollari e'tirof etildi

Piskent tuman hokimligi tomonidan bugun “Lola” tantanalar majmuasida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Ma’lumki, Piskent tumani pilla va g‘alla mavsumini muvaffaqiyatli yakunladi. Kuni kecha shukronalikda Qurbon hayiti nishonlandi. Mana shunday fayzli kunlarda tuman hokimi Nodirbek Yakubov tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirga 29 ta mahalladan 300 dan ortiq nuroniylar, faollar va ko‘chaboshilar taklif etildi.

Sektor rahbarlarining e’tibori va e’tirofi, to‘kin dasturxon va musiqiy dastur yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Nuroniylar duoga qo‘l ochib, yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, elimiz dasturxoniga to‘kinlik, yaxshi kunlar ko‘p bo‘lishini tiladilar. Doshqozonlarda palov damlab, tortildi.

Tadbir so‘ngida barchaga tuman hokimligi va “Mahalla” jamg‘armasining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi