PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.65K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Эксперт_фикри

Сиёсат билан шуғулланиш учун ҳам озгина савод керак

🔰Қанча йиллардан бери Европа давлатларида умргузаронлик қилиб келаётган Муҳаммад Амин Нуроний кейинги йилларда Ўзбекистонда кечаётган ижтимоий-сиёсий жараёнлар бўйича хорижий эксперт мақомини олишга бел боғлаганга ўхшайди. Муҳаммад Амин Нуроний Париждан туриб, бир пайтлар ўзи туғилиб ўсган юртда турли хил бузғунчиликларни келтириб чиқаришга ундовчи чақириқларни ижтимоий тармоқлар орқали тарқатишга астойдил киришган.

‼️Бу муаллифнинг “бир боғдан, бир тоғдан” фикр-мулоҳазаларини ўқиган киши унинг чиндан ҳам универсал билимдонлигига тан бермай иложи йўқ. Чунки у киши бурун тиқмаган, нима қилиш ҳақида бошқаларга кўрсатма бермаган бирор соҳа қолмаган.

🔗 Батафсил

✍️ Анвар Эминов,
журналист.


@olimlar_minbari
Forwarded from Otabek Sultonbekov
#kun_tartibi

Bugun  Piskent tumanidagi ayrim yoshlar va ularning ota-onalari bilan muloqot o‘tkazdik

🌐Batafsil

https://t.iss.one/Otabek_Sultonbekov
#Bunyodkorlik

Taraqqiyot mahallasida 150 o‘rinli bog‘cha ishga tushdi

O‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor bugungi kunda davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bunda eng olis hududlarda ham bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish maqsadida yangi bog‘chalar qurib, foydalanishga topshirilmoqda.

Bugun Taraqqiyot mahallasida ham zamon talablariga munosib yangi bog‘cha qurilishi yakuniga yetkazildi. 6 mlrd 131 mln so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan ushbu muassasa qishloqdagi 150 nafar bolajonni o‘z bag‘riga olibgina qolmay, 32 nafar shu mahallada istiqomat qiluvchi ishsiz, “Temir daftari”, “Ayollar daftari” da ro‘yxatda bo‘lgan fuqarolar, uy bekalarini ham ish bilan taminlanadi.

Joriy yil yakuniga qadar, Piskent tumanida 4 ta davlat, 6 ta oilaviy hamda 1 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi

“Pillachilik sohasida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–85-son, 01.06.2023-y.) qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, 2023-yil iyundan hududlarda:

🔹ipak qurtini parvarishlash, yetishtirilgan pillani xarid qilish, qayta ishlash, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, tayyor mahsulotni ichki bozorga yo‘naltirish va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan yangi pillachilik klasterlari;

🔹tut ko‘chatlarini yetishtirish, tutzorlarni barpo qilish, ipak qurtini parvarishlash, pilla xomashyosini tayyorlash bilan shug‘ullanadigan pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi yangi fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi.

Yangi tutzorlar barpo qilish uchun 105 ming gektar yer maydonlari ularning konturlarini aniq belgilagan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.

📋 Yangi tutzorlar barpo qilish uchun yer uchastkalari 10 gektardan kam bo‘lmagan o‘lchamda pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga, istisno tariqasida, ijara huquqi asosida ajratiladi.

☑️ Farmonga ko‘ra, hududiy “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga tegishli bo‘lgan va aholiga oilaviy pudrat shartnomasi asosida biriktiriladigan tutzorlar maydoni 0,5 gektardan 2 gektargacha etib belgilandi.

🔘2023-yil 1-iyundan:

🔸kasanachilar, pillachilik uy xo‘jaliklari hamda fermer xo‘jaliklariga ipak qurti urug‘i va uni parvarish bilan bog‘liq resurslar bepul beriladi;

🔸maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming so‘mdan, ammo 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratiladi.

🏢 Farmon bilan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining hududlarda ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi yangi urug‘chilik korxonalari (7 ta) tashkil etildi.

📌 Shuningdek, 2023-yil yakunigacha Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida ipak qurtining mahalliy zotlardan olingan elita urug‘ini tayyorlash naslli urug‘chilik stansiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Qo‘sha qarish saodati

30-sonli Musiqa va san’at maktabida 50 yil va undan ortiq vaqt davomida umrguzaronlik qilgan namunali oilalar ishtirokida “Qo‘sha qarish saodati” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning "Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-167-sonli qarori ijrosi, turmush sinovlarini birga yengib, baxtli hayot kechirgan nuroniylarning hayotiy tajribalarini yoshlarga namuna qilish maqsadida tashkil etilgan tadbir o‘ziga xos fayz va shukuh bilan o‘tdi.

Unda "Nuroniy" jamg‘armasi respublika boshqaruvi vakili X.Yunusov, viloyat jamg‘armasi raisi o‘rinbosari O‘.Abduvohidov, tuman bo‘limi rahbari M.Axrorov, tumanimizda 50-60 yildan ziyod birga hayot kechirgan oila vakillari ishtirok etishdi. Mustahkam oila qurish, bahamjihatlik, ahillikda sinovlarni bartaraf etishgani haqidagi hayotiy hikoyalari yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Италия Республикаси Президенти Сержо Маттарелланинг таклифига биноан расмий ташриф билан Рим шаҳрига келди.
“Фьюмичино” аэропортида олий мартабали меҳмонни Италия мудофаа вазири Гвидо Крозетто ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Итальянской Республики Серджо Маттареллы прибыл с официальным визитом в Рим.
В аэропорту «Фьюмичино» высокого гостя встретили министр обороны Италии Гвидо Крозетто и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Italiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter