PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Futbol

⚡️⚡️⚡️DXX kubogi o‘yinlari keskin bahslar bilan o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, tumanimiz mahallalari va sektorlar bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati rahbari kubogi uchun futbol va minifutbol o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan bugungi uchrashuvlarda mini futbolda Oqtom jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Mustaqillik futbolchilari 2-o‘rin, Istiqlol mahalla yoshlari 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

🏅Katta futbol o‘yinlarida esa Mustaqillik 1-o‘rin, Oqtom 2-o‘rin, Ahil jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🏆G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

“Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–82-son, 01.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko'ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.

▶️ Quyidagilar Agentlik tuzilmasiga o'tkaziladi:

🔹2024 yil 1 yanvardan:

Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari.

🔹 2024 yil 1 avgustdan:

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar
va maktab-internatlar, ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari;

Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari.

🗓 2023 yil 1 iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etiladi.

📌 2023 yil 15 avgustgacha aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko'rsatish dasturlari bo'yicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga ma'lumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi.

➡️ 2024 yil 1 yanvargacha:

🔸davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlari;

🔸nogironligi bo'lgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band bo'lgan oila a'zolariga ko'maklashish bo'yicha ijtimoiy himoya mexanizmlari ishlab chiqiladi.

▶️ 2023 yil 1 oktabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

🔢 2023 yil 1 oktabrdan:

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Agentlik tasarrufiga o'tkaziladi;

aholiga ko'rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo'yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

2024 yil 1 yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va ko'mak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali ko'rsatiladigan ijtimoiy yordam va ko'maklar qamrab olinadi.

Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo'lgan shaxslar hamda yolg'iz keksalar holidan xabar olish, ularga g'amxo'rlik qilish hamda xayriya tadbirlari o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Piskent tumanida bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri O‘zbekiston 24 telеkanali nigohida.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Prezidentimizning xalqimizga va Parlamentga murojaatnomasida iqtisodiy o‘sishi nisbatan sust bo‘lgan qator tuman va shaharlarga soliq imtiyozlari berilgan edi. Piskent tumanida ushbu imtiyozlardan tadbirkorlik subyektlari qanday foydalanmoqda?

Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanali "Taxlilnoma" dasturida so‘z yuritildi.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Piskent hayoti газетасининг 21 сони .pdf
10.3 MB
#Matbuot

“Piskent hayoti” gazetasining 2023 yil 3 iyundagi 21-sonida tumanimiz hayotiga oid qator maqolalarni o‘qishingiz mumkin.

Barchasi baxtli bolalik uchun!

Foydali hamkorlik

Tomchilatib sug‘orish:natija, iqtisod, daromad

Orzusiga yetgan tadbirkor


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ijtimoiy_aksiya

Xodim quyidagi asoslar bo‘yicha ishdan bo‘shatilganda ish qidirish davrida 2 oygacha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qolinadi:

▫️xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganda;
▫️xodim ish beruvchi bilan ishlash uchun boshqa joyga ko‘chishni rad etganda;
▫️xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘i ko‘taradigan boshqa ishga o‘tishni rad etgada yoki ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganda;
▫️xodimlar soni yoki shtatlar qisqarganda;
▫️tashkilot tugatilganda;
▫️xodim malakasi yetarli bo‘lmaganda;
▫️shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklanganda;
▫️sudning tashkilotni tugatishga oid qarori kuchga kirganda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari joriy etilmoqda

2023 yil 16 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli Qarori qabul qilingan edi.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov topshirig‘i asosida quyosh panellari o‘rnatish istagi bo‘lgan tadbirkorlar va aholiga qulaylik yaratish maqsadida muayyan ishlar olib borilmoqda. Ya’ni, arzon va sifatli mahsulot taklif etgan korxonalar mahsuloti tuman hokimligiga keltirildi. Talabgorlar qulay shartlar asosida bo‘lib to‘lash, pul o‘tkazish yo‘li bilan harid qilishlari mumkin.

Hozirda tumanda 74 ta tashkilot va korxonalar, jumladan tuman hokimligi, davlat soliq inspeksiyasi, tijorat banklari va tadbirkorlik subektlari, shuningdek, “Temir daftar”ga ro‘yxatga olingan 6 nafar fuqaro xonadoniga o‘rnatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 75 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 117 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 125 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 22 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 246 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 218 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 37 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 44 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 41 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 23 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 351 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 93 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 150 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 83 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 14 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 52 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 82 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 217 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 2 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 37 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 6 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 1 ta (кўриш)

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Камбағалликни қисқартиришда энг биринчи масала — инсонларнинг психологиясини ўзгартириш

📍https://uza.uz/posts/489874

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_kubogi
#Yoshlar_futboli

Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uchun futbol va mini futbol bo‘yicha Piskent tumani Yoshlik stadionida bo‘lib o‘tgan final o‘yinlaridan videolavha.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Statistika

📊Piskent tumanining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlar umumiy hajmi

2023- yilning yanvar - mart yakunlariga ko‘ra, Piskent tumanining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmi 237,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi, 2022- yilning mos davriga nisbatan 112,0 %ni tashkil qildi.

🥕Sabzavotlar – 86 tonna

🥩Go‘sht (tirik vaznda) – 4 013 tonna

🥛Sut – 11 582 tonna

🥚Tuxum – 9 303 tonna

🐃Yirik shoxli qoramollar - 62 198 bosh

🐄Sigirlar - 24 229 bosh

🐏Qo‘y va echkilar – 80 414 bosh

🐎Otlar - 3 686 bosh

🐓Parrandalar – 1 155 741 bosh

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram