PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.45K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Sport

Piskentlik ayollar velomarafonda har uch o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Xalqaro velosiped kuni munosabati bilan Toshkent viloyatining 22 ta tuman-shaharlari velosipedchilari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5251-sonli qarori ijrosini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va 3-iyun Xalqaro velosiped kuni munosabati bilan o‘tkazilgan velomarafonda Piskent tumani ishtirokchilari muvaffaqiyatli qatnashdi.

30 yoshdan katta ayollar o‘rtasida

1-o‘rin Istiqlol mahallasi xotin-qizlar faoli Baxtigul To‘laganova;
2-o‘rin Mingtepa mahallasi xotin-qizlar faoli Nodira Begmatova;
3-o‘rin mahallasi xotin-qizlar faoli Asiya Muspenova;

Yoshlar o‘rtasida velopoygalarda

2-o‘rin Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi Sarvinoz Mamadaliyeva;
3-o‘rin Mingtepa mahallasi fuqarosi Lola Zuhurova
qo‘lga kiritdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Чўлпонотада Европа Кенгаши Президенти Шарль Мишель билан музокара ўтказди ҳамда Марказий Осиё мамлакатлари ва Европа Иттифоқи етакчилари учрашувида муҳим ташаббусларни илгари сурди

Президент Шавкат Мирзиёев провел переговоры с Президентом Европейского Совета Шарлем Мишелем и выступил с важными инициативами на встрече лидеров Центральной Азии и Европейского Союза в Чолпон-Ате

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

PISKENT TUMANI
YANGI O‘ZBEKISTONNING BAXTIYOR BOLALARI SHIORI OSTIDA BOLALAR FESTIVALI

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan Axyor Ilhomjonov suv havzalarida cho‘milish qoidalari va baxtsiz hodisalarning oldini olish haqida axborot berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#oʻquv_seminari

Piskent tumanida uchastka saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va a’zolari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

2-sonli kasb-hunar maktabida o‘quv jarayonlarida tinglovchilarga saylov jarayonlarida amal qilish lozim bo‘lgan muhim jihatlar, shaffof, ochiq va demokratik talablar asosida o‘tkazish tartibi va faoliyatining asosiy talablari hamda saylov qonunchiligiga oid muhim hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan zarur tushunchalar hamda uslubiy qo‘llanmalar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Futbol

⚡️⚡️⚡️DXX kubogi o‘yinlari keskin bahslar bilan o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, tumanimiz mahallalari va sektorlar bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati rahbari kubogi uchun futbol va minifutbol o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan bugungi uchrashuvlarda mini futbolda Oqtom jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Mustaqillik futbolchilari 2-o‘rin, Istiqlol mahalla yoshlari 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

🏅Katta futbol o‘yinlarida esa Mustaqillik 1-o‘rin, Oqtom 2-o‘rin, Ahil jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🏆G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

“Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–82-son, 01.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko'ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.

▶️ Quyidagilar Agentlik tuzilmasiga o'tkaziladi:

🔹2024 yil 1 yanvardan:

Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari.

🔹 2024 yil 1 avgustdan:

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar
va maktab-internatlar, ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari;

Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari.

🗓 2023 yil 1 iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etiladi.

📌 2023 yil 15 avgustgacha aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko'rsatish dasturlari bo'yicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga ma'lumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi.

➡️ 2024 yil 1 yanvargacha:

🔸davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlari;

🔸nogironligi bo'lgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band bo'lgan oila a'zolariga ko'maklashish bo'yicha ijtimoiy himoya mexanizmlari ishlab chiqiladi.

▶️ 2023 yil 1 oktabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

🔢 2023 yil 1 oktabrdan:

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Agentlik tasarrufiga o'tkaziladi;

aholiga ko'rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo'yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

2024 yil 1 yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va ko'mak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali ko'rsatiladigan ijtimoiy yordam va ko'maklar qamrab olinadi.

Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo'lgan shaxslar hamda yolg'iz keksalar holidan xabar olish, ularga g'amxo'rlik qilish hamda xayriya tadbirlari o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Piskent tumanida bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri O‘zbekiston 24 telеkanali nigohida.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Prezidentimizning xalqimizga va Parlamentga murojaatnomasida iqtisodiy o‘sishi nisbatan sust bo‘lgan qator tuman va shaharlarga soliq imtiyozlari berilgan edi. Piskent tumanida ushbu imtiyozlardan tadbirkorlik subyektlari qanday foydalanmoqda?

Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanali "Taxlilnoma" dasturida so‘z yuritildi.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Piskent hayoti газетасининг 21 сони .pdf
10.3 MB
#Matbuot

“Piskent hayoti” gazetasining 2023 yil 3 iyundagi 21-sonida tumanimiz hayotiga oid qator maqolalarni o‘qishingiz mumkin.

Barchasi baxtli bolalik uchun!

Foydali hamkorlik

Tomchilatib sug‘orish:natija, iqtisod, daromad

Orzusiga yetgan tadbirkor


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ijtimoiy_aksiya

Xodim quyidagi asoslar bo‘yicha ishdan bo‘shatilganda ish qidirish davrida 2 oygacha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qolinadi:

▫️xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganda;
▫️xodim ish beruvchi bilan ishlash uchun boshqa joyga ko‘chishni rad etganda;
▫️xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘i ko‘taradigan boshqa ishga o‘tishni rad etgada yoki ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganda;
▫️xodimlar soni yoki shtatlar qisqarganda;
▫️tashkilot tugatilganda;
▫️xodim malakasi yetarli bo‘lmaganda;
▫️shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklanganda;
▫️sudning tashkilotni tugatishga oid qarori kuchga kirganda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin