PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.68K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zamonamiz_qahramonlari

Sinfdoshlar oʻzlari oʻqigan maktabni obod qildilar

Zangiota tumani, Nazarbek qoʻrgʻonidagi 8- umumta’lim maktabining sobiq oʻquvchilari – sinfdosh doʻstlar Hamidullo A’zamov, Xursand Karimboyev, Olimjon Komiljonov, Alisher Zokirov va Rustam Djumayev oʻzaro maslahatlashib, oʻzlari oʻqigan ta’lim dargohi obodligiga katta hissa qoʻshishdi.

Sobiq sinfdoshlar – tadbirkor doʻstlar qariyb 3 milliard soʻm evaziga maktab hududida sport maydoni, istirohat bogʻi barpo qildilar. Xizmat koʻrsatish davlat-xususiy sherikchilik tizimi asosida yoʻlga qoʻyildi. Kelib tushayotgan mablagʻlar esa maktab ehtiyojlari uchun ishlatiladi.

Toshkent viloyati hokimligi maorif ishiga qoʻshgan hissasi hamda yosh avlodga koʻrsatayotgan e’tibori uchun ushbu saxovatpesha fuqarolarga minnatdorlik bildiradi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Futbol

⚡️⚡️⚡️Ertaga DXX kubogi uchun final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

⚽️Tumanimiz mahallalari va sektorlar bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati rahbari kubogi uchun futbol va minifutbol o‘yinlariga start berilgan edi.

Ertaga hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan eng sara jamoalar Mustaqillik - Oqtom mahallasi futbolchilari yashil maydonda uchrashadi. Bahslar keskin va murosasiz bo‘lishi kutilmoqda.

📍 Futbol ishqibozlarini 3 iyun, soat 17:00da Yoshlik stadionida kutamiz!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Аҳолига сифатли ижтимоий хизмат ва ёрдам кўрсатиш ҳамда унинг самарали назорат тизимини йўлга қўйиш бўйича комплекс чора-тадбирлар тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони

📍https://uza.uz/posts/489457

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#Bandlik

Piskent tumanida ham"Amaliy monomarkaz" o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yilning 15-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 1-iyunidan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshirilmoqda.

Piskent tumandagi "Mark Formelle" MCHJ qoshida "amaliyot monomarkazi" faoliyatini yo‘lga qo‘yildi. Monomarkazda korxona tomonidan ishsiz ayollarga amaliy va nazariy mashg‘ulotlar olib borilib, malakali mutaxassislar tayyorlanadi va korxonaning o‘ziga ishga qabul qilinadi.

Bugun Monomarkazdagi birinchi mashg‘ulotda avvalida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘lim boshlig‘i Mirshohid Miryunusov ishtirok etib, ayollar bandligini ta’minlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi. Jarayonda korxonaga kelgan 40 nafar ishsiz ayollardan 15 nafari ishga qabul qilinishi ta’minlandi.

Telegram|YouTube|Facebook
#Bilasizmi

❗️Tuhmat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

☑️ Tuhmat,
ya'ni bila turib yolg'on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun qonunchilikda ma'muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda tuhmat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 600 ming so'mdan 19 mln 800 ming so'mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Agar ushbu huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa, 66 mln so'mgacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

🔰Tuhmat nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat jinoyat hisoblanadi va aybdor:

▫️66 mln so'mdan 132 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.

Agarda tuhmat:

og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etishda ayblab;
og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lgan holda;
xavfli residivist tomonidan;
g'arazgo'ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa:

▫️99 mln so'mdan 165 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️
360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Sport

Piskentlik ayollar velomarafonda har uch o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Xalqaro velosiped kuni munosabati bilan Toshkent viloyatining 22 ta tuman-shaharlari velosipedchilari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5251-sonli qarori ijrosini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va 3-iyun Xalqaro velosiped kuni munosabati bilan o‘tkazilgan velomarafonda Piskent tumani ishtirokchilari muvaffaqiyatli qatnashdi.

30 yoshdan katta ayollar o‘rtasida

1-o‘rin Istiqlol mahallasi xotin-qizlar faoli Baxtigul To‘laganova;
2-o‘rin Mingtepa mahallasi xotin-qizlar faoli Nodira Begmatova;
3-o‘rin mahallasi xotin-qizlar faoli Asiya Muspenova;

Yoshlar o‘rtasida velopoygalarda

2-o‘rin Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi Sarvinoz Mamadaliyeva;
3-o‘rin Mingtepa mahallasi fuqarosi Lola Zuhurova
qo‘lga kiritdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Чўлпонотада Европа Кенгаши Президенти Шарль Мишель билан музокара ўтказди ҳамда Марказий Осиё мамлакатлари ва Европа Иттифоқи етакчилари учрашувида муҳим ташаббусларни илгари сурди

Президент Шавкат Мирзиёев провел переговоры с Президентом Европейского Совета Шарлем Мишелем и выступил с важными инициативами на встрече лидеров Центральной Азии и Европейского Союза в Чолпон-Ате

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

PISKENT TUMANI
YANGI O‘ZBEKISTONNING BAXTIYOR BOLALARI SHIORI OSTIDA BOLALAR FESTIVALI

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan Axyor Ilhomjonov suv havzalarida cho‘milish qoidalari va baxtsiz hodisalarning oldini olish haqida axborot berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#oʻquv_seminari

Piskent tumanida uchastka saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va a’zolari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

2-sonli kasb-hunar maktabida o‘quv jarayonlarida tinglovchilarga saylov jarayonlarida amal qilish lozim bo‘lgan muhim jihatlar, shaffof, ochiq va demokratik talablar asosida o‘tkazish tartibi va faoliyatining asosiy talablari hamda saylov qonunchiligiga oid muhim hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan zarur tushunchalar hamda uslubiy qo‘llanmalar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Futbol

⚡️⚡️⚡️DXX kubogi o‘yinlari keskin bahslar bilan o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, tumanimiz mahallalari va sektorlar bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati rahbari kubogi uchun futbol va minifutbol o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan bugungi uchrashuvlarda mini futbolda Oqtom jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Mustaqillik futbolchilari 2-o‘rin, Istiqlol mahalla yoshlari 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

🏅Katta futbol o‘yinlarida esa Mustaqillik 1-o‘rin, Oqtom 2-o‘rin, Ahil jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🏆G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi