PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.45K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Fuqarolar uchun qabullarni hokimlikda emas, balki xalq orasida oʻtkazish tobora anʼanaga kirib bormoqda.

Shu maqsadda tuman hokimi Nodirbek Yakubov Maylobod mahallasida joylashgan 4-maktabda fuqaro murojaatlari uchun sayyor qabul oʻtkazdi. Qabulda 20 nafarga yaqin maylobodlik aholi vakillari va koʻchaboshilar ishtirok etdi.

Jarayonda ichimlik suvi olib kirishdagi muammolar, koʻcha yoritkichlari oʻrnatish, daydi itlarni bartaraf etish singari maummolar oʻrtaga tashlandi. Tuman hokimi suv bilan bogʻliq masalani bartaraf etishda suv taʼminoti korxonasi rahbari va qurilish tashkiloti masʼuliga tegishli topshiriqlar berdi. Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan reydlar oʻtkazib, daydi itlarni tutish, Moliya boʻlimi rahbariga itlarni qabul qilish punkti bilan bogʻliq ishlarni hal etish vazifasi yuklandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Chimqoʻrgʻon mahallasi Navroʻz, Istiqlol va Yangiturmush koʻchalariga ichimlik suvi quvurlari oʻrnatilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
⚡️ДХХ таъмагир муҳандисларни ушлади

Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ва Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаментининг ҳудудий бошқармаси ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда, «Ҳудудгаз Тошкент» газ таъминоти филиалининг «Ўртачирчиқтумангаз» газ таъминоти бўлими етакчи муҳандиси М.О. маҳаллий МЧЖга қарашли автомобилларга газ қуйиш шохобчасида белгиланган меъёрдан ортиқ компрессор жиҳозлари ўрнатилганлиги учун жарима расмийлаштирмаслик эвазига 8 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

Тезкор суриштирув ҳаракатлари давомида, у мазкур пул маблағини «Ҳудудгаз Тошкент» газ таминоти филиалининг етакчи муҳандиси Б.М. кўрсатмасига асосан олганлиги аниқланиб, ушбу шахс ҳам қўлга олинди.

Каналга уланиш:
@uzauz
#Tadbir

Maktablarda “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi

Nuroniylar kengashi va maktablar hamkorligida taʼlim muassasalarida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Unda mahallalardagi nuroniy, katta hayot tajribasiga ega boʻlgan otaxonu onaxonlar maktab oʻquvchilari bilan tarbiyaviy ahamiyatga ega davra suhbatlari olib borishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qabul

Bugun tuman hokimligida navbatdagi ommaviy qabul boʻlib oʻtdi.

Qabulda tuman hokimi Nodirbek Yakubov turli mahallalardan murojaat bilan kelgan 30 nafar fuqaroni tingladi. Yuzma-yuz muloqot vaqtida davolanishga tibbiy koʻmak, moddiy yordam, yer auksion tartibida uchastka ajratish, subsidiya asosida asbob-uskuna olish singari 10 ga yaqin murojaat hal etildi.

Jumladan, nogiron farzandi boʻlgan K.Irisqulova subsidiyaga tikuv mashinasi olish, V.Isroilova operatsiya harajatlari bilan bogʻliq murojaati hal boʻlganidan minnatdorlik bildirdi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, oilaviy nizolar bilan bogʻliq muammolar yuzasidan qoʻshimcha oʻrganish uchun tegishli rahbarlarga topshiriq berildi.

Qabul davomida yoʻllangan barcha murojaatlar tuman hokimining nazoratiga olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi