Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълим тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы дошкольного образования.
#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiysoha #maktabgachatalim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

#Bilasizmi
📝 Hokimliklar favqulodda vaziyatlar organlari bilan hamkorlikda har yili 1-maydan 15-sentyabrgacha suvda baxtsiz hodisalar (odamlar o‘limi) tez-tez ro‘y berib turadigan joylarni aniqlashi kerak.
⚠️ Shuningdek, mazkur hududlar bo‘yicha mahalliy aholi va dam oluvchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qirg‘oq bo‘ylab cho‘milishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatishi shart.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#Ipakchilik
Yilning ilk hosili topshirildi
Piskent tumani “Agropilla” MChJ da pilla topshirish mavsumining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Nodirbek Yakubov, hokim oʻrinbosarlari, “Agropilla” MCHJ tuman filiali, Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi masʼullari, agronom va pillakorlar ishtirok etishdi.
Joriy yil pilla mavsumida jami 2 ming 700 quti pilla qurti parvarishlanib, 157 tonna tirik pilla yetishtirish rejalashtirilgan. Dastlabki kunning oʻzida pillaxonaga 1 tonnaga yaqin pilla xomashyosi topshirildi.
Tuman hokimi Nodirbek Yakubov pillakorlarning mashaqqatli ishiga muvaffaqiyat tilab, mavsumda birinchi boʻlib “kumush tola” topshirgan 8 nafar ilgʻor pillakorlarga pul mukofotlari topshirdi. Tuman bosh imom xatibi Zaynilobiddin Qudratov tomonidan Qurʼon oʻqib, dehqon va pillakorlar ishiga baraka tilab duolar qilindi.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi

#Tanqid
Yong‘inni o‘chirishga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan to‘siqlar to‘sqinlik qildi
Bugun Oybek MFY Toʻmaris koʻchasida fuqaro Yo.A. xonadonida yongʻin sodir boʻldi.
Yongʻin haqida xabar tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi dispetcherlik xizmatiga ertalab soat 9:08 da kelib tushgan boʻlib, yongʻin oʻchirish brigadasi va maxsus transport soat 9:15 da yetib bordi.
Ammo ushbu Toʻmaris koʻchasiga oʻrnatilgan temir toʻsiq sababli suv ortilgan oʻt oʻchirish transporti yongʻin sodir boʻlgan xonadonga kirishga xalal bergan. Shunga qaramay, toʻsiqdan oʻtib, oʻt oʻchirish brigadasi tomonidan soat 9:40 da yongʻin batamom bartaraf etildi.
‼️Shu oʻrinda fuqarolardan aholi yashash punktlarida yoʻllarga toʻsiqlar oʻrnatmaslik, koʻchalarni turli noqonuniy qurilmalar bilan yopmaslikni soʻrab qolamiz. Bunday holatlar odamlarning hayotiga, yillar davomida orttirgan mol-mulkiga katta zarar yetkazishi mumkin.
R.Axrorov, Piskent tumani FVB boshligʻi, podpolkovnik.

#Munosabat
Telegram tarmog‘i orqali yangi asfalt qilingandan so‘ng ko‘chada transport qatnovi ko‘paydi, degan mazmunda murojaat yo‘llangan edi.
Bu borada quyidagilarni ma’lum qilamiz. Piskent tumani Oybek mahallasi To‘maris ko‘chasini asfalt qilish yuzasidan aholi ko‘p marta murojaat qilib kelgan.
2022 yil kuz mavsumida “Tashabbusli budjet” orqali ushbu ko‘cha to‘liq ta’mirlab, asfalt qilindi. Afsuski, masala ijobiy hal etilsada, fuqarolar shikoyati to‘xtamadi. Aksincha, endilikda tekis yo‘ldan transport qatnovi ko‘paygani aytilib, To‘maris ko‘chasida yashovchi ayrim fuqarolar tomonidan yo‘lning ikki tomoniga to‘siq qurilmalar o‘rnatilgani natijasida 17 may kuni To‘maris 8-uyda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishda o‘t o‘chiruvchilarga katta qiyinchilik tug‘dirdi.
Shu o‘rinda mazkur holatda fuqarolar tomonidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni tavsiya etamiz. Turli to‘siqlar qonunga xilofligi bilan birga favqulodda muammolarni keltirib chiqaradi.

#Sayyor_qabul
Avval xabar berganimizdek, Piskent tumani 1-kasb-hunar maktabida viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jamshid Bobojonovning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Qabulda Birlik, Lolaariq, Guliston mahallasidan murojaatlari boʻlgan fuqarolar ishtirok etishdi. Davolanish uchun moddiy yordam, ijtimoiy nafaqa, imtiyozlar, yoshlarga tadbirkorlik uchun kredit masalalari Xalq qabulxonasi masʼullari, 3-sektor rahbari L.Rahmatullayev, tuman hokimi oʻrinbosari S.Xamdamov, KQBKB boshligʻi M.Miryunusov, tegishli tashkilot rahbarlari bilan koʻrib chiqildi.
Jumladan, jarayonda Birlik mahallasida yashovchi yolgʻiz ona M.Chimpoʻlatovaning bogʻcha va onasiga moddiy yordam, O.Nazirovaning koʻzini davolatishiga va Gulistonlik T.Joʻrayevning operatsiyasiga order, Lolaariqlik B.Azimovning haydovchilik guvohnomasi uchun oʻqish va tadbirkorlikka kredit singari masalalariga yechim berildi.