PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.77K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
5-IDUM oʻquvchilarining yutuqlari eʼtirofga sazovor boʻldi

“Sharq ayoli” xalqaro jamoat fondi tomonidan yoshlarni ilm-fan va zamonaviy sohalar boʻyicha muvaffaqiyatlarini qoʻllab-quvvatlash, xalqaro doiraga olib chiqish maqsadida “Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida forum oʻtkazildi.

Ushbu forumda Piskent tumani 5-IDUM direktori Oybek Mannobov boshchiligida maktabning iqtidorli oʻquvchi va oʻqituvchilari ham ishtirok etishdi. Maktab oʻqituvchisi A.Ikromova, 8-sinf oʻquvchisi Dilorom Abdurahimova oʻzining “Aqlli uy” loyihasi, 10-sinf oʻquvchisi Aziza Erkinova “Sokin sadolar” nomli ilk sheʼriy kitobi bilan qatnashdi. Loyiha doirasida A.Erkinova ikkinchi kitobini chiqarish uchun grantni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Tadbir soʻngida “Sharq ayoli” xalqaro fondi rahbari Saodat Tursunboyeva yosh ijodkorlarning yutuqlarini alohida eʼtirof etdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Mustaqillik mahallasida joylashgan kasb-hunarga oʻqitish markazida “Kelajak tadbirkorlari” nomli amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻrgatish, tadbirkorlikka jalb etish, ularning mehnat faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan seminarda tadbirkorlar bilan birga maktab bitiruvchilari, atrof mahallalardan yoshlar va xotin-qizlar, ishsiz fuqarolar qatnashdi.

Seminar davomida ularga kasb-hunarga oʻqitish markazida boʻlgan oʻquv kurslari, shart-sharoitlar, bitirgandan soʻng kelgusida shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari batafsil koʻrsatib berildi.

Shuningdek, 92/27-harbiy qismda xizmat qiluvchi askarlarning ishlash istagida boʻlgan oila aʼzolari bilan ham suhbat oʻtkazildi. Tuman hududida mavjud ish oʻrinlari taklif etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Infografika

Hududlarda energiya taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtgan videoselektor yigʻilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumanida qabristonlar qarovsiz qolgan, degan mazmunda tanqidiy murojaat e’lon qilindi.

Piskent tumanida jami 71 ta qabriston bo‘lib, 11 tasi Madaniy meros obekti sifatida ro‘yxatga olinib, 2020 yilda viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan. Lekin viloyat Madaniyat boshqarmasidan ushbu qabristonlarga xizmat ko‘rsatish uchun biror xodim biriktirilmagan.

Shunga qaramay, ajdodlar ruhiga hurmat ko‘rsatish maqsadida Piskent tumani Obodonlashtirish bo‘limi tomonidan muntazam xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Shuningdek, aholi vakillarini jalb etib, hasharlar, tozalash ishlari olib boriladi. Ushbu videomurojaatdagi holat ham eski bo‘lib, o‘rilgan o‘t-o‘lanlar yig‘ib, qabriston hududidan olib chiqib ketilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_siyosati_amalda

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov ijtimoiy sharoiti nochor, nogironligi boʻlgan va hayotda salbiy xatolari tufayli IIB nazoratiga olingan yoshlar bilan oʻtkazilgan muloqotlarda ularning muammolari boʻyicha amaliy yordam berilishini nazoratga olgan edi.

Tuman hokimi topshirigʻi asosida hokim oʻrinbosari S.Hamdamov nogironligi boʻlgan fuqarolar xonadonida bo‘ldi. X.Toʻychiyevga nogironlik aravachasi, F.Irisqulovaning kontrakt toʻlovi uchun 6 million soʻm, U.Ismoilovaga subsidiya asosida tikuv mashinasi topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

408-sonli Prezident qarori asosida Bekobod mahallasida elektr taʼminotini yaxshilash ishlari jadal ketmoqda.

Mustaqillik mahallasi Istiqlol koʻchasida esa asfalt qoplamasi yotqazish ishlari jamoatchilik nazorati asosida olib borilmoqda.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

“Piskenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi ogohlantiradi!

“Hududgaz Toshkent” GTFning 2023-yil 19-apreldagi 05-f-sonli farmoyishiga asosan, yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurlarini kuchli bosim ostida zichlikka sinov va havo tozalash ishlari olib boriladi. 

Shu munosabat bilan joriy yilning 15-may kuni soat 8:00dan 17-may kuni 18:00gacha “Piskenttumangaz” GTB tasarrufidagi 14200 aholi va 192 ta ulgurji gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti meʼyorida uzatiladi.

Piskenttumangaz boʻlimi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Piskenttumangaz” GTB maʼmuriyati

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hududlarda

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubovning hududlarda aholi bilan yuzma yuz uchrashuvi davom etmoqda.

Kuni kecha Suvti mahallasida boʻlgan tuman hokimi bir xonada oʻtirib suhbat qilgandan koʻra, muammolarni joyiga borib koʻrishni afzal bildi. Suvti mahallasi raisi va faol fuqarolar bilan uchrashib, muammolari bilan qiziqdi. Aholining suv bilan bogʻliq murojaati yechimlarini koʻrib chiqdi.

Taʼkidlash joizki, erta bahorda mahallaning bir qismida tuman hokimligi tomonidan homiylik hisobiga suv chiqarilgan edi. Bosqichma bosqich ushbu masala ham hal etiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев бокс бўйича жаҳон чемпионатининг 51 килограммгача вазн тоифаси финалида ғалабани қўлга киритган ҳамюртимиз Ҳасанбой Дўсматовга олтин медаль ва чемпионлик камарини топширди.

Президент Шавкат Мирзиёев вручил золотую медаль и чемпионский пояс нашему соотечественнику Хасанбою Дусматову, победившему в финале чемпионата мира по боксу в весовой категории до 51 килограмма.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Семинар #Пискент #МададГуруҳи

Тошкент вилоятида тажрибали деҳқон ва агрономлардан иборат «Мадад» гуруҳи иш бошлади

Йилдан йилга қишлоқ хўжалиги ўзгариб бормоқда. Бунда кекса деҳқон ва агрономларнинг тажрибасига таяниб иш кўриш бугунги кунда ҳаёт тақозосидир.

Донишманд халқимизда «Қари билганни пари билмас» деган нақл бор. Вилоятимизда тажрибали деҳқон ва агрономлардан иборат «Мадад» гуруҳи иш бошлади.

Улар ҳудудларда бўлиб, ғўза ва ғалла, умуман, барча экинларни тўғри парваришлаш, касаллик ҳамда зараркунандаларга қарши курашишда фермерларга ёрдам беришмоқда.

Ана шундай семинарларнинг навбатдагиси бугун Пискент туманидаги «Хожиев Довудбек» фермер хўжалиги шийпонида бўлди.

Семинарда униб чиққан чигитга культиватор ёрдамида ишлов бериш, суспензия тайёрлаш бўйича тажриба алмашилди.

Семинар якунида нуронийлар ва фермерлар дастурхон устида мулоқотни давом эттирди.

🌐 Instagram | 🌐 Twitter | 🌐 Facebook  |
🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM