PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.63K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Германияга ташрифи доирасида ушбу мамлакатнинг етакчи компаниялари ва молиявий институтлари раҳбарлари билан учрашув ўтказди.

В рамках своего визита в Германию Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с главами ведущих компаний и финансовых институтов этой страны.

#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya #ishbilarmonlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: inson huquqlariga oid 10 ta eng muhim kafolat

1️⃣ Inson huquq va erkinliklari har kimga tugʻilganidan boshlab tegishli boʻladi.

2️⃣ Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir.

3️⃣ Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi hamda qonunlarning, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.

4️⃣ Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.

5️⃣ Insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.

6️⃣ Har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi toʻgʻrisida qonunga xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay qolgan maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga ega.

7️⃣ Har kim mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega.

8️⃣ Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

9️⃣ Har kim oʻz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

🔟 Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Jarayon

Piskent tumanida kommunal sohadagi muammolar oʻrganildi

Koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasidagi mavjud muammolarni hal etish, tizimni takomillashtirish, aholi muammolariga oʻz vaqtida yechim topish boʻyicha qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Hidoyatov rahbarligida maxsus ishchi guruh Piskent tumanida oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Zamonaviy agrar soha: yetishtirish, qayta ishlash va sotish zanjiri

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash oziq-ovqat serobligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

USAIDning Аgrobiznesni rivojlantirish loyihasi asosida Piskent tumani hokimligida oʻtkazilgan oʻquv seminarida agrar sohada mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash va sotishning butun zanjiri boʻylab yangi texnologiyalar hamda boshqaruv usullarini joriy etish mavzusiga bagʻishlandi.

Unda “Islohot konsult” MCHJ kompaniyasi ekspertlari agrar sohada yuqori texnoligiyalarni kiritish va qayta ishlash orqali qishloq xoʻjaligi korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha tavsiyalarini berdi.

Seminarda qatnashgan piskentlik dehqon va chorvador fermerlar, tomorqa yer egalari, suv xoʻjaligi mutasaddilari zamonaviy boshqaruv usullari va innovatsiyalar toʻgʻrisida yetarli maʼlumotga ega boʻldilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

PISKENT TUMANI.
AYOLLARI E'ZOZLANGAN YURT

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bandlikka_koʻmak

Vazirlar Mahkamasining 252-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” talablari asosida Piskent tumanida 14 nafar oʻzini band qilish istagi boʻlgan fuqaroga motokultivatorlar topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: surishtiruv, tergov va sud jarayonida inson huquqlariga oid 9 ta eng muhim kafolat

1️⃣ Shaxsni ushlash chogʻida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.

2️⃣ Shaxs oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

3️⃣ Aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

4️⃣ Agar shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

5️⃣ Shaxs oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

6️⃣ Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.

7️⃣ Hibsga olish, qamoqqa olish va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi.

8️⃣ Yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar, pochta, elektron va boshqa xabarlar sir saqlanishini cheklashga hamda uy-joyda tintuv oʻtkazishga faqat qonunga muvofiq
va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.

9️⃣ Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan koʻrsatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Tayyorgarlik

9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida tuman hokimi Nodirbek Yakubov Amir Temur koʻchasida joylashgan Xotira maydonida boʻldi.

Tuman rahbari Xotira va qadrlash kuni tantanalariga tayyorgarlik ishlari bilan tanishib, masʼullarga maydonda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, “Motamsaro ona” haykali atrofida qurilish taʼmirlash ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida zarur topshiriqlar berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi