PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.81K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Qaror_va_ijro

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha 408-sonli Prezident qarori asosida tumanimizda bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Jumladan, Mitan mahallasida toza ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi yakuniga yetish arafasida.

Bekobod mahallasiga beton ustunlar o‘rnatib bo‘lib, yangi SIP kabellar tortish jarayoni ketmoqda.

Chimqo‘rg‘on mahallasida Guliston ko‘chasiga shag‘al yotqazib, asfalt qilishga tayyorlanmoqda.

Zominovul mahallasida esa asfaltlash ishlari jadal olib borilmoqda.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

Mehmonxonalar mulkdorlari umumiy xonalar fondining kamida bitta xonasini oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlashi, shuningdek eshitish va koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq eʼlonlar uchun displeylar hamda ovozli qurilmalar oʻrnatilishini taʼminlashi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuni

🖋 BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra, 1994 yildan boshlab har yili 3 may – Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Erkin so‘z, erkin matbuot – jamiyat ravnaqining eng muhim shartlaridan biri. Har qanday jarayonda xolis va haqqoniy so‘z ayta olish kishidan tezkorlik, teran fikrlilik, katta mas’uliyat talab etadi.

Piskent tumani hokimligi sana munosabati bilan mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan samimiy qutlaydi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

📍Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

2023 yilda Piskent tumanida “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga 2938 nafar ayol kiritilgan. Ularga qanday amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda?

Piskent tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Mehrinisa Usmonova ishtirokida brifing shu haqda.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

Kichik sanoat zonalari faoliyati oʻrganildi

Toshkent viloyati “Kichik sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiya”si masʼul xodimi D.Umarov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Piskent tumani boʻlimi xodimi D.Gʻamidov, tuman KSZ va Yoshlar sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha masʼul xodimi D.Nazirqulov Kultepa mahallasida joylashgan kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Jarayonda kichik sanoat zonasida tadbirkorlik tashkil etgan fuqarolarning muammolari oʻrganilib, hal etish choralari koʻrildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#bilasizmi?

🌱Fermer, dehqon yoki tomorqa yer egasisiz. Ammo, dehqonchilik yoki bog‘dorchilik qilish uchun mablag‘ingiz yetarli emas. Mazkur holatda hokim yordamchilari joningizga oro kirishi, sizga fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan subsidiya olishga ko‘maklashishi mumkin.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
#Jaholatga_qarshi_maʼrifat

Taʼlim va tarbiya insonga yoshlikdan berilmasa, vaqtlar oʻtib u oʻzining salbiy oqibatlarini namoyon qiladi.

Piskent tumani taʼlim dargohlarida yoshlarning ongini turli salbiy illatlardan asrash, maʼnaviy-maʼrifiy hamda tabiyaviy ishlarni kuchaytirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga koʻmaklashish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun Piskent tumani hokimining diniy masalalar boʻyicha maslahatchisi A.Jumaboyev, tuman bosh imom xatibi Z.Qudratov, Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari S.Azimova tomonidan umumtaʼlim maktablarida oʻquvchi yoshlar bilan davra suhbatlari tashkil etildi. 12, 13, 36, 41-maktablarda boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda islom dinining asl tinchlik dini ekanligi, turli yot gʻoyalar dinni niqob qilib foydalanishlariga befarq boʻlmaslik, giyohvandlik singari illatlarning domiga tushib qolmaslik va ularning jamiyatda salbiy oqibatlari toʻgʻrisida hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

Xotin-qizlar faollari kengashdi

Tuman oila va xotin-qizlar boʻlimida mahalla faollari uchun yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tuman hokimi oʻrinbosari M.Usmonova, 29 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Kun tartibidan yaqinlashib kelayotgan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mehnat faxriylari, nuroniy onaxonlar, bemor ayollar holidan xabar olish, oilalarda maʼnaviy muhitni yaxshilash, mustahkamligini taʼminlash, tadbirkorlik qilish va kasb-hunar egallash istagidagi xotin-vizlarga koʻmak berish kabi masalalar oʻrin oldi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi