PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.73K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#bandlik
#Piskent_tumani

Kultepaliklarning daromad manbai kun sayin ortib bormoqda 

Uzoq yillar davomida asosan kartoshkachilik bilan shug‘ullangan mahalla ahli dehqonchilikning  boshqa yo‘nalishlarini ham o‘zlashtirishmoqda.

Hudud hokim yordamchisi Doston Odilovning ko‘magida joriy yil mobaynida Kultepa mahallasidagi ko‘plab oilalarga 33 million so‘mdan imtiyozli kreditlar ajratilib, issiqxonalar qurib berilmoqda.

- Yil boshida qurib berilgan 4 sotix issiqxonaga rediska, turli xil ko‘katlar ekib, sotgan bo‘lsak, hozir bodring pishdi, yaxshi narxga pullayapmiz,-deydi Munisxon Salomova.

Tomorqada yana bulg‘or qalampiri, pomidor egatlarida hosil pishish arafasida. Mahalladoshlar Piskent va qo‘shni tuman, shaharlar bozorlarini bu kabi mahsulolar ta’minlamoqda.

🌐Telegram  🌐YouTube  🌐Facebook
#Avlodlar_uchrashuvi
#Futbol

9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Piskent tumani hokimligi keksa sportchilarni yo‘qladi.

“Yoshlik” stadioniga uzoq yillar mobaynida “Piskent”, “Yoshlik” futbol jamoalarida to‘p surib, tumanimiz sharafini himoya qilgan futbol faxriylari va ayni vaqtda faoliyat olib borayotgan “Piskent-2020” jamoasi vakillari yig‘ildi.

Faxriylar bilan bir piyola choy ustida o‘tgan gurunglardan so‘ng, “Piskent-2020” hamda “OKMK” futbol jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Issiqxona xo‘jaliklari muhim oziq-ovqat manbai bo‘lish bilan birga yilning istalgan mavsumida rastalarda sarxil meva-sabzavotlar to‘kinchiligini, narx-navo barqarorligini ta’minlab beradi.

Piskent tumanida 17 ming 952 ta tomorqa yer egalari bo‘lib, 1 ming 976 ta aholi tomorqasida issiqxonalar qurilgan. Ularda ayni vaqtda qulupnay, pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, baqlajon va ko‘katlar bozorlarga, elimiz dasturxoniga yetkazilmoqda. Daromadi ham ochiq maydonlardagidan bir necha barobar ko‘p.

Piskentliklarning bu boradagi tajribalari to‘g‘risida batafsil "O‘zbekiston 24" telekanalining maxsus reportajida ko‘ring.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha 408-sonli Prezident qarori asosida tumanimizda bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Jumladan, Mitan mahallasida toza ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi yakuniga yetish arafasida.

Bekobod mahallasiga beton ustunlar o‘rnatib bo‘lib, yangi SIP kabellar tortish jarayoni ketmoqda.

Chimqo‘rg‘on mahallasida Guliston ko‘chasiga shag‘al yotqazib, asfalt qilishga tayyorlanmoqda.

Zominovul mahallasida esa asfaltlash ishlari jadal olib borilmoqda.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

Mehmonxonalar mulkdorlari umumiy xonalar fondining kamida bitta xonasini oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlashi, shuningdek eshitish va koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq eʼlonlar uchun displeylar hamda ovozli qurilmalar oʻrnatilishini taʼminlashi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuni

🖋 BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra, 1994 yildan boshlab har yili 3 may – Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Erkin so‘z, erkin matbuot – jamiyat ravnaqining eng muhim shartlaridan biri. Har qanday jarayonda xolis va haqqoniy so‘z ayta olish kishidan tezkorlik, teran fikrlilik, katta mas’uliyat talab etadi.

Piskent tumani hokimligi sana munosabati bilan mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan samimiy qutlaydi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

📍Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

2023 yilda Piskent tumanida “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga 2938 nafar ayol kiritilgan. Ularga qanday amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda?

Piskent tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Mehrinisa Usmonova ishtirokida brifing shu haqda.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

Kichik sanoat zonalari faoliyati oʻrganildi

Toshkent viloyati “Kichik sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiya”si masʼul xodimi D.Umarov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Piskent tumani boʻlimi xodimi D.Gʻamidov, tuman KSZ va Yoshlar sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha masʼul xodimi D.Nazirqulov Kultepa mahallasida joylashgan kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Jarayonda kichik sanoat zonasida tadbirkorlik tashkil etgan fuqarolarning muammolari oʻrganilib, hal etish choralari koʻrildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi