PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.52K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Hunarmandchilik

Hunarmand qizning liboslari qo‘shni viloyatlarda ham haridorgir

Hunar, hunardan rizqing unar, deb bejizga aytishmaydi. Kelovchilik Sohiba Abdujabborova – hunarmand. U oliygohda tahsil olish bilan birga 2021 yildan buyon xonadonida kasanachilik bilan shug‘ullanib keladi.

2022 yilning noyabr oyida 2-sektor rahbarining ko‘magi bilan Sohibaga subsidiya asosida 2 dona tikuv mashinasi berilgan edi. 2023 yilda esa “Hunarmand” uyushmasiga kasanachilik yunalishi bo‘yicha a’zo bo‘ldi. Yosh bo‘lishiga qaramay bugungi kunda Sohiba 5 nafar kishini ishli qilgan. Oila a’zolari va yana 2 nafar qo‘shnisi bilan birga baxmal va kimxob matolardan ayollar, bolalar uchun milliy liboslar, kamzul va nimchalar tikishmoqda.

Mehr bilan tikib, qavilgan liboslarni nafaqat Piskent mahallalari, qo‘shni Olmaliq, Bo‘ka, Bekobod tumanlari, hatto Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridan ham haridorlar chakana va ulgurji narxda olib ketishmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 23 декабрдаги “2023 йилда расмий саналарни нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунларни белгилаш ва дам олиш кунларини кўчириш тўғрисида”ги ПФ–270-сон Фармонига ўзгартиришлар киритиш ҳақида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони

📍https://uza.uz/posts/474993

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#Tadbir

Ayol aqli raso, kasbu hunarli bo‘lsa, kelajak ishonchli qo‘llarda bo‘ladi. Shu bois yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi yo‘lida islohotlar olib borilmoqda.

Bugun Piskent tumani hokimligi tashabbusi bilan Fayzobod mahallasida “Ayollari e’zozlangan yurt” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirga tuman hokimi o‘rinbosari M.Usmonova, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari S.Azimova, “Oqila ayollar” harakati rahbari R.Turg‘unboyeva, faol xotin-qizlar, hunarmand va kasanachi ayollar ishtirok etishdi.

Ta’kidlanganidek, ayol hayotidan rozi va baxtli bo‘lsa, oila, jamiyat baxtli bo‘ladi. Bugun barcha sohalarda muvaffaqiyatli, tajribasi yoshlarga namuna bo‘lsa arziydigan xotin-qizlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bugungi tadbirda ham shu jihatlarga ahamiyat qaratildi. “Bir hunarmandga o‘n shogird” shiori ostida hunaridan qadr topgan ayollar kasb sirlari yoshlarga o‘rgatildi. Xonandalarining kuy-qo‘shiqlari davraga shukuh bag‘ishladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayitlik

Ramazon hayiti arafasida Piskent tumani sektor rahbarlari tumandagi 41 ta umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinfda ta’lim olayotgan 150 nafar ehtiyojmand oila farzandlariga viloyat hokimligining hayitlik sovg‘alarini ulashdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Абдулла Абдуҳалилов, Ўзбекистон ногиронлар ассоциацияси раисининг ўринбосари:

— Сўнгги йилардарда Ўзбекистон Президенти, ҳукумати томонидан ногиронлиги бор шахсларнинг ҳаёт сифатини оширишга катта эътибор қаратилмоқда. Биз буни янгиланаётган Конституция мисолида ҳам кўришимиз мумкин. Эътибор беринг, амалдаги Конституциямизда "ногиронлиги бор шахс" тушунчалари умуман келтирилмаган. Таклиф қилинаётган Конституцияда ногиронлиги бор шахсларга алоҳида эътибор қаратилган. Бу мамлакатимизда яшаётган барча ногиронлиги бор шахсларда муайян бир фахр, ишонч туйғусини уйғотади, улар ўз келажагига ишонишни бошлайди. Айнан шундан келиб чиқиб, мен таклиф қилинаётган Конституцияга бефарқ эмасман.

@menbefarqemasman
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Iyd_Ramazon
#Shukuh

Piskent jome masjidlarida Ramazon hayiti namozi o‘qildi

Bugun erta tongdan minglab yurtdoshlarimiz hayit namozini o‘qish uchun masjidlarga yig‘ildilar. Piskent tumanidagi 7 ta jome’ masjid - "Piskent", "Mulla Bo‘ta qozi",  "O‘smat ota",  "Ko‘lota",  "Kelovchi", "Sobirjon ota",  "Said ota" masjidlarida ham namozxonlar diniy amallarini erkin ado etdilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi