PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.73K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Ogoh_boʻling

⚡️Mo‘minobod mahallasida qarovsiz qoldirilgan “Damas”ni olib qochgan shaxs IIB xodimlari tomonidan ushlandi


Joriy yil 5-aprel kuni soat taxminan 22:10larda Piskent tumani “Moʻminobod” MFYda yashovchi fuqaroning xonadoni oldida, kaliti oʻt oldirgichda, eshiklari qulflanmagan va qarovsiz holatda qoldirilgan "Damas" avtotransport vositasi nomaʼlum shaxs tomonidan yashirin ravishda olib qochib ketilgan...

Hurmatli haydovchilar, ogoh boʻling! Eʼtiborsiz yoki ehtiyotsizlik sabab mehnatingiz evaziga topilgan mol-mulkingizni oʻzgalar qoʻliga topshirib qoʻymang.

Batafsil👉 https://bit.ly/40e2U6u

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#2023_yil_1_maydan

Prezident Farmoniga ko‘ra, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.

🔰 Shuningdek, O‘zbekiston hududida:

▫️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 so‘m;
▫️bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘m etib belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI

🌙 Oʻzbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan maʼlumotlarga koʻra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir boʻlgan (tugʻilgan).

🔶 Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va mazkur astranomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

✉️Telegram 🌐Website  🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

"Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovida 5-IDUM g‘olib bo‘ldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun Piskent tumanidagi umumta'lim maktablarining 7-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlov natijasiga koʻra, 1-oʻrinni 5-IDUM o‘quvchilar egalladi. 2-o‘rin 27-maktab, 3-o‘rin 42-maktab jamoalariga nasib etdi.

Tanlov nizomiga ko‘ra, g‘oliblar 1-o‘rin uchun 100 000 000 soʻm, 2-oʻrinni uchun 75 000 000 soʻm, 3-oʻrin uchun 50 000 000 soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
🗣Расман

⚡️Давлатимиз раҳбари Фармонига кўра, Рамазон ҳайити муносабати билан ўзбекистонликлар кетма-кет 4 кун дам олади:

▫️21 апрел, жума
— Ҳайит байрами;
▫️ 22 апрел, шанба — 6 кунлик иш ҳафтасидаги ходимлар учун қўшимча дам олиш куни;
▫️ 23 апрел, якшанба — одатдаги дам олиш куни;
▫️ 24 апрел, душанба — қўшимча дам олиш куни.

Каналга уланиш — t.iss.one/argos_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hunarmandchilik

Hunarmand qizning liboslari qo‘shni viloyatlarda ham haridorgir

Hunar, hunardan rizqing unar, deb bejizga aytishmaydi. Kelovchilik Sohiba Abdujabborova – hunarmand. U oliygohda tahsil olish bilan birga 2021 yildan buyon xonadonida kasanachilik bilan shug‘ullanib keladi.

2022 yilning noyabr oyida 2-sektor rahbarining ko‘magi bilan Sohibaga subsidiya asosida 2 dona tikuv mashinasi berilgan edi. 2023 yilda esa “Hunarmand” uyushmasiga kasanachilik yunalishi bo‘yicha a’zo bo‘ldi. Yosh bo‘lishiga qaramay bugungi kunda Sohiba 5 nafar kishini ishli qilgan. Oila a’zolari va yana 2 nafar qo‘shnisi bilan birga baxmal va kimxob matolardan ayollar, bolalar uchun milliy liboslar, kamzul va nimchalar tikishmoqda.

Mehr bilan tikib, qavilgan liboslarni nafaqat Piskent mahallalari, qo‘shni Olmaliq, Bo‘ka, Bekobod tumanlari, hatto Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridan ham haridorlar chakana va ulgurji narxda olib ketishmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 23 декабрдаги “2023 йилда расмий саналарни нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунларни белгилаш ва дам олиш кунларини кўчириш тўғрисида”ги ПФ–270-сон Фармонига ўзгартиришлар киритиш ҳақида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони

📍https://uza.uz/posts/474993

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#Tadbir

Ayol aqli raso, kasbu hunarli bo‘lsa, kelajak ishonchli qo‘llarda bo‘ladi. Shu bois yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi yo‘lida islohotlar olib borilmoqda.

Bugun Piskent tumani hokimligi tashabbusi bilan Fayzobod mahallasida “Ayollari e’zozlangan yurt” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirga tuman hokimi o‘rinbosari M.Usmonova, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari S.Azimova, “Oqila ayollar” harakati rahbari R.Turg‘unboyeva, faol xotin-qizlar, hunarmand va kasanachi ayollar ishtirok etishdi.

Ta’kidlanganidek, ayol hayotidan rozi va baxtli bo‘lsa, oila, jamiyat baxtli bo‘ladi. Bugun barcha sohalarda muvaffaqiyatli, tajribasi yoshlarga namuna bo‘lsa arziydigan xotin-qizlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bugungi tadbirda ham shu jihatlarga ahamiyat qaratildi. “Bir hunarmandga o‘n shogird” shiori ostida hunaridan qadr topgan ayollar kasb sirlari yoshlarga o‘rgatildi. Xonandalarining kuy-qo‘shiqlari davraga shukuh bag‘ishladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi