PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.73K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Saxovat_oyi

G‘ayrat, Zominovul, Oqtom, Oqtepa mahallasida ehson tadbirlari tashkil etildi.

Tuman hokimligi hamda “Mahalla” jamg‘armasi homiyligida tashkil etilgan iftorlik dasturxoni atrofiga kam ta’minlangan ro‘zador fuqarolar, mahallalardagi “Temir daftar” “Ayollar daftari” ro‘yxatida bo‘lgan ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan insonlar taklif etildi.

Tadbirlarga tuman jome’ masjidlarining imom xatiblari, mahalla raislari va faollari ham ishtirok etib, mehmonlar bilan samimiy suhbat qurishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi‌‌
📣 Refererendum-2023 телеграм боти ишлаб чиқилди

Телеграм бот орқали, Сиз референдумга оид барча маълумотларни топишингиз, янгиланаётган Конституция бўйича ўзингизни қизиқтирган барча саволларга жавоб олишингиз, Конституцияга киритилаётган меъёрларни батафсил кўриб чиқишингиз, энг муҳим янгиликларни осонликча билиб олишингиз мумкин.

☝️ Фарзандларимиз келажаги, янги ва кучли Ўзбекистон учун умумхалқ референдумида фаол иштирок этинг!

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Forwarded from #Befarqemasman
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Наргиза Бегматова, Ёшлар ишлари агентлиги Қибрай туман бўлими шўъба мудири:

— Янгиланаётган Конституциямизнинг 79-моддасида биз ёшларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш, ўз устимизда ишлашимиз учун шарт-шароитлар яратиш, давлат ва жамият бошқарувида иштирок этишимизни қўллаб-қувватлаш бўйича ўзгаришлар ўз аксини топган.
Мен юртимизда содир бўлаётган ижтимоий, иқтисодий, сиёсий ўзгаришларга бефарқ эмасман! 30 апрелда бўлиб ўтадиган референдумда ёшларимизни фаол қатнашишга чорлайман!

@menbefarqemasman
#DXX_kubogi

⚽️ Futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogiga start berildi

16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi kubogi musobaqalariga start berildi.

Kuni kecha Piskent tumanida ham yoshlar yetakchilari va jamoalari ishtirokida turnirda qatnashish uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mahalla jamoalarining o‘yin vaqti yuqoridagi grafikda ko‘rsatib o‘tilgan. Musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalar dastlab mahallalar miqyosida bahslashib, so‘ngra tuman bosqichi o‘tkaziladi. Tuman chempioni bo‘lgan jamoa viloyat bosqichida ishtirok etadi. Viloyatning eng kuchli jamoasi esa musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Barcha jamoalarga omad yor bo‘lishini tilaymiz!

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Natija

"Tashabbusli budjet" loyihasida Piskent tumani fuqarolari ham faol qatnashdi. Ovoz berish natijasida quyidagi 6 ta loyiha g‘olib topildi.

1. Taraqqiyot MFY Mustaqillik ko‘chasini 2 ming 500 metr asfaltlash.
Ovoz - 6432ta.
Mablag‘-1 mlrd 200 mln so‘m.

📍Manzil

2. Guliston MFY Yangiobod - Fermerlar ko‘chasiga piyodalar yo‘lagi qurish, ta’mirlash.
Ovoz-5082 ta.
Mablag‘-1 mlrd 200 mln so‘m.

📍Manzil

3. Oqtepa MFY gaz quvurlarini yuqori bosimli tarmoqqa ulash.
Ovoz- 4163ta.
Mablag‘-900 mln so‘m.

📍Manzil

4. Tibbiyot birlashmasi moddiy texnik bazasini mustahkamlash. Murakkab jarrohlik operatsiyalari uchun zamonaviy apparatlar harid qilish.
Ovoz - 3868 ta.
Mablag‘ -1 mlrd so‘m.

📍Manzil

5. Murotali MFY Ziyolilar ko‘chasining 1 200 metr qismini asfaltlash.
Ovoz - 3141 ta.
Mablag‘ -1 mlrd 200 mln so‘m.

📍Manzil

6. Kultepa MFY Namuna, Ravshan, Toshloq ko‘chalarining 2 500 metr qismini ta’mirlash.
Оvoz - 2309 ta.
Mablag‘-1 mlrd 200 mln so‘m.

📍Manzil

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев дала четларидаги ерларда маҳсулот етиштиришни кўпайтиришнинг устувор вазифаларини белгилаб берди.

Президент Шавкат Мирзиёев определил приоритетные задачи по расширению выращивания продукции на земельных площадях по краям полей.

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #dalachetlari

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

‼️Oilaviy zoʻravonlik uchun javobgarlik belgilandi

🔰 Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga koʻra:

🔹18 yoshga toʻlmagan shaxslarni, yaqin qarindosh, sobiq xotin, bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxs yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Mazkur jinoyat 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🔹Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun javobgarlik kiritildi. Unga koʻra, xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻorda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega shaxsga nisbatan:

▫️mulk, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish;
▫️mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish;
▫️ularning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qoʻrqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qoʻyish, mazkur harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima yoki 160 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

🔘 Yuqoridagi shaxslarni doʻpposlash, tan jarohati yetkazish yetkazilgan jarohatdan kelib chiqqan holda ogʻirlashtiruvchi holatlarni keltirib chiqarsa, xususan:

sogʻliqning uzoq vaqt (kamida 21 kun, ammo 4 oydan koʻp boʻlmagan davrda) yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining 10 foizidan 33 foizigacha yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish sodir etilsa, 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

🔹Voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Jumladan:

▫️16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;

▫️16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish – 2 yildan 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

🔹Shuningdek, shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Mazkur jinoyat ogʻirlashtiruvchi holatlarda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumani.
"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" yoshlar festivali.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Дилором Ҳамроева, мактабгача таълим муассасаси ходими (Тошкент вилояти):

— Янги Конституциянинг 50-моддасида мактабгача таълимга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Унда давлат мактабгача таълим-тарбия жараёнларини янада ривожлантириш учун барча чораларни кўриши, айниқса алоҳида таълим эҳтиёжларига эга бўлганлар инклюзив таълим билан таъминланиши белгилаб қўйилмоқда.
Болажонларимиз қувончи, шодлиги учун биз референдумга бефарқ эмасмиз, сизчи?

@menbefarqemasman
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda dala chetlari, suv bo‘ylaridagi bo‘sh yerlarda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishning ustuvor vazifalari belgilab berildi.

Piskent tumanida ham bo‘sh yerlardan samarali foydalanishga kirishildi. Xususan, Ohangaron-Dalvarzin irrigatsiya tizimining tuman hududidagi Shimoliy va Janubiy tarmog‘i hamda “Maslahat” kanali sohili obod etilmoqda. Birgina Shimoliy tarmoqning 24 km muhofaza zonasidagi tashlandiq maydonlar har bir xodimga 1 kmdan 10 yilga biriktirib berildi. Daraxt ekib, orasiga sabzavot ekiladi. Shunda ko‘chatlar qarovsiz qurimaydi, sabzavot hosili oilalarga qo‘shimcha daromad bo‘ladi.

Suvchilar uyida issiqxona ham tashkil etilib, unda pomidor, bodring, rayhon ko‘chatlari yetishtirilmoqda. 50 bosh qo‘y, o‘rdak va tovuq boqilyapti. Go‘sht va tuxumi ishchi-xodimlarga tarqatiladi.

Bu tadbirlar tabiatga foydasi barobarida oziq-ovqat havfsizligini ta'minlashi bilan ahamiyatlidir.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#videoqoʻllanma

🎞 "E-auksion" elektron savdo platformasidan foydalanish bo'yicha videolar bilan tanishing!

🔹 Ro'yxatdan o'tish (ko'rish)
🔹 Savdoda qatnashish (ko'rish)
🔹 Elektron raqamli imzo kalitini olish (ko'rish)
🔹 Mobil ilovasi orqali ariza berish (ko'rish)
🔹 Auksionda mulk sotish va buyurtma yaratish (ko'rish)

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Qaror_va_ijro

Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida Lolaariq mahallasida suv tarmog‘i qurilishi va suv saqlash inshooti o‘rnatilishi belgilangan edi. Hozirda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi