PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Bahorning o‘zgaruvchan ob-havosida dehqon uchun har bir kun g‘animat. Shu bois, Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov boshchiligida viloyat va tumanimizning agrar soha mutaxassislari har bir fermer xo‘jaligida bo‘lib, dehqon va fermerlar uchun zarur tavsiyalar bermoqda.

“Akbarshoh Sayyora”, “Bek fayz star”, “Uchqun agro biznes”, “Mofiqov Javlon”, “Haydarova Munisa”, “Haydarov Muzaffar” fermer xo‘jaliklarida bo‘lgan mutasaddilar mavsumiy yumushlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qildilar. Ariq va zovurlarni tozalash, yerni barana qilib, chigit ekishga tayyorlash, dala madaniyatiga amal qilib, ekinzorlar chetlariga poliz va sabzavot ekish, “Yashil makon” loyihasi doirasida tut va tok ko‘chatlari o‘tqazish singari topshiriqlar ijrosi yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Shukuh

Bahor bayramlari hali davom etmoqda. Oybek mahallasida xotin-qizlar faoli Xurinisa Axmedova hamda yosh tadbirkorlar homiyligida mahalladagi nuroniy keksalar va bemor onaxonlar xonadoniga borib, gullar va sovg‘alar taqdim qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
⚡️⚡️Бугун депутатлар Ўзбекистон Республикаси референдумини ўтказиш ҳақидаги қарор қабул қилиниши кутилмоқда

Бугун соат 15:00 да Қонунчилик палатасида бўлиб ўтадиган Ялпи мажлисда Конституциявий қонун лойиҳаси кўриб чиқилади.

Йиғилишда “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий қонуни лойиҳаси бўйича Ўзбекистон Республикаси референдумини ўтказиш ҳақидаги қарор қабул қилиниши кутилмоқда.

Ялпи мажлис “Ўзбекистон 24”, “Ўзбекистон” телерадиоканаллари, "UzReport" телеканали, Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг расмий веб-сайти, YouTube'даги саҳифаси орқали тўғридан-тўғри эфирга узатилади.
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat

Piskent tumani hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi A.Jumaboyev, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida 3-31-32-33-maktablarda "Jaholatga qarshi - ma’rifat" shiori ostida "Islom-tinchlik dini" mavzusida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari o‘quvchi yoshlar bilan muqaddas islom dinida insonparvarlik, tinchlikparvarlik, ezgulik ulug‘langani, mutaassiblik va jaholat qoralangani haqida hadislar va hayotiy misollar bilan batafsil tushuntirdilar. Tadbir yakunida "Soxta da’volar!" nomli hujjatli film namoyish etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Avval xabar berganimizdek, Yoshlar bog‘ida joylashgan sobiq “Nuroniylar maskani” binosida Yoshlar ishlari agentligi Piskent tumani bo‘linmasi faoliyat boshlamoqda.

Ayni vaqtda zarur jihozlar keltirib, o‘rnatilmoqda.
-Ushbu bog‘dagi ko‘rkam daraxtzor maydon yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun turli tadbirlar tashkil etishga munosib joy. Bundan tashqari, mazkur maskanda turli to‘garaklar, yoshlar kutubxonasi tashkil qilish niyatimiz bor,-deydi Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘linmasi rahbari Abdumutal Azizov.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mo'minobod mahallasida mahalla faollari va nuroniy ayollar ishtirokida sumalak sayli bo‘lib o‘tdi
QADRIYATLAR QADR TOPGAN YURT

Milliy an’ana va qadriyatlarimiz hamisha xalqimiz orasida birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan. Ayniqsa, sumalak tayyorlanadigan joyga qo‘shnilar, qadrdonlar jam bo‘lishib, bir qozonda tayyorlangan ovqatni birgalikda baham ko‘rishlari bunga yaqqol misoldir.

Tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limida xotin-qizlar faollari bilan birga tayyorlangan milliy taomlar - sumalak va ehson tadbiri ham barchaga bahoriy hordiq va xushkayfiyat ulashdi. Doshqozonda pishirilgan taomlar ko‘pchilikka, shu bilan birga yaqin atrofda joylashgan tashkilotlar xodimlari va mahalla ahliga tarqatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ёшларнинг олийгоҳларда давлат ҳисобидан грант асосида ўқиш ҳуқуқи Конститусияда белгиланмоқда. Бу билан иқтидорли ёшларнинг давлат ҳисобидан олий таълим олиш имконияти кафолатланмоқда. Бу олий таълимда ҳамиша давлат гранти учун квоталар ажратилади ва ушбу тартиб ҳеч қачон бекор бўлмайди дегани» — Олий Мажлиснинг Коррупцияга қарши курашиш ва суд-ҳуқуқ масалалари қўмитаси раиси Жаҳонгир Ширинов

https://t.iss.one/AOKBToshvil