PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.71K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 8 март - Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган байрам тадбирида иштирок этди ва мамлакатимиз аёлларини табриклади. Бир гуруҳ хотин-қизларга тантанали равишда мукофотлар топширилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие и выступил с поздравительной речью на праздничном мероприятии в честь 8 марта - Международного женского дня. Состоялось торжественное вручение наград группе женщин.

#Mirziyoyev #marosim #8mart #taqdirlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Maxsus reportaj | Aholi murojaatlari bosqichma-bosqich hal etilmoqda
#6mart #uzbekiston24

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Bahorning o‘zgaruvchan ob-havosida dehqon uchun har bir kun g‘animat. Shu bois, Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov boshchiligida viloyat va tumanimizning agrar soha mutaxassislari har bir fermer xo‘jaligida bo‘lib, dehqon va fermerlar uchun zarur tavsiyalar bermoqda.

“Akbarshoh Sayyora”, “Bek fayz star”, “Uchqun agro biznes”, “Mofiqov Javlon”, “Haydarova Munisa”, “Haydarov Muzaffar” fermer xo‘jaliklarida bo‘lgan mutasaddilar mavsumiy yumushlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qildilar. Ariq va zovurlarni tozalash, yerni barana qilib, chigit ekishga tayyorlash, dala madaniyatiga amal qilib, ekinzorlar chetlariga poliz va sabzavot ekish, “Yashil makon” loyihasi doirasida tut va tok ko‘chatlari o‘tqazish singari topshiriqlar ijrosi yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Shukuh

Bahor bayramlari hali davom etmoqda. Oybek mahallasida xotin-qizlar faoli Xurinisa Axmedova hamda yosh tadbirkorlar homiyligida mahalladagi nuroniy keksalar va bemor onaxonlar xonadoniga borib, gullar va sovg‘alar taqdim qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
⚡️⚡️Бугун депутатлар Ўзбекистон Республикаси референдумини ўтказиш ҳақидаги қарор қабул қилиниши кутилмоқда

Бугун соат 15:00 да Қонунчилик палатасида бўлиб ўтадиган Ялпи мажлисда Конституциявий қонун лойиҳаси кўриб чиқилади.

Йиғилишда “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий қонуни лойиҳаси бўйича Ўзбекистон Республикаси референдумини ўтказиш ҳақидаги қарор қабул қилиниши кутилмоқда.

Ялпи мажлис “Ўзбекистон 24”, “Ўзбекистон” телерадиоканаллари, "UzReport" телеканали, Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг расмий веб-сайти, YouTube'даги саҳифаси орқали тўғридан-тўғри эфирга узатилади.
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat

Piskent tumani hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi A.Jumaboyev, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida 3-31-32-33-maktablarda "Jaholatga qarshi - ma’rifat" shiori ostida "Islom-tinchlik dini" mavzusida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari o‘quvchi yoshlar bilan muqaddas islom dinida insonparvarlik, tinchlikparvarlik, ezgulik ulug‘langani, mutaassiblik va jaholat qoralangani haqida hadislar va hayotiy misollar bilan batafsil tushuntirdilar. Tadbir yakunida "Soxta da’volar!" nomli hujjatli film namoyish etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Avval xabar berganimizdek, Yoshlar bog‘ida joylashgan sobiq “Nuroniylar maskani” binosida Yoshlar ishlari agentligi Piskent tumani bo‘linmasi faoliyat boshlamoqda.

Ayni vaqtda zarur jihozlar keltirib, o‘rnatilmoqda.
-Ushbu bog‘dagi ko‘rkam daraxtzor maydon yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun turli tadbirlar tashkil etishga munosib joy. Bundan tashqari, mazkur maskanda turli to‘garaklar, yoshlar kutubxonasi tashkil qilish niyatimiz bor,-deydi Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘linmasi rahbari Abdumutal Azizov.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi