PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.72K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Oqtepa mahallasi Toshkent-Bo‘ka magistral yo‘li yoqasida joylashgan. Bu yerga kelgan rahbarlar mahalla raisi va faollari bilan yaqindan muloqot qildilar.

Avvalo mahalla hududidagi yo‘l yoqasidagi aholi tomorqalarini obod qilish, yashil makon loyihasi doirasida hududga mos mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, tamorqa maydonlaridan yilda 2-3 marta hosil olib samarali foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashdilar. Bu ishlarni bajarishda aholining hissasi ahamiyatli ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Qishloq hayoti_A2_8-son Payshanba.pdf
5.9 MB
#OAV_nigohida

Ezgu tashabbus quloch yoymoqda

"Qishloq hayoti" gazetasining 23 fevraldagi 8-sonida Piskent tumanida ekoturizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida so‘z yuritiladi.

📰Maqolani batafsil o‘qishingiz mumkin.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sumalak_sayli

Sumalak sayillari boshlandi

Ayni vaqtda qishloqlarda ham katta taraddud. Xotin-qizlar bayrami arafasida Piskent tumanining to‘rtta sektori ayollari sumalak saylini boshlab yubordilar. Bir yonda doshqozonda palov damlash harakati, bir tomonda ko‘k somsa tayyorlanadi. Mahallalarning kayvoni onaxonlari duoda, chaqqon kelinlar xizmatda. Barcha ko‘nglida ezgu niyatlarini aytib, sumalak kavlaydi.

Saidobod mahallasida ham faollar va 19-bog‘cha jamoasi sumalak pishirmoqda. O‘yin-kulgu avjida, "omon yor"ga childirma sadosi qo‘shilib, davraga chorlaydi.
Tinchlik, osoyishtalik hukm surgan yurtga mana shunday bayramlar yarashadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Piskent_tumani

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev tashabbusi bilan tumanimizda nuroniylardan tashkil topgan ishchi guruhi maslahat va amaliy yordam berish uchun mahallalarida bo‘lishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat

Keksalar duosi, yoshlar shijoati birlashib, obodlikka yetaklaydi. Faxriy otaxonlarimizdan Orif ota Obidov obodonlashtirish ishlariga jim qarab tura olmadi. Do‘ngqo‘rg‘on mahallasida suv tarmog‘i qurilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Piskent_tumani
#Taraqqiyot_mfy
#Jarayon

Muammolar birma bir echim topmoqda

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev raisligida o'tkazilgan "Hokimlik soati"da berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida bugun tumanimizning barcha  hududlarida erta tongdan mahalla raislari boshchiligida hasharlar boshlandi.

Jarayonda 4-sektorda joylashgan Taraqqiyot mahallasidagi O'rikzor, Gulshan, Navbahor, Ustozlar, Mustaqillik ko'chalarida asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Piskent_tumani
#2_sektor

Ma’lumki,  shu kunlarda har bir mahalla va xiyobonlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish  ishlari izchil davom etmoqda.

Piskent tumani aholisi va keng jamoatchilik tomonidan "Oqqo‘rg‘on tajribasi" har jihatdan  qo‘llab-quvvatlanib, ko‘pchilikning ko‘magi bilan hududlarda ommaviy tozalik kunlari tashkil etilayapti.

Bugun erta tongdan 2-sektor rahbari Alisher Jo‘rayev mahallalarda bo‘ldi. Mutasaddi rahbarlar bilan obodonlashtirish ishlarini davom ettirish, Davlatimiz rahbarining PQ-408-sonli Qarori ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda  barcha kuch va imkoniyatlar safarbar qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудларда ижтимоий-иқтисодий ислоҳотларнинг бориши билан танишиш мақсадида Қашқадарё вилоятига жўнаб кетди.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с ходом социально-экономических реформ в регионах отбыл в Кашкадарьинскую область.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter