PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.76K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар бандлигини таъминлаш ва бўш вақтини мазмунли ташкил этиш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам обеспечения занятости и содержательной организации досуга молодежи.

#Mirziyoyev #yigilish #yoshlar #qullabquvvatlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
❗️Hurmatli tumandoshlar!

🔰Prezidentimizning PQ-373-sonli qarori bilan joylarda dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun suvli va unumdor yer maydonlari fuqarolarga ajratib berilmoqda.

Piskent tumanida ham 151 ta fermer xo‘jaliklarining 720 gektar yer maydoni auksion savdolariga chiqarildi.

📌Dehqonchilik qilish istagi bo‘lgan fuqarolar
-unumdorligi 58 ball bonitetli
-30-50 sotix suvlu yerlarni
-30 yil muddatga olishlari mumkin.

Buning uchun
e-auksion platformasiga👉 https://e-auksion.uz/lots?index=1&page=1&lt=0&at=0&order=0&region=2&area=23&group=24&q= 👈kirib, Piskent tumani hududini tanlaysiz.

👆👆👆Auksion o‘tkazish vaqti yuqoridagi jadvalda batafsil ko‘rsatilgan

Ko‘rsatilgan erlardan tumandagi barcha mahalla fuqarolari auksiondan olishi mumkin. Imkoniyatdan foydalaning!

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Piskent tumani hokimi, Toshqinga qarshi tuman komissiyasi raisi Nodirbek Yakubov rahbarligida yog‘ingarchilik vaqtida sel va toshqin sodir bo‘lishining oldini olish bo‘yicha tizimli choralar belgilab olingan va tezkor shtab faoliyat boshlagan edi.

Bugun FVB xodimlari ayni vaqtda kuzatilayotgan yog‘ingarchilik sababli noxush holatlar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha amaliy tadbirlar bajardi. Toshkent viloyati FVB boshlig‘i o‘rinbosari J.Abramatov va xodimlari, tuman FVB boshlig‘i R.Axrorov, OKMK mutasaddilaridan iborat guruh Ohangaron daryosining 550-piketini tiklash va mustahkamlash bo‘yicha taktik mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Jarayonga zarur texnika vositalari jalb etildi. Shu bilan birga aholi, ayniqsa, daryoning tuman hududidan oqib o‘tuvchi qirg‘og‘ida joylashgan Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlaridagi dala hovlilarda yashovchi har bir fuqaro ogohlantirilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Infografika

2017-2022 yillarda mudofaa qo‘shinlarining jangovor tayyorgarlik tadbirlari

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Jarayon

🌧Muntazam yog‘ingarchilik bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Tuman hokimi o‘rinbosari B.Shermatov va FVB xodimlari Yangiobod mahallasida suv to‘planib qolgan ko‘chalarga borib vaziyatni ko‘zdan kechirishdi.

Mahalladagi aholi xonadonlari zich joylashgan ko‘chalarda suvlar oqib ketishi uchun ariqlar yopib yuborilgan bo‘lib, natijada yomg‘ir suvlari to‘plangan, qatnovga noqulaylik paydo bo‘lgan. Vaziyatni yaxshilash maqsadida tuman FVB xodimlari tun bo‘lishiga qaramasdan suv tortish ishlarini bajarishdi.

Shu o‘rinda fuqarolarga eslatma: Xonadoningiz yoki ko‘changizdagi ariqlarga e’tiborli bo‘ling, chiqindi va loy tiqilib qolishi ham suv yo‘lini yopib, katta muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
⁉️ Ташаббусли бюджет лойиҳасида бир таклифда бир нечта муаммо киритиш мумкинми ?


📚Ўзбекистон Респубикаси Олий Мажлис Сенати Кенгашининг 2022 йил 30 июндаги КҚ-377-IV-сонли қарорига асосан Таклиф мазмунан ягона ижтимоий муаммони ўзида акс эттириши лозимлиги белгиланган.

❗️Шундай экан, фуқаролар томонидан бир таклифда бир нечта муаммоларнинг киритилиши, ушбу таклифнинг модерация босқичида рад этилишига сабаб бўлиши мумкин.

Мисол учун, 

Тошлоқ туман Катта кўча МФЙ ички йўлларини таъмирлаш ва ичимлик суви таъминотини яхшилаш.

Тошлоқ туман Катта кўча МФЙ ички йўлларини таъмирлаш.

⚠️ Хўш унда маҳаллардаги бир нечта муаммоларни қандай бартараф этиш мумкин?

Бундай ҳолатда маҳаллалардаги ҳар бир муаммо бўйича алоҳида ташаббускор фуқаролар томонидан лойиҳалар алоҳида қилиб киритилиши ёки овоз йиғишда қийинчилик бўлмаслиги учун Ташаббусли бюджет лойиҳасининг ҳар бир мавсумида биттидан муаммони таклиф сифатида киритган ҳолда муаммоларни босқичма босқич ҳал этиш мақсадга мувофиқ.


👇🏻 Каналга аъзо бўлинг!
#Jarayon

Piskentdagi iqlimi tabiiy qulay hududlarda ekoturizm obektlari tashkil etiladi

BATAFSIL O‘QISH

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Toshkent viloyati bo'yicha “Yashil kredit” to'g'risida ma'lumot.

🏦 Sanoatqurilishbank
Miqdori: 150 mln. so`m
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️ (+998 71) 200-43-43 yoki 1180
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 70) 762-82-38
🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄
🏦
Qishloq qurilish bank
Miqdori: 150 mln. so`m
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️ (+998 78) 150-00-55 yoki 1254
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 78) 150-79-33
🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄
🏦
Ipoteka-bank
Miqdori: 90 mln. so`m
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️ (+998 78) 150-11-22 yoki 1233
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 78) 150-11-22 (ichki 5175)
🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄
🏦 Xalqbanki
Miqdori: 60 mln. so`m
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️(+998 71) 210-20-02 yoki 1106
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 70) 762-70-77
🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄🗄
🏦 Mikrokreditbank
Miqdori: 150 mln. so`m
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️(+998 55) 503-63-63 yoki 1285
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 55) 503-68-68