PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.46K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Шаҳрихон туманидаги “Elegant shoes and” корхонаси фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью предприятия “Elegant shoes and” в Шахриханском районе.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз Бўстон туманидаги янги фабрика фаолияти билан танишиб, корхонада иш билан таъминланган хотин-қизлар билан суҳбатлашди

Президент ознакомился с деятельностью новой фабрики в Бустанском районе и побеседовал с женщинами, обеспеченными работой на предприятии

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шаҳрихондаги замонавий пойабзал корхонасига ташриф буюрди: "Бу ерда 10-20 минг одамни иш билан таъминлайдиган янги, "драйвер" кластери бўлиши керак"

Президент посетил современное обувное предприятие в Шахрихане: "Здесь должен быть новый, "драйверный" кластер, способный обеспечить работой 10-20 тысяч человек"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Munosabat

“Millar” telekanali orqali Piskent tumani G‘ayrat mahallasida ichimlik suvi yo‘qligi, ko‘p qavatli uylarning oqava suvlari kanalga oqizilib, bu suvdan odamlar ichishi to‘g‘risida tanqidiy lavha e’lon qilindi.

Mazkur holat yuzasidan tuman hokimligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, Suv ta’minoti tuman filiali mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi G‘ayrat mahallasida bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘rganildi.

Lavhada ko‘rsatilgan ko‘p qavatli uy-joylar foydalanishga topshirilganiga 2 oy bo‘lib, uylarning oqava (kanalizatsiya) suvlari tozalash inshootida (ochistka soorujeniya) bosqichma bosqich tozalab va bu ekin sug‘orishga yaroqli va ichish uchun yaroqsiz bo‘lgan texnik suv hisoblanadi. Shuningdek, bu davr qish mavsumiga to‘g‘ri kelganligi va ekinlarni sug‘orish mavsumi emasligi bois, kanalda suvi to‘xtatilgan. Shunga qaramasdan, aholi murojaatlari asosida tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan mutaxassislar biriktirib, oqava suvidan namuna olingan va tahlil uchun yuborilgan. Tahlil natijalari asosida tegishli choralar ko‘riladi.

Aniqlik kiritib aytsak, G‘ayrat mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 2021-2022 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida jami 2 mlrd 200 mln so‘mlik mablag‘ yo‘naltirib, 9,2 km suv quvurlari tortilgan. Ya’ni mahallaning 4 ta qishloq va barcha ko‘chasi to‘liq suv bilan ta’minlangan, 3 ta yangi suv minorasi (bashnya) ishlab turibdi. Mahalla aholisi to‘liq toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

Ta’kidlash zarurki, amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan masalalar ham bor. Nafaqat G‘ayrat mahallasi, balki, Piskent tumani aholisini uzoq yillardan buyon oqava suv tarmog‘i yo‘qligi qiynab kelmoqda. Prezidentimiz Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu muammoga e’tibor qaratib, markazlashgan oqava suvlari (kanalizatsiya) tarmog‘ini qurish uchun qariyb 25 mlrd so‘m mablag‘ ajratish topshirig‘i berildi. Ayni vaqtda ushbu tarmoqni qurish uchun loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda. 2023-2024 yillarda Piskent va Bo‘ka tumanlari uchun 29 km kanalizatsiya tarmog‘i qurilib, bosqichma-bosqich mahallalar ham ulanishi rejalashtirilgan.

🎞Mutasaddi rahbar va mutaxassislar fikrlarini quyidagi videolavhada to‘liq bayon qilishgan👇👇👇

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Rasmiy

Toshkent viloyatida ish boshlayotgan “metan zapravka”lar va ularning ish grafigi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija

Birlik mahallasi Gulshan massividagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi tomonidan tom qismidan chakka o‘tganligi haqida murojaat yo‘llangan edi.

Tuman Uy-joy kommunal bo‘limi rahbari U.Ermatov va BSK tomonidan tomning zararlangan qismi (va sliv) ta’mirlandi. Shu bilan birga aholining is gazidan zaharlanishining oldini olish, nosoz elektr jihozlaridan foydalanmasligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ohangaron daryosi qirg‘oqlari mustahkamlanmoqda

Nuroniylarimiz duolarida “O‘t balosidan, suv balosidan asrasin” deb niyat qilishadi. Bu bejiz emas. Kunlar ilib, qor va muzlarning erishi sel, ko‘chki va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimolini yanada kuchaytiradi.

Piskent tumani hokimi, fuqaro muhofazasi boshlig‘i Nodirbek Yakubov boshchiligida favqulodda vaziyatlar bo‘limi va hamkor tashkilot mutasaddilari amaliy ishlar olib bormoqda. Bugun Ohangaron daryosida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari bajarildi.

8 ta maxsus texnika va FVB xodimlari jalb etilib, Ohangaron daryosining 550-piketi, "Rayhon" bog‘dorchilik uzumchilik shirkatlari chegaralarining 80 m masofadagi qirg‘og‘i mustahkamlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилояти Қўштепа туманига ташриф буюриб, “Global textile infinity” кластерининг тўқимачилик корхонаси билан танишди ҳамда водий вилоятларида пахта-тўқимачилик саноатини ривожлантириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Куштепинский район Ферганской области, где ознакомился с текстильным предприятием кластера “Global textile infinity” и провел совещание по мерам развития хлопково-текстильной промышленности в областях долины.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter