Tuman hokimi ishtirokida 2023 yil mahalliy budjeti parametrlari tahlil qilindi
Tuman hokimi N.Yakubov, hokimning 1-o‘ribosari M.Miryunusov, Moliya bo‘limi boshlig‘i T.Pardayev tomonidan Piskent tumani mahalliy budjet daromadlarining 2022 yil tasdiqlangan rejaga nisbatan 2023 yilning mos davriga tahliliy ko‘rib chiqildi.
Jarayonda mutaxassislar tomonidan soliq tushumlari, jami daromadlar hamda harajatlarning reja ko‘rsatkichlari, ijtimoiy soha va aholini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, tibbiyot, sport va madaniyat sohalari hamda “Tashabbusli budjet” uchun ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘lar tahlil etildi. Ushbu ko‘rsatkichlar tuman kengashi sessiyasida muhokama etilib, yakuniy qaror qabul qilinadi.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi

Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Тошкент_вилояти
Қиш мавсумида об-ҳавонинг кескин пасайиб кетиши натижасида жойларда амалга оширилаётган ишлар юзасидан ўтказилган брифингда вилоят Фавқулодда вазиятлар бошқармаси Ахборот хизмати раҳбари Рустам Алимов
https://t.iss.one/hudud_inform

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Rasmiy_bayonot
Toshkent viloyati prokuraturasining rasmiy bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlarda “Hududgaz Toshkent” rahbari Muzaffar Aliyevning qamoqdan ozod qilinganligi hamda ish joyida faoliyat olib borayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilgan.
Tergov harakatlari davomida M.Aliyevga nisbatan qoʻllanilgan “qamoq“ ehtiyot chorasi “garov” ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan.
Bundan tashqari, M.Aliyevning lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida Jinoyat ishlari boʻyicha sudning ajrimi mavjud.
Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
✉ ️Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Toshkent viloyati prokuraturasining rasmiy bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlarda “Hududgaz Toshkent” rahbari Muzaffar Aliyevning qamoqdan ozod qilinganligi hamda ish joyida faoliyat olib borayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilgan.
Tergov harakatlari davomida M.Aliyevga nisbatan qoʻllanilgan “qamoq“ ehtiyot chorasi “garov” ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan.
Bundan tashqari, M.Aliyevning lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida Jinoyat ishlari boʻyicha sudning ajrimi mavjud.
Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_va_ijro
Ko‘hna mahallada elektr va suv masalasi yechiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-408-sonli qarori asosida Piskent tumanida 16 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.
Jumladan, Bekobod mahallasi xududida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 80 ta eskirgan yog‘och ustunlarni yangi temir-beton ustunlarga almashtirish, 1ta yangi transformator o‘rnatish, A.Alaviya hamda Guliston ko‘chalarini yangi ichimlik suvi tarmog‘iga ulash rejalashtirilgan.
Bugun ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan jamoatchilik nazorati guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda korxona va pudratchi tashkilot mas’ullari jamoatchilikka amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdilar.

#Nazorat
Hozirgi vaziyat rahbarlardan tunu kun ogohlikni talab qiladi. Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov tungi vaqtda mahallalarni kezib, aholi xavfsizligi uchun xizmat qilayotgan shtablar faoliyatini nazorat qilmoqda.
Avval tuman IIBda tashkil etilgan 24 soatlik shtabda bo‘lgan tuman rahbari bir kecha kunduzda qabul qilingan murojaatlar va ularning tezkor ijrosini tahlil qildi.
Shundan so‘ng Mingtepa, Kultepa, Kelovchi va Guliston mahallasida, Elektr ta’minoti idorasida tashkil etilgan tungi navbatchilik postlarini ko‘zdan kechirdi. Hokim yordamchilari bilan suhbatlashdi, maxsus avariya guruhlari va dispetcherlik xizmati faoliyati bilan qiziqdi. Hozirgi qisqa va sinovli kunlarda aholi xavfsizligi uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan topshiriqlar berdi.
☎️24 soatlik shtabga murojaat uchun telefon raqamlari: 95-194-04-21, 70-54-51-194.

#Bayonot
Ijtimoiy tarmoq orqali Piskent tumani, Muratali maхallasi Ziyolilar ko‘chasi, 83-uyda istiqomat qiluvchi Sh.Shakiravadan murojaat yo‘llangan. Unda necha yillardan buyon ushbu manzilda yashovchi Sh.Shakiravaga uy-joy so‘rab qilgan murojaatlari hal etilmagani qayd etilgan.
Murojaat yuzasidan quyidalarni bayon qilamiz:
1.Piskent tumanida uy-joy sharoitini yaxshilash istagi bo‘lgan fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida G‘ayrat mahallasida 19 gektar maydonda 5-7 qavatli 2-3 xonali arzon xonadonlar(kvartira) qurilishi boshlangan bo‘lib, 20 yil muddatga imtiyozli kredit asosida harid qilish imkoniyati mavjud. Fuqaro Sh.Shakirava ham ushbu xonadonlardan harid qilishiga xech qanday to‘sqinlik yo‘q.
2.Murojaat yuzasidan Murotali MFY tomonidan berilgan ma’lumotnomagan ko‘ra, fuqaro Sh.Shakirava “Temir daftar”ga ro‘yxatda turganligi uchun yashayotgan xonadoni qurilishi uchun 3 mln so‘m, 260 kg un, oziq-ovqat maxsulotlari, Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan 600 ming so‘m mablag‘ “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan ajratilgan. Tegishli yordam ko‘rsatilgan.
3.Olmaliq shahri Kimyogar MFY tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro Sh.Shokirova ayni bir vaqtning o‘zida Olmaliq shahri Kimyogar MFY, Extirom ko‘chasi 8-uy, 53-xonadonda ham yashashi, “Ayollar daftari”ga 3-toifa “ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayol”toifasiga kiritilib, ish o‘rinlari taklif etilgan bo‘lsada, ishni rad etgan, o‘zini band qilib, daromad topishi uchun subsidiya asosida tikuv mashinasi olganligi ko‘rsatilgan.
Xulosa qilib aytganda, ushbu fuqaro davlatimiz tomonidan berilgan barcha ijtimoiy yordamlardan to‘liq foydalanib kelmoqda.

Telegram
PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot

Audio
#Maxsus_dayjest
Sovuq havoda energiyaga ehtiyoj har qachongidan ham koʻproq ortadi. Hozirgi kunda hududlarda gaz taʼminoti masalasi dolzarb vazifaga aylanib, masʼullarning nazoratiga olingan. Qisqa satrlar shu haqda.
🔘“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti korxonasi. Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida joylardagi “Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi” boʻlimlari chilangarlaridan iborat ishchi guruhlar aholi orasida targʻibot olib borishmoqda.
🔘Boʻka tumani. Gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan rejalashtirilgan grafik asosida tuman hududidagi “Chavlisoy”, “Oltish”, “Quldiroq”, “Katta ravot”, “Qoraqoʻyli” va “Mirzabek” mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi aholiga bosqichma-bosqich gaz yetkazib berilmoqda.
🔘Qibray tumani. Tuman hokimi va sektor rahbarlari birgalikda “Olmazor” mahallasida yashovchi aholi bilan uchrashib, ularning kommunal sohadagi muammolarini oʻrgandi.
🔘Zangiota tumani. “Obod turmush” mahallasi ahliga grafik asosida suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilmoqda.
🔘Piskent tumani. “Piskenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimidan gazlashgan, ammo sovuq mavsumda gaz bosimi pasaygan “Fayzobod”, “Istiqlol”, “Murotali”, “Oqtepa” va “Doʻngqoʻrgʻon” fuqarolari imtiyozli narxda suyultirilgan gaz olishmoqda.
🔘Ohangaron tumani. Olis, togʻli hudud hisoblangan “Chinor” MFYga “Ohangarontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan aholi ehtiyojidan kelib chiqib, qoʻshimcha gaz ballonlari yetkazildi.
🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimligi hamda “Yangiyoʻlshahargaz” taʼminoti boʻlimi tomonidan “Yangibogʻ”, “Baxt”, “Bahor” va “Ishchilar shaharchasi” mahallalariga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.
🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Nurafshon” maxallasidagi 11 ta xonadon, “Mirobod” mahallasidagi 15 ta xonadon egalariga suyultirilgan gaz balonlari topshirildi.
🔘Olmaliq shahri. A.Qahhor MFYda kechasi oʻchib qolgan gazning noxush oqibatlarini oldini olish uchun mutasaddilar tomonidan vaziyat tezkorlik bilan nazoratga olindi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH

FVB boshlig‘i tungi tekshiruvlar o‘tkazdi
Xalq ta’limi vazirligi ob-havo sharoitidan kelib chiqib, maktab va bog‘chalar 23 yanvardan faoliyat boshlashini ma’lum qilgan edi. Bu vaziyatda ta’limga tayyorgarlik isitish jarayonlaridan boshlanadi.
Tumanda ijtimoiy soha obektlari hamda ta’lim muassasalarida gaz va elektr bilan bog‘liq noxush hodisalarning oldini olish, yong‘inlar va is gazidan zaharlanishga qarshi choralar ko‘rish maqsadida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i R. Axrorov tungi tekshiruvlar olib bormoqda. Bugun tunda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 9-bog‘cha va 10-maktab qozonxonalari tekshirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi nazoratga olindi. Bunday tadbirlar har kuni ijtimoiy soha obektlarida davom etadi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri
Piskent tumani Do‘ngqo‘rg‘on mahallasida tashkil etilgan harbiy dala oshxonasida har kuni 150 kishiga issiq ovqat tayyorlanib, aholiga tarqatilmoqda.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Piskent tumani Do‘ngqo‘rg‘on mahallasida tashkil etilgan harbiy dala oshxonasida har kuni 150 kishiga issiq ovqat tayyorlanib, aholiga tarqatilmoqda.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon
Kuz-qish shtabi tunu kun faoliyat ko‘rsatib, hududlardagi muammolar bartaraf etilmoqda.
Bugun tunda tuman shtabiga Oqtepa mahallasiga elektr yetkazuvchi havo tarmog‘idagi nosozlik va Do‘ngqo‘rg‘on mahallasida transformatordagi nuqson haqidagi xabar qilingandi.
Elektr ta’minoti korxonasi avariya brigadasi zudlik bilan ushbu mahallalarga bordi. Oqtepa u/b 42-ustundagi nuqson joyida bartaraf etildi. Do‘ngqo‘rg‘on mahallasidagi TP 211-sonli transformator almashtirib, fazalar taqsimot qilindi. Ayni vaqtda elektr barqaror uzatilmoqda.