PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Mavsum_betalofat_o‘tsin

Shunday sohalar borki, xodimlari uchun kun va tunning, dam olish kunlarining ahamiyati yoʼq. Ular yoʼllarimiz ravonligi, issiqlik va yorugʼlikni oʼz vaqtida taʼminlash uchun doimo xalq xizmatida. Ular - kommunal soha xodimlari, IIB xizmatchilari, yoʼlsozlar.

Bugun yakshanba boʼlishiga qaramay, tuman IIBda tashkil etilgan 24 soatlik shtabda ish qizgʼin. Har kuni elektr, gaz va boshqa muammolar bilan 15-20 ta murojaat tezkorlik bilan hal etilmoqda. Qish mavsumida isteʼmolchilarga 100 tonnaga yaqin suyultirilgan gaz, 4 ming tonnaga yaqin koʼmir berildi. Yaxmalak yoʼllar uchun 60 tonna tuz-qum aralashmasi sepilib, qoʼshimcha zahira yaratildi.

El xizmatiga bel bogʼlagan xizmatchilar uchun har kuni dasturxon tuzalmoqda. Ehtiyojmand va yolgʼiz keksalar holidan xabar olib, oziq-ovqat yetkazib berilmoqda.

Аsosiy maqsad-qisqa va sinovli kunlardan betalofat oʼtib olishdir.

☎️Tuman shtabining telefon raqamlari: 95-194-04-21, 70-54-51-194.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ibrat

Navoiy mahallasi Beshovul ko‘chasi aholisi tashabbus ko‘rsatib, o‘zlari va farzandlari  qulay va xavfsiz yurishi uchun ko‘chalariga qum-tuz aralashmasi sepib chiqishdi.

Aholining bu tashabbusi taxsinga loyiq. Kattalarning ishi yoshlarga ham ibrat bo‘ldi!


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

Viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarida 12-yanvardan bosqichma-bosqich oʻqishlar boshlangan edi.

Havo haroratining keskin pasayib ketishi natijasida, maktablarda davomat tushib ketgani, qoʻshimcha ravishda tugʻilayotgan ayrim noqulayliklar joylarda maktab ota-onalar kengashlarining vakillari ishtirokida muhokama qilindi, maslahatlashildi.

Yuzaga kelgan sharoitdan kelib chiqib, Toshkent viloyatidagi barcha umumtaʼlim maktablarida taʼtillar vaqti uzaytirildi. Oʻqishlar 18-yanvardan boshlanishini maʼlum qilamiz.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Сингапур Республикаси Президенти Ҳалима Яқубнинг таклифига биноан 16-18 январь кунлари давлат ташрифи билан ушбу мамлакатда бўлади.

По приглашению Президента Республики Сингапур Халимы Якуб Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 16-18 января посетит эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Singapur #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Ehson

Bugun tumanimizning bir nechta mahallasida ehson tadbirlari tashkil etildi.

Saidobod, Maylobod, Oybek mahallasida raislarning tashabbusi bilan nuroniy keksalar duosi, imom xatiblar tavsiyasi bilan jami 100 kg osh damlanib, hududdagi qariyalar, nogironligi bo‘lgan insonlar, sovuq mavsumda ehtiyoji qiyinlashgan fuqarolar, shu bilan birga tunu kun el xizmatida bo‘lgan kommunal soha fidoyilariga ulashildi.

Qiyin kunlarda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan mehr-oqibat, saxovat va yordamga muhtoj insonlarga madad bo‘lishdek hislatlarning har qachongidan yaqqol namoyon bo‘lishi qalbimizni faxrga to‘ldiradi, ibrat bo‘ladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi