PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Avlodlar_uchrashuvi

«Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» g‘oyasi asosida sektorlarda “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari davom etmoqda.

Bugun 1-sektor hududidagi Fayzobod mahallasida ham yoshu keksalar uchrashib, dildan suhbat qurishdi. Uchrashuvga tuman hokimi Rahimjon Rixsiyev qatnashdi. 17-maktabda tashkil etilgan tadbirga mahallaning o‘zbek, qozoq, tojik, rus va boshqa ko‘pmillatli aholisi vakillari, ko‘pni ko‘rgan keksalariyu navqiron yoshlari to‘plandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, ko‘pmillatli va ahil xalqimiz, donishmand nuroniylar hamda vatanparvar yoshlarimiz birgalikda yurt tinchligiga, rivojlanishiga hissa qo‘shsak, kelajak farovonligi ta’minlanadi. Tuman hokimi va so‘z olgan keksalar hayotiy tajribalarini hikoya qilib berdilar. Bilimdon, sportchi va san’atsevar yoshlar ham o‘z chiqishlarini namoyish etishdi. Kuy-qo‘shiq va raqslar esa davraga fayz bag‘ishladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obodlik

Bekobod mahallasi aholi xonadonlari zich joylashgan hudud hisoblanadi. Bugun mahalladagi Guliston ko‘chasining ta’mirtalab qismiga shag‘al va mayda tosh (shiben) yotqazib, tekislash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirishda tuman Favkulotda vaziyatlar bo‘limi rahbari R.Axrorov va mahalla raisasi G.G‘ulomxonova tashabbus ko‘rsatishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Агар Сиз уйни иситишда меъёрий талабларга риоя этмаётган бўлсангиз, билингки, ис газидан заҳарланиш эҳтимоли юқори.

Ис гази (СО2) – жуда хавфли. Инсон нафас олганда уни сезмайди, чунки унинг ҳиди, ранги ва таъми йўқ. Ис гази инсон организмига кирганидан сўнг у қон таркибидаги кислород ташийдиган гемоглобинга бирикади ва қоннинг мияни кислород билан таъминлаш функциясини издан чиқаради.

Уйни иситишда техник талабларга тўлиқ риоя этинг ҳамда ўзингиз ва яқинларингиз ҳаётини асраб қолинг!

Заҳарланиш ҳолатлари аниқланганда қандай биринчи ёрдам кўрсатилади?

📹 Батафсил: видеода

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Rag‘bat

Yangi yil bayrami oldidan tuman Suv xo‘jaligida yil yakunlari sarhisob qilindi. Yil davomida samarali mehnat qilgan bo‘lim xodimlari rag‘batlantirilib, sovg‘alar topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi