PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.69K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Yurakdan_yurakka

3-4-dekabr kunlari mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yurakdan_yurakka

Piskent tumani hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Usmonova hamda hududlardagi xotin-qizlar faollari ham xayriya aksiyasida qatnashmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from MINENERGY.UZ
“O‘zbekneftgaz” AJ gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari kamayishi kuzatilmoqda. Uning hajmlarini oshirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari yildan-yilga kamayib borayotgani kuzatilmoqda.

Misol uchun, 2021-yilda belgilangan rejaga nisbatan 200 mln metr kub kam tabiiy gaz qazib chiqarilgan, 2022-yilning 11 oyida rejaga nisbatan 5 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarildi.

Jamiyatga qarashli gaz konlarida rejaga nisbatan sutkasiga o‘rtacha 7,1 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarilmoqda. Buning asosiy sabablari gaz konlarida tabiiy gaz zaxiralarining kamayib borayotganligi va konlarda avariyalar kelib chiqayotganligidir.

Bugungi kunda ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan havo haroratining keskin sovib ketishi sababli quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq ichki isteʼmol uchun, xususan aholi va ijtimoiy soha obyektlari hamda issiqlik elektr stansiyalariga yo‘naltirilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad – birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, o‘quv yurtlari, shifoxonalar va boshqalar) energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash hisoblanadi.

Hozirgi kunda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarini oshirishning zarur chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan isteʼmolchilardan ushbu holatni to‘g‘ri tushungan holda energiya resurslaridan imkon qadar oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘raymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
#Shtab_faoliyati

Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin!

❄️Ob-havoning keskin o‘zgarishi, ayniqsa qor yog‘ishi harakat qatnashchilariga noqulayliklar, turli muammolar tug‘dirishi mumkin.

🛣Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi, IIB YHXB, Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan amaliy choralar ko‘rilmoqda. Аyni vaqtda ham tuman hududidagi davlat va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepib chiqilmoqda.

📌Shu o‘rinda haydovchilardan ham yo‘llarda xavfsizlik talablari va harakatlanish qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hozir

📌Tuman hokimligi huzuridagi Shtab tomonidan aholini sovuq mavsumda favqulodda holatlardan saqlash, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ko‘mir va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida doimiy nazorat tadbirlari ko‘rilmoqda.

Tuman hokimi o‘rinbosari B.Shermatov, Piskenttumangaz filiali va Elektr ta’minoti bo‘limi rahbari hamda shtab a’zolari bilan birga ijtimoiy soha obektlari, mahallalarga gaz taqsimlash shoxobchalarida tabiiy gaz bosimini ko‘paytirish choralarini ko‘rishdi.

Shuningdek, elektr energiyasi sarfini kamaytirish yuzasidan tadbirkorlarga ham tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi