PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.47K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Tanlov

Zulfiyaxonimga munosib qizlar saralanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF-2326-sonli Farmoni asosida har yili Zulfiyaxonim izdoshlari saralanadi.

Piskent tumani 6-maktabda iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash, munosiblarini Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya qilish maqsadida tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovda 50 nafar adabiyot, san’at, madaniyat, fan, ta’lim, sport va jamoatchilik yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatib, ijod qilayotgan iqtidorli qizlar hujjatlari ko‘rib chiqildi va nomzodlar suhbatdan o‘tkazildi. Tuman bo‘yicha eng munosib deb topilgan 6 nafar nomzod viloyat bosqichida ishtirok etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sud_zalidan

Ichkilikbozlik ko‘pgina jinoyatlaru falokatlarni keltirib chiqarishi hech kimga sir emas. Jinoyat ishlari bo‘yicha Piskent tuman sudining 27 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida Kelovchi mahallasida yashovchi A.P.ning mast holatda o‘z o‘g‘lini pichoqlab qo‘ygan jinoyati uchun hukm o‘qildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Targ‘ibot

IIBB JIEB 50-sonli manzil koloniyasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Piskent tumani bo‘limi tomonidan "Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda respublika "Ma’naviyat targ‘ibotchilari" guruhi a’zolari, tarix fanlari nomzodi S.Sulaymonova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari S.Azimova, jurnalistlar qatnashishdi. Suhbat jarayonida respublikada inson qadrini ulug‘lash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga keng to‘xtalindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ONLINE

"Qamchiq" dovoni hozirgi vaqtda

Ayni daqiqalarda "Qamchiq" dovonida qor yog‘moqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘lni qordan tozalash va muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish ishlarini muvofiqlashtirib bormoqda.

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Islohot

Prezidentimizning mahallalarga alohida e’tibori natija bermoqda

Mahallalarda uzoq yillardan beri aholini qiynab kelayotgan bir qator muammolar bor edi. So‘nggi oyda ular izchil o‘rganildi va bartaraf etishga qaratilgan amaliy choralar belgilandi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25 oktabrdagi 408-sonli qaroriga binoan mahallalardagi infratuzilmani yaxshilash uchun birgina Piskent tumanida jami 16 ta ob’ektga 27 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Jumladan, 3 ta mahallaga idora qurish, 9 ta mahallada ichimlik suvi, 3 ta mahallada ichki yo‘llar ta’miri, 1 ta mahalladagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar joriy yil yakuniga qadar bartaraf etiladi.

Shu bois, kuni kecha tuman hokimi R.Rixsiyev va mas’ullar ishtirokida 16 ta mahallada qaror mazmun-mohiyatini tushuntirish tadbirlari tashkil etildi. Uchrashuvlarda mazkur ishlarni hamjihatlikda tez va sifatli amalga oshirish vazifalari belgilab olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1sotix yerdan 10 million so‘m daromad qilish mumkinligiga ishonasizmi? 5 sotix bo‘lsachi? 1 yilda 2-3 marta ekin ekilsachi, unda bu summa yana shuncha barobarga ortadi.

Bu gapga birov ishonadi, birov yo‘q... Ammo Kultepa mahallasida yashovchi Gulnoza Valiyeva o‘zini ortiqcha urintirmay shuncha daromad topyapti.

Gulnoza bu mahallaga kelin bo‘lib tushganida hovlida bo‘sh turgan yerdan qanday foydalanishni o‘ylagandi. Qaynonasi, eri bilan bamaslahat, hokim yordamchisi Doston Odilovning yordami bilan 7 yilga 33 mln so‘m kredit olib, 5 sotix teplitsa qurishdi.

-2022 yil fevralda qalampir ekdik. May oyida hosilni 1 kg ini 35 ming so‘mdan sotib, 50 million so‘m daromad qildik. 7 yilga olingan kreditni puli 1mavsumda ortig‘i bilan chiqdi. Sarimsoq yangi yilga yetiladi,-deydi mirishkor kelin.-Qaynonam bilan ona-boladekmiz, ishlayotganimda yosh bolamga qarab turadilar.

Insonning niyati yaxshi, o‘zi mehnatdan qochmasa, baraka topadi. Qahramonimiz bunga hayotiy misol.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#statistika

Toshkent viloyatida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining hajmi qancha?

2022-yilning
yanvar-sentyabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 12 435,7 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 107,3 foizni tashkil etdi.

Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 64,1 foizni tashkil qildi.

Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 218,4 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 763,1 ming tonna – sut, 905,8 mln. dona – tuxum, 7 734,5 tonna – baliq yetishtirilgan.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish borasida mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Kuz-qish mavsumida Piskent tumani hokimligida uzluksiz faoliyat yurituvchi “TUMAN SHTABI” tashkil etilgan.

📞 Murojaat uchun telefonlar:
🏢 Piskent tuman hokimligi markaziy shtabi:
☎️ (70)54-51-097, (90)810-88-77

Shtab rahbari – Piskent tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Shermatov:
📱 Tel:(99)864-50-09, (70)54-51-097

Shtab rahbari o‘rinbosari – Piskent tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Umid Ermatov:
📱 Tel:(90)347-30-30

🚒 Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Risxiboy Axrorov:
📱 Tel:(97)157-88-15, (70)54-51-102 (dispecher), 101

🔥 Piskent tumani Gaz ta’minoti filiali boshlig‘i Doniyor Abdazimov:
📱 Tel:(98)127-00-47 (70)54-51-648 (dispecher), 104

⚡️ Piskent tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i v.v.b Azim Atayev:
📱 Tel:(99)303-02-87 (70)54-51-105 (dispecher)

🚰 Piskent tumani Suv ta’minoti filiali Ilhom Qosimov:
📱 Tel:(98)314-82-82 (70)54-51-393 (dispecher)

🏫 Piskent tumani Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Hayotjon Rashidov:
Tel:(99)406-13-87

🏫 Piskent tumani Maktabgacha ta’limi bo‘limi boshlig‘i Baxtinisa Ishmuradova
📱 Tel:(93)598-97-86

🚑 Piskent tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Muhabbatxon Qodirova:
📱 Tel:(90)188-14-61, 103

🚓 Piskent tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Qodir Isakov:
📱 Tel:(97)543-70-07, (70)54-51-040

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo'lgan bolani yolg'iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko'ra quyidagi asoslar bo'yicha bekor qilishga yo'l qo'yiladi:

🔹 tashkilot (uning alohida bo'linmasi) o'z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta'sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi;

🔹xodimning o'z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi;

🔹xodimning o'z mehnat majburiyatlarini bir marta qo'pol ravishda buzganligi.

⚠️ Amaldagi tartibga ko'ra, 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo'l qo'yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
⚡️«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni ta’sis etildi

Mazkur nishon O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlanadi.

Nishon bilan O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash kabi sharafli vazifalarni amalga oshirib kelayotgan barcha soha vakillari mukofotlanishi mumkin.

«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

PISKENT TUMANI | OLIS QISHLOQDA ISLIDDIN HAYDAROV XOTIRASIGA BAG‘ISHLANGAN MUZEY FAOLIYAT BOSHLADI

#NurafshonTV

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

PISKENT TUMANI  |  MAHKUMLAR UCHUN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

#NurafshonTV

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkaziladi.

Xo‘sh, bu qanday tashkilot va asosiy maqsadlari nimalardan iborat? Bu haqda ushbu videorolikda batafsil tanishishingiz mumkin.

https://t.iss.one/AOKBToshvil