PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.72K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#профилактика

"Жума йўл ҳаракати хавфсизлиги Тарғибот куни"

⚡️Пискент туманида жойлашган "Шодлик" мактабгача таълим муассасаси тарбияланувчилари ўртасида "Йўл ҳаракати интизоми болаликдан бошланади" шиори остида профилактик тадбир ўтказилди.

Тадбир қизиқарли ва тушунарли бўлиши учун тарбияланувчилар автомактаб синфхонасига олиб келинди ва ўқитувчилар билан биргаликда машғулотлар ташкил этилди.

Батафсил видеода кўринг 👉 https://t.iss.one/yhxx_ypx
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

BOBO G‘OZIY TURK TO‘G‘ON ZIYORATGOHIda bo‘lgan jurnalistlar biri biridan qiziqarli lavhalarni tasvirga olishdi.
🎞Videorolik shu haqda.

Ziyoratgoh haqida qisqacha:
“Bobo G‘oziy Turk To‘g‘on” ziyoratgohi mahalliy aholi orasida “Bo‘g‘ziyon ota” nomi bilan mashhur. U Muhammad SAV xizmatida bo‘lgan sahobalardan birining nomi bilan bog‘liq.
Rivoyatlarga ko‘ra, bu yerda “Mo‘yi muborak” qo‘yilgan, qabriston tuprog‘ining qizg‘ish tusi esa Bobo G‘oziyning dushmanlari bilan olishuvida to‘kilgan qon uchun shu rangga bo‘yalgan.
2,5 gektar maydonda joylashgan qadamjo kiraverishida kattagina maqbara va ichkarida ziyoratchilar ibodati qilishi uchun joy hozirlangan. Bu yerga Piskent tumani aholisidan tashqari, qo‘shni tuman va shaharlardan odamlar ihlos qilib, qurbonlik va ehson uchun ham kelishadi. Qabriston yaqinida katta tepalikda sahoba uchun ramziy qabr barpo etilgan. Unga chiqish uchun 126 zinani bosib o‘tish kerak.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ҳеч кимга оғирлигим тушмасин деб ҳунар ўргандим» – ногирон косиб ҳикояси

27 ёшли Тўланбек Риштон марказида косиблик қилади. У нотўғри укол қилиниши оқибатида юролмай қолган. «Яхши ишласам, кунига 50 минг сўм топаман», дейди қаҳрамонимиз.

👉 https://kun.uz/19009097

Kun.uz расмий канали
#Qaror_va_ijro

Barchasi xalq roziligi uchun

Ayni damda tuman hokimi Rahimjon Rixsiyev boshchiligida tuman rahbarlari va deputatlar ishtirokida 5-maktabda Oybek va Yangiobod mahallasi fuqarolari uchun uchrashuv tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida"gi PQ-408-sonli qarori bilan tasdiqlangan ilovada hududlardagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash masalasi hal etilishi belgilangan. Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Piskent tumanidagi 16 ta mahallasida yangilanishlar amalga oshiriladi.

Uchrashuvda 408-sonli Prezident qarori asosida Oybek mahallasining 10 ta ko‘chasi va 4 ta ko‘p qavatli uylar hududida jami 6 km 700 metr masofada ichki yo‘llar ta’mirlash ishlari olib borilishi;
Yangiobod mahallasida 1ming 900 metr ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi ma’lum qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Xalq bilan muloqot 4-maktabda davom etmoqda.

Tuman hokimi bu dargohda Maylobod, Mo‘minobod va Bekobod mahallasi fuqarolari vakillari bilan uchrashib, fikr almashmoqda.

Kun tartibida asosiy masala Prezidentimizning "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risida"gi PQ-408-sonli qarori ijrosini aholi vakillari bilan bamaslahat ta’minlashdir.

Yuqoridagi qaror yuzasidan Mo‘minobod mahallasida Hasti Buzurg, Amir Temur, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Abdulla Alaviya, Alisher Navoiy va Ma’naviyat ko‘chalarida jami 2 km 480 metr ichki yo‘llar ta’mirlanishi;

Bekobod mahallasiga Jasorat, Guliston mahallasiga 80 ta stolba va 1 ta transformator o‘rnatish, 3 km havo tarmog‘i qurish;

Maylobod mahallasiga yangi idora qurish, Bobur, Amir Temur va Oydin ko‘chalariga jami 1 km 200 metr suv tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirilishi aytib o‘tildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
MINGTEPAGA YANGI BINO QURILADI

Mingtepa mahallasida ham sektor rahbarlarining mahalla fuqarolari va faollari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘inga viloyatdan biriktirilgan mas’ullar, tuman hokimi o‘rinbosari M.Miryunusov, 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i L.Rahmatullayev, tuman prokurori A.Jo‘rayev, Mahalla va nuroniylar bo‘limi boshlig‘i H.Isamuhammedov qatnashmoqda.

Besh yuzdan ortiq xonadonga xizmat ko‘rsatuvchi mahallada shu vaqtga qadar idora binosi muammoli holatda edi. Xalq bilan muloqotda Davlatimiz rahbarining 408-sonli qarori asosida joriy yil yakuniga qadar Mingtepa mahalla fuqarolar yig‘ini uchun 500 mln so‘m evaziga bino qurish masalasi ham muhokama etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi