PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#FVB_xabari

Kelasi hafta O'zbekistonda havo harorati keskin pasayadi

"O‘zgidromet" xabariga ko’ra, O‘zbekistonda 17-19-oktyabr kunlari havo harorati 8-10 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Ob-havoning keskin sovishi oqibatida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini tezda bartaraf etish va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi ogohlantiradi!

📞 Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda zudlik bilan Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi navbatchisiga 70 202 01 77, 70 202 01 78, 101, 1050 raqamlari orqali xabar berishingizni so’raymiz.

Shu o’rinda tumanimiz aholisidan barcha xavfsizlik choralarini ko’rishlarini so’raymiz!

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15-oktabr  - Xalqaro qishloq ayollari kuni

Qishloq ayoli. U- o‘qituvchi, u -shifokor, tikuvchi yo pillakor. Ammo eng avval oila bekasi.

U tongda quyosh bilan birga uyg‘onadi. Hovlisiga suv sepadi, farzandlariga issiq non tutadi, xushxo‘r taom hozirlaydi.
Erta tongdan boshlangan hadsiz yumushlar unga aslo og‘irlik qilmaydi. Mehnatdan qo‘llari qadoq bo‘lsada, ko‘nglidagi mayinlikka rahna sololmaydi. Yuzlari oftobdan qoraysada, kulgularidan olam yorishadi.Yurgan yo‘llaridan gul unadi. Hayot sinovlaridan kuch oladi, yashnayveradi...


Qahramonlar:
Piskent tumani Mitan mahallasidan hamshiralar Munisa va Nozima Ikromovalar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ayollar_daftari

Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Mirsoatova boshchiligida “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlar turmushi o‘rganildi.

Jarayonda Birlik mahallasi raisi B.G‘aniev bilan birgalikda shu mahallada yashovchi M.Bo‘ronova, A.Mo‘minjonova hamda D.Azimovaga ro‘zg‘origa yordam sifatida 50 boshdan tovuq 1 oylik yemi bilan birga topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Мobil_muxbir

Milliy telekanalda Piskent tumani Mitan mahallasida joylashgan 6-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida qurilish ishlari to‘xtab qolgani to‘g‘risida
tanqidiy lavha eʼlon qilindi.

Mobil muxbir vaziyatni joyiga borib oʻrgandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogoh_bo‘ling

Piskent tumani IIB YHXB tomonidan tuman hududidagi yo‘l-transport hodisalari salmog‘i ko‘p bo‘lgan hududlarda va markaziy chorrahasida profilaktika tadbirlari olib borildi.

-Asosiy maqsad yo‘llarda harakat ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash,-deydi IIB YHXB boshlig‘i Qodir Isakov.

Ma'lumot uchun: tumanda 2022 yil 9 oyi davomida 46 marta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ularning 6 tasi o‘lim bilan bog‘liq. Jami 3 ming tadan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lib, ularning 820 tasi piyodalar tomonidan sodir etilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
16:00 13.10.2022

QISHLOQ AYOLINI QANCHALIK ULUG'LASAK KAM

#Piskent_tumani

muxbir: Elyor Go‘ro‘g‘liyev

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qishloq_ayoli_kuni

15-oktabr  -  Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Musiqa va san'at maktabida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Piskent tumanidagi har sohada ilg‘or va faol ayollari taklif etilgan.

Tadbirda mahallalarda turli mehnat turlari bilan shug‘ullanayotgan, tadbirkor va hunarmand ayollar o‘z ko‘rgazmalarini namoyish etdilar. Shuningdek, "Oqila ayollar" harakati yetakchilari ijrosida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qabul

An'anaga ko‘ra, bugun tuman hokimi Rahimjon Rixsiyev murojaatchi fuqarolar uchun ommaviy qabul o‘tkazdi.

Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan qabulda mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 19 nafar fuqaro o‘zini qiynagan masalasi bilan qatnashdi. Shuningdek, hokim o‘rinbosarlari, kommunal soha mutasaddilari, tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Muloqot jarayonida ichki yollar ta'miri, elektr ta'minoti, uy-joy uchun subsidiya, tadbirkorlik uchun kredit, kommunal to‘lovlardan qarzdorlik va salomatlikni tiklash bilan bog‘liq murojaatlar qabul qilindi.

R.Rixsiyev murojaatlar mazmuniga ko‘ra, qonuniy yechim topishi uchun mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriq berib, ijrosini nazoratga oldi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi