PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Milliy_kurash

Mahallalardagi milliy kurash bellashuvlarida eng kuchlilar saralandi

Piskent tumani qadimdan kuragi yer iskamagan polvonlar yurti hisoblanadi. "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumida milliy kurash sport turi bo‘yicha bellashuvlarida ham mahalliy yosh polvonlarimiz faol qatnashishdi.

Sport musobaqalarida yoshlar 2 xil yosh ( 16-21 hamda 22-26) va 3 ta vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdilar. Mazkur musobaqalarning mahalla bosqichi g‘oliblari endi sektor bosqichi birinchiligi uchun bellashishadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Aholi salomatligini saqlash har doim davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan.

Ona va bola salomatligi, yuqumli kasalliklarga qarsh kurash borasidagi ishlar muntazam nazorat etiladi. Tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Mirsoatova hamda tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori M.Qodirova tumandagi shifoxonalarda nazorat tadbirlari olib borishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Murojaatlar bilan ishlovchi xodimlarning malakasi oshiriladi

Hukumat qarori bilan (582-son, 07.10.2022 y.) “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi” nizom tasdiqlandi.

🔰 Qarorga ko‘ra, murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning malakasini oshirish va o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri, murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish ko‘nikmalarini o‘rgatish hisoblanadi.

🗓 Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish har 3 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.

Xodimlar malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ularni malaka oshirishga yuborgan tashkilotning hisobidan qoplanadi.

Malaka oshirish kursida o‘qitish vaqti 12 soatni tashkil etadi.

📁 Malaka oshirish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

▫️taʼlim muassasasi va uning filiallarida o‘qitish;
▫️xodimlarning ish joyida o‘qitish;
▫️masofaviy taʼlim orqali o‘qitish.

📝 Malaka oshirish kurslari o‘quv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) bo‘yicha sinov imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ta'lim
#Nazorat

Maktablarda ta'lim sifati va samaradorligi qay darajada?

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev boshchiligida 8-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatda xalq ta'limi muassasalari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.

Piskent tumanida ta'lim sifati qay darajada? Maktablar faoliyati zamon talablariga javob beradimi?
Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Sultanbekov tumanimiz ta'lim muassasalarida bo‘lganida, aynan shu jihatlarga e'tibor qaratgandi.

🔰Batafsil o‘qish

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

Piskent tumanida Lolaariq, Fayzobod, Oqtepa, Qirqqizobod, Zominovul va Oqtom mahallalari aholisi suyultirilgan gaz bilan ta'minlanadi.

📌Suyultirilgan gaz isteʼmolchilari jami 2048 tani tashkil etadi.                                    

🧯Ulardagi mavjud 2965 ta maishiy gaz ballonlarining 2941 tasi “Piskenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan foydalanishga topshirilgan. Qolgan 24  donasi esa aholining shaxsiy gaz ballonlarini tashkil etadi.

🚚 Joriy yilning boshidan hozirga qadar 238.740 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.

Isteʼmolchilarning barchasiga ID-karta tarqatilib, maishiy gaz ballonlarga maxsus bar-kodli yorliqlar yopishtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент дзюдо бўйича жаҳон чемпионатида ҳамюртимиз Давлат Бобонов иштирокидаги финал баҳсини катта завқ ва қизиқиш билан кузатди.

Президент с большим интересом и волнением наблюдал за финалом чемпионата мира по дзюдо с участием нашего соотечественника Давлата Бобонова.

Facebook|Instagram|Twitter