Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy)
734 subscribers
6.52K photos
837 videos
50 files
947 links
Peshku tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Telegram kanali
Murojaat uchun:
👉https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=share&mibextid=NSMWBT
👉https://t.iss.one/Peshku_PTMAbot
Download Telegram
Forwarded from N. Rustamova
🏩 Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab psixologi tomonidan 5- sinfga yangi qabul qilingan o'quvchilar bilan tanishish, do'shtlashish maqsadida "Keling tanishamiz" mavzusida diqqat va xotirani mustahkamlovchi trening mashg'ulotlar o'tkazildi.

Maqsad: o'quvchilarni o'rtasidagi psixologik muhitni yaxshilash, moslashuvchanlik darajasini oshirish, shaxslararo munosabatlarni yo'lga qo'yish!

🌸 Maktab psixologi: N .Rustamova
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barcha oʻquvchilarni, talabalarni va ularning ota-onalarini, shuningdek, muhtaram ustozlarimizni yangi oʻquv yili bilan tabriklayman!📚

——

Поздравляю с новым учебным годом школьников, студентов и их родителей, а также наших уважаемых педагогов!📚
# Peshku_tuman_IM
# "XON ATLAS"_haftaligi

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro viloyati Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN TA`LIM MUASSASALARI AGENTLIGIning 2024 yil 4- sentyabr 02-13-1753-sonli xatiga asosan Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o'tmishi, urf-odat va an'analari, shuningdek, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida "Xon atlas" haftaligi doirasida tadbirlar tashkil etildi.

❇️ Ushbu "Xon atlas" haftaligi davomida ustozlarimiz va o'quvchi-qizlarimiz tomonidan milliy liboslarimiz, urf-odat, an'analarimiz tarannum etildi hamda keng targ‘ib qilindi.

🏢Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz:
https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=share&mibextid=NSMWBT
https://t.iss.one/Peshku_PTMA
#Yutuqlarimiz
#Peshku_tuman_IM

⚡️Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Matematika fani o'qituvchisi Rajabov Kamol Xalqaro SAT imtihonida qatnashib,
1120 ballni qo'lga kiritdilar!


❇️Ustozimizning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

🏢Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz:

https://t.iss.one/Peshku_PTMA
Forwarded from Otabek Hasanov
#Ўғилларга_эслатма

Ўғлим, ҳаётингдаги энг муҳим нарсалардан бири бу - тарбиядир. Сен олий маълумотли, 4 та тилда гаплашишинг ёки катта лавозимда ишлашинг мумкиндир. Бироқ агар сени тарбиянг ва хулқинг билан эгалланган лавозимингга мос бўлмас экансан, демак кўп нарсани йўқотгансан. Илминг сени лавозимга олиб келиши мумкин, бироқ тарбиясизлигинг сени бир кунда лавозимдан тушириб қўяди. Ҳар доим ўз тарбиянг устида ишлашни унутма.

Ўғлим, билгинки омад ўзидан - ўзи келмайди. Унга сабр-тоқат билан бирга, меҳнат ва ижод, изланиш ҳамиша ёнма-ён бўлмоғи лозим. Шундагина сен нимагадир эришишинг мумкин. Сен аввал меҳнат қилишни ўрган, сўнг кутишни, кўпчилик кутиш билан умрини ўтказади.

© Абдурашид Ҳасанов

https://t.iss.one/otabek_khasanov
Forwarded from Otabek Hasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔DIQQAT E’LON🔔

📚 Prezident ta’lim muassalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga, Al-Xorazmiy maktablariga hamda Ixtisoslashtirilgan maktablariga o’qishni xohlovchilar uchun yangilik:
🔝13- sentabr kunidan boshlab matematika fanidan 3-4- sinflar uchun qo’shimcha tayyorlov kurslari tashkil etildi.
Kursimiz quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Mantiqiy fikrlash.
Tanqidiy fikrlash.
Matematika.
Har oyda bir marta imtixon.
🎓Darslarni yuqori malakali, Oliy toifali, Milliy Sertifikat (A+) olgan ustozlar olib borishadi.
🙂Ustozlar: Buxoro tuman Prezident maktabi va Peshku tuman Prezident maktabi ustozlaridan Tursunova Ra’no va Alimuhammedov Jahongir.

🗓 Darslarimiz haftaning juma,shanba va yakshanba kunlari qat’iy rejim asosida olib boriladi.
☎️ 997322344, 997094477
↖️Manzil: Alimuhammedov o’quv markazi. https://yandex.ru/maps/-/CDD67LoD
Diqqat: bu faqat 3-4-sinflar uchun.
Oylik to’lovi 200.000 so’m
Kam ta’minlangan oila va imkoniyati cheklanlanganlar uchun chegirmalar mavjud.
Xohlovchilar faqat tezda aloqaga chiqishlari so’raladi( joylar soni cheklangan)!!!
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (F.E.Jalilov (Peshku tuman IM))
#Peshku_tuman_IM
"KELING_TANISHAMIZ!"

🔰 Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari F.Jalilov, sinf rahbari N.G`aybullayeva tomonidan 5-sinfga yangi qabul qilingan oʻquvchilar bilan tanishuv jarayonlari tashkil qilindi.
Oʻquvchilar oʻzlari haqidagi ma`lumotlar, shuningdek qiziqishlari, kelajakda egallamoqchi bo`lgan kasblari haqida sinfdoshlari bilan o`z fikrlarini oʻrtoqlashishdi.
❇️O`quvchi yoshlarni zamonaviy kasblarga o`qitish maqsadida maktabda tashkil qilingan fan va 5 tashabbus to`garaklari ,xususan Robototexnika, I.T to`garaga alohida to`xtalib o`tildi. To`garak rahbarlari o`z taqdimotlarini qilishdi va faollikka undaydigan, zamonaviy interaktiv metodlardan foydalanib treninglar ham oʻtkazildi.

🏢Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz:
https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=share&mibextid=NSMWBT
https://t.iss.one/Peshku_PTMA