Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy)
732 subscribers
6.34K photos
751 videos
50 files
920 links
Peshku tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Telegram kanali
Murojaat uchun:
👉https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=share&mibextid=NSMWBT
👉https://t.iss.one/Peshku_PTMAbot
Download Telegram
5-"B" sinf nomidan tanlovga ishtirok etgan o‘quvchilar. Barcha o‘quvchilarimizga omad tilaymiz, har doim mana shunday, o‘qishda va tanlovlarda faol ishtirok etishlarini kutib qolamiz. O‘quvchilarimizning ota-onalariga ham katta raxmat👏👏👏
YUTUQLARIMIZ
⚡️⚡️⚡️Peshku Tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf oʻquvchisi Kamolova Kamola Xurshid qizi ona tili va adabiyot fanidan UMUMTA’LIM FANINI BILISH DARAJASI TOʻGʻRISIDA SERTIFIKATni qoʻlga kiritdi.
🎗Boʻlimlar boʻyicha test sinov natijalari:🎗
Tilshunoslik nazariyasi: 16.5
Adabiyot va adabiyot tarixi: 6.6
Oʻqish savodxonligi: 19.8
Lingvistik va badiiy tahlil: 24.8
Yozma savodxonlik: 62.5
Test natijasi: 67.64
Umumiy ball: 65.07
📌Har doim izlanib, oʻz ustida ishlashdan charchamaydigan, tengdoshlari orasida ilmiy salohiyati bilan ajralib turadigan oʻquvchimiz Kamolova Kamolaning qoʻlga kiritgan natijalari tahsinga sazovor.
Oʻquvchimizning keyingi faoliyatlariga omad tilab qolgan holda, maktab jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
#psixologik trening

#Men _O'zbekistonning_ baxtli bolasiman

⭐️ Bugun Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabda maktab psixologi va 5- "B" sinf o'quvchilari bilan navbatdagi psixologik seminar trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

⭐️ Mashg'ulot mavzusi:
"Men O'zbekistonning baxtli bolasiman" mavzusida insho yozish va uni so'zlab berish
⭐️ Trening maqsadi: O'quvchilarimiz xulq atvorida berilgan imkoniyatlarga nisbatan shukronalik hissini yanada oshirish
⭐️ Sinf jamoasi a'zolari o'rtasida sog'lom psixologik muhitni yaratish
⭐️ O'quvchilar orasida o'zaro hurmat va ahillikni targ'ib qilish!

Psixolog: N. Rustamova
#Peshku_tuman_IM
#YUTUQLARIMIZ
Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 4 nafar oʻquvchilari ona tili va adabiyot fanidan Milliy Sertifikatlarni yuqori ball va darajalar bilan qoʻlga kiritishdi.
📍11- sinf oʻquvchilari:
• Kamolova Kamola Xurshid qizi
Umumiy toʻplagan bali: 65.07
Umumiy ballga nisbatan foiz koʻrsatkichi: 100%
Sertifikat darajasi: A
• Halimova Mumtozbegim Yodgor qizi
Umumiy toʻplagan bali: 61.17
Umumiy ballga nisbatan foiz koʻrsatkichi: 94.11%
Sertifikat darajasi: B+
• Narzullayeva Shohida Muhammad qizi
Umumiy toʻplagan bali: 55.05
Umumiy ballga nisbatan foiz koʻrsatkichi: 84.69%
Sertifikat darajasi: B
📍9-sinf oʻquvchisi:
• Baxshilloyeva Nigina Bahodir qizi
Umumiy toʻplagan bali: 58.66
Umumiy ballga nisbatan foiz koʻrsatkichi: 90.25%
Sertifikat darajasi: B
📌Ushbu mashaqqatli yoʻlda oʻquvchilarimizga hamrohlik qilgan ustozlari va ota-onalariga alohida minnatdorchilik bildiramiz!
🎗Siz maktabimiz faxrisiz- doimo oʻz ustingizda ishlab, yuqori marralarni zabt etishingizga tilakdoshmiz!
#Peshku_tuman_IM
#YUTUQLARIMIZ
Maktabimiz faxri - 11- sinf oʻquvchisi Kamolova Kamola Xurshid qizi ingliz tilidan CEFR C1 sertifikati hamda ona tili va adabiyot fanidan A darajali Milliy Sertifikatni 65.07 ball asosida qoʻlga kiritib, muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi.
⚡️Sertifikatlar boʻyicha umumiy 167 ballga ega boʻlgan oʻquvchimiz tanlagan oliy ta’lim yoʻnalishi boʻyicha Respublikamizning barcha oliy ta’lim dargohlarida davlat granti asosida tahsil olish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Kamolova Kamolaga ta’lim berib shu darajaga yetishishiga sababchi boʻlgan ustozlariga, har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan oila a’zolariga va maslahatlarini ayamay toʻgʻri yoʻl koʻrsatgan sinf rahrabiga maktab ma’muriyati nomidan alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Oʻquvchimiz Kamolaning har doim tengdoshlaridan bir qadam oldinda boʻlishiga va oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan marralarni birin-ketin zabt etishiga tilakdoshmiz!
📍Talabalik tomon tashlangan ilk qadam qutlugʻ boʻlsin!
#Peshku_tuman_IM
#YUTUQLARIMIZ
Maktabimiz faxri - 11- sinf oʻquvchisi Halimova Mumtozbegim Yodgor qizi ingliz tilidan IELTS 5.5 sertifikati hamda ona tili va adabiyot fanidan B+ darajali Milliy Sertifikatni 61.17 ball asosida qoʻlga kiritib, muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi.
⚡️Sertifikatlar boʻyicha umumiy 163 ballga ega boʻlgan oʻquvchimiz tanlagan oliy ta’lim yoʻnalishi boʻyicha Respublikamizning barcha oliy ta’lim dargohlarida davlat granti asosida tahsil olish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Halimova Mumtozbegimga ta’lim berib shu darajaga yetishishiga sababchi boʻlgan ustozlariga, har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan oila a’zolariga va maslahatlarini ayamay toʻgʻri yoʻl koʻrsatgan sinf rahrabiga maktab ma’muriyati nomidan alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Oʻquvchimiz Mumtozbegimning har doim tengdoshlaridan bir qadam oldinda boʻlishiga va oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan marralarni birin-ketin zabt etishiga tilakdoshmiz!
📍Talabalik tomon tashlangan ilk qadam qutlugʻ boʻlsin!