Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy)
749 subscribers
6.69K photos
910 videos
51 files
968 links
Peshku tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Telegram kanali
Murojaat uchun:
👉https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=share&mibextid=NSMWBT
👉https://t.iss.one/Peshku_PTMAbot
Download Telegram
Forwarded from ECO KOORDINATOR(Rayimova Nigina Bobo-nazarovna) (Nigina Bobo-Nazarovna 니기나)
#Buxoro_Prezident_maktabi
#Seminar_
#3_kun

"ZAMONAVIY MAKTAB LIDERLAR NIGOHIDA"

Bugun Buxoro viloyati Peshku tuman Ixtisoslashtirilgan maktabda "LIDERLAR HAFTALIGI" seminar-treningining uchinchi kuni davom etmoqda.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi

ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA QISQACHA

✔️Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

✔️Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan.

✔️Tarixchi Mirxond “Ravzat us-safo” asarida yozishicha, Amir Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh bo‘lgan.

✔️Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asarini yoddan bilganlar.

✔️7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan.

✔️Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.

✔️Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan.

✔️Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan “ikki tilli” shoir sifatida tanilgan.

✔️Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.

✔️Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi.Shoirning forsiy she’rlar to‘plami “Devoni Foniy” deb nomlangan.

✔️Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.

✔️Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan.

✔️Navoiy turkiy tilidagi ilk “Xamsa" ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.

✔️Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.

✔️Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etadi.
Forwarded from Назарова Чарос
#Peshku_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi  #Zahriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

✍️Navoiy hamda 🔱 Bobur gʻazallari adabiyotimiz gavhari hisoblanadi. Bu buyuk bobokalonlarimizning xotirasi hamisha yodimizdadir.

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Peshku tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan ma’naviy kecha Navoiy hamda Bobur xotirasiga bagʻishlandi.

🔹Kechada Navoiy hamda Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.



🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=sharehttps://t.iss.one/Peshku_PTMA
Forwarded from Назарова Чарос
🏫 Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tarix fani õqituvchisi Hamidov Dilshodning 10- sinf õquvchilari bilan Õzbekiston tarixi fanidan "Establishment of the governmental system of Soviet Union in Turkistan" mavzusida bir soatlik ochiq dars tashkil qilindi. Darsni õqituvchi ingliz tilida olib bordi.

Darsning barcha bosqichlari ingliz tilida tashkil etildi.

Dars tahliliga maktab maslahatchisi N. Bobomurodova va ustozlar ishtirok etishdi.

💻 Bizni kuzatib boring:👇👇👇
https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=sharehttps://t.iss.one/Peshku_PTMA
Sun'iy intellektga qiziqasizmi? Unda bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

💥 AI REWIND2022 — O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirishning yil yakunlari sarhisobiga bag'ishlangan keng miqyosdagi tadbirdir. Tadbirda mazkur sohadagi yetakchi IT-kompaniyalar, jumladan, Alif Tech, Uzum, Billz, Iman Invest, Uztelecom, Ucell, Mobiuz va boshqa IT kompaniyalar vakillari ishtirok etadilar.

Sun'iy intellekt texnologiyalari ko'rgazmasi, ma'ruzalar, soha vakillari bilan muloqot - barchasi bir joyda va faqat bir kunda!

🗓 Sana: 18.02.2023
⚡️ Vaqti: 10:00 dan 18:00 gacha
📌 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti
💰 Narxi: bepul

❗️Bot orqali ro'yxatdan o'ting!
👉 @mlcEventsBot

——————
Tadbir haqida barcha ma'lumotlar ushbu kanalda: @ml_iut_club
Forwarded from Назарова Чарос
🏫 Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Oliy toifali ona tili va adabiyot fani õqituvchisi, 7-"A" sinf rahbari Usmonova Husniyaning tarbiyaviy soat darsidan fotolavhalar.

Darsda õquvchilarga "Suyaklarning sinishi va chiqishi hollarida birinchi yordam kõrsatish" mavzusida ma'lumotlar berildi.

Õquvchilarga bu mavzu juda katta qiziqish uyğotdi va kasbga bõlgan mehr ham ortdi.

💻 Bizni kuzatib boring:👇👇👇
https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=sharehttps://t.iss.one/Peshku_PTMA
Forwarded from Назарова Чарос
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#CHELLENJ

Peshku tuman ixtisoslashtirilgan makabining 7-sinf o'quvchisi Ibrohimova Feruzaning Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab tayyorlagan video roligi.

🔻 Bizni kuzatib boring:https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=sharehttps://t.iss.one/Peshku_PTMA
Forwarded from Назарова Чарос
🏀 Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Bugun 7-sinf qiz bolalar õrtasida jismoniy tarbiya fani õqituvchisi Jõrayev Jõrabek tomonidan Basketbol sport turi bõyicha musobaqa tashkil qilindi.

🏆 Musobaqa quyidagi natija bilan yakunlandi:
🥇 7-"A" sinf
🥈 7-"B" sinf
🥉 7-"D" sinf

Bizni kuzatib boring:
https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=sharehttps://t.iss.one/Peshku_PTMA