@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
180 subscribers
15.4K photos
1.22K videos
4 files
6.14K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
Toshkent viloyatidagi o‘rganishlar davom etmoqda

Kecha partiyaning Chirchiq shahri, Parkent va Bustonliq tuman Kengashlari faoliyatini o‘rgangan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjanova boshchiligidagi ishchi guruh bugun Yuqori Chirchiq, Bekobod va Pskent tumanlari hamda Bekobod shahrida bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
“Siyosiy partiyalar faoliyati samaradorligini oshirishda deputatlarning o‘rni”

Ayni paytda partiya Markaziy kengashida “Siyosiy partiyalar faoliyati samaradorligini oshirishda deputatlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

Partiyadan Toshkent viloyati kengashlariga saylangan hududiy Kengash deputatlari ishtirokida o‘tayotgan davra suhbatida deputatlar masʼuliyatini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjanova boshchiligidagi ishchi guruhning Toshkent viloyatidagi o‘rganishlari natijalari tahlil qilinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Maqsad kamchilik topib, kimnidir aybdor qilish emas

Tadbirda partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjanova Markaziy kengash ishchi guruhi bir necha kundan buyon partiyaning Toshkent viloyati, tuman va shahar Kengashlari faoliyatini o‘rganayotganini taʼkidladi.

– Partiyaning Toshkent viloyatidagi hududiy kengashlari, ayrim deputatlar faoliyatida ham ko‘plab kamchiliklar aniqlandi, – dedi F.Muhammadjanova. – Ammo o‘rganishlardan maqsad kamchilik topib, kimnidir aybdor qilish emas. Aksincha, aniqlangan kamchiliklarni tezroq bartaraf etishda partiya xodimlariga yordam ko‘rsatish, tajriba almashishdir. Deputatlarga faoliyatni yanada jonlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
"Hamkorlikda ijobiy natijalarga erishyapmiz"

Davra suhbatida Bo‘stonliq tuman Kengashi deputati, Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi Shoira Xudoyberganova ham so‘zga chiqib, gender tenglikni taʼminlash borasida Bo‘stonliq tumanida amalga oshirilayotgan masalalarga to‘xtaldi.

– Bu borada tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boryapmiz va bu o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatyapti. Albatta, bu borada partiyamizdan saylangan erkak deputatlarimizning yordami katta bo‘lyapti, – dedi Sh.Xudoyberganova.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
📌 Deputat va yoshlar

#Toshkent_viloyati
#Bostonliq_tumani
#Deputat_yoshlar
#Yoshlar_qanoti

🔰 O’zMTDPdan Xalq deputatlari Bo’stonliq tumani Kengashiga 12-"Gazalkent" saylov okrugidan saylangan deputat F.Axmedov va partiya tuman Kengashi a’zolari bilan birgalikda 3-umumtalim maktabi binosida "Muvaffaqiyatga erishish sirlari g’oyasini o’zida mujassam etgan" mavzusida "Deputat va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

♻️ Uchrashuv orqali ushbu maktabning yuqori sinfida tahsil olayotgan va bu yil maktabni tamomlash arafasida turgan bilimga chanqoq yoshlarning deputat F.Axmedovning erishgan yutuqlari, uning tadbirkorlik yo’nalishi bo’yicha muvaffaqiyatga erishish sirlari hamda yuqori cho'qqilarga erishishda qilgan mehnatlari bo’yicha deputat bilan yoshlar o’rtasida savol-javoblar qilinib, tegishli javoblar va maslahatlar olindi.

Uchrashuvda deputat va tadbirkor F.Axmedov yoshlarga erishgan yutuqlari va tadbirkorlik yo’lidagi zafarlarga erishish sirlari bilan o’rtoqlashdi. Uchrashuv yakunida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan yoshlarga deputat tomonidan tavsiyalar va maslahatlar berildi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️ O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
🔰 Deputat yoshlar murojaatlarini o'rganmoqda

#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahar
#Deputat_yoshlar
#Yoshlar_qanoti

♻️ O‘zMTDP Bekobod shahar Kengash deputati R. Jamalov va shahar prokurori J.Muratov bilan birgalikda "Ma’rifat MFY "Salomat" ko‘chasida yashovchi S.Almatovning murojaati bo‘yicha xonadonga tashrif buyurishdi.

Murojaatda S.Almatov yashash sharoiti og‘irligi, tadbirkorlikni boshlash uchun mablag‘i yo‘qligi ma’lum qilingan. Deputatlar ahvolni o‘rganib, Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi “Yoshlar jamg‘armasi”dan subsidiya asosida aprel oyi davomida inkubator olib berishga kelishishdi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️ O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
🔔 Ijodiy uchrashuv o'tkazildi

💫 O’zMTDP Chinoz Kengashi tomonidan Chinoz tumanidagi 14-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida pedagogika fanlari doktori, professor Qunduzxon Husanboyeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga tuman maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari hamda kutubxonachilari, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari Vazira Erakayeva, tuman Xalq ta’limi bo‘limi uslubchisi Alijon Boltaboyev ishtirok etdilar.
✔️Uchrashuvda 40-maktab muallimasi, O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi Ra’no Fozilova, 2-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Bibimashrab Isoqova Qunduzxon Husanboyevaning adabiyot o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan kitoblari bo‘yicha fikrlarini bildirdilar.
📚Mazkur ijodiy kecha davomida Qunduzxon Husanboyeva muallimning o‘qitish metodidagi yangi uslublar bo‘yicha ma’ruza qildi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil