@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
180 subscribers
15K photos
1.18K videos
4 files
5.98K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
#live

Saylovchi manfaati doimo birlamchi

Xabar qilinganidek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdagi Plenumi bo'lib o'tmoqda. Unda partiya hamda fraksiyaning 2023-yil 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy ko‘rib chiqilyapti.

Yig‘ilishda partiyaning Saylovoldi dasturidan joy olgan vazifalar ijrosi, joylarda olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinyapti, galdagi vazifalar belgilanyapti. Xususan, partiya faoliyatini raqamlashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi rejalar muhokama qilinmoqda.

Partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirovning taʼkidlashicha, erishilgan natijalar o‘z yo‘liga, asosiy maqsad saylovchini o‘ylantirayotgan hayotiy masalalarga yechim topishdir. Boshqacha aytganda barcha harakatlarimizda saylovchi manfaati doimo birlamchi bo‘lishi lozim.

🌐 MTDP | Telegram
#Toshkent_viloyati
#Bostonliq
#Yoshlar_qanoti
#Ayollar_qanoti

🔰 "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Boʻstonliq tumani Kengashi hamda tuman 2-kasb-hunar maktabi bilan 21- oktabr- Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan "Qadringni baland tut— ona tilim" mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda partiya “Yoshlar qanoti” faollari, kasb-hunar maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida tumani Kengashi raisining “Xotin-qizlar va oila masalalari” boʻyicha oʻrinbosari Shoira Miraxmedova tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, tilimizning boyligi, til - maʼnaviyat koʻzgusi ekanligi, uni asrab- avaylashimiz zarurligi haqida oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.

♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahar
#Yoshlar_qanoti
#Ayollar_qanoti

ONA TILIM — IFTIXORIM

📚 "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Bekobod shahar Kengashi tomonidan shahardagi 8- umumtaʼlim maktabida 21- oktabr- "Oʻzbek tili bayrami kuni" ga bagʻishlangan "Ona tilim - iftixorim" mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
📘
Tadbirda Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati Sayyora Ergasheva hamda partiya faollari ishtirok etdi.
📘Tadbirda deputat S. Ergasheva yigʻilganlarni bayram bilan tabriklab, tilimizning boyligi, til - maʼnaviyat koʻzgusi ekanligi, uni asrab- avaylashimiz zarurligini taʼkidladi.

♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati

📌OKTABR – “O‘zbek tili va adabiyoti oyligi”

Adabiyot - atomdan kuchli, lekin uning kuchini o'tin yorishga sarflamaslik kerak.

✍️Abdulla Qahhor


♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 O'zbekiston24 telekanali

Partiya Markaziy kengashining Plenumi haqida lavha

🌐 MTDP | Telegram
#Toshkent_viloyati
#Parkent_tuman
#Yoshlar_qanoti

TIL-MILLAT FAXRI

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Parkent tumani Kengashi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda 21-oktabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan "Til-millat faxri" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi Qodirjon Turg'unov so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabriklab, partiyamiz tomonidan o‘zbek tili nufuzini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, saylovoldi dasturida ilgari surilgan vazifalarga to'xtaldi.

♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati
#Yoshlar_qanoti
#Ayollar_qanoti

OKTABR — O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI" OYLIGI


📘"Milliy tiklanish" demokratik partiyasining saylovoldi dasturida Oktabr- "O‘zbek tili va adabiyoti" oyligi doirasida partiya viloyat Kengashi O'rta Chirchiq tuman hokimligi xodimlari va aholi bilan so'rovnoma o'tkazildi.


♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
TelegramlFacebooklInstagraml YouTube