@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
181 subscribers
15.6K photos
1.23K videos
4 files
6.2K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
#Toshkent_viloyati

TAVALLUD AYYOM MUBORAK!

🔹Bugun O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent viloyati Bo’stonliq tuman Kengash deputati Fatxulla AXMEDOVning tavallud kuni!

🔹O‘zMTDP  Toshkent viloyati Kengashi jamoasi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan tabriklaymiz!  Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt-saodat hamda Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirish yo'lidagi sharafli, mas'uliyatli kasbingizda omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent viloyat Kengashi jamoasi
#Toshkent_viloyati_chirchiq

BUYUKLAR AZIZDIR HAR ON!


🔹Chirchiq shahar Kengash deputati Dono MASHARIPOVA 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Adabiyot haftaligi" doirasida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Buyuklar azizdir har on" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirida ishtirok etib, yig’ilganlarga bugungi kunda Navoiy merosi dunyo olimlari tomonidan o’rganilib, nomini abadiylashtitish uchun ilmiy muassasa nomlari, shahar va ko’chalarga nomi berilganligi haqida ma’ruza qildi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_parkent

NAVOIY -BUYUK SIYMO


📚Soʻz mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiyning 584 yilligi munosabati bilan Parkent tuman Kengashi deputati Abduzarif MANNONOV tashabbusi "Navoiy - buyuk siymo" nomli tadbir 49-umumta’lim maktabida o’tkazildi.
🔹Tadbirda o’quvchilar o’rtasida savol-javob va g’azallar aytish kabi bellashuvlar bilan o’tdi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_chinoz

MAXMUDXO’JA BEHBUDIY SO’NMAS YULDUZ


🔹Chinoz tumani Nuroniylar maskanida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan “Maxmudxo‘ja Bexbudiy so‘nmas yulduz” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Xalq deputatlari Chinoz tumani kengashi deputatI Surayyo AXMEDOVA ishtirok etib, yig’ilganlarga buyuk mutaffakirning bosib o‘tgan xayot yo‘li, ijodiy faoliyati haqida ma’ruza qildi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_piskent

NAVOIYDAN NAVO IZLAB


🔹PIiskent tuman Kengashi deputatlari MARHABO QURBONOVA va ZILOLA IBROHIMOVA Toshkent viloyati Piskent tumani 1-IDUMning eng faol zukko o'quvchilari va maktab sardorlari tomonidan "Navoiydan navo izlab" nomli buyuk mutaffakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlangan navbatdagi tadbir namoyishida ishtirok etdilar. 🔹Tadbirda A.Navoiyning g'azallarini o'quvchilar yuksak mahorat ila ijro etishdi. Shoirning g'azallari nafaqat o'zbek tilida balkim fors-tojik tilida, ingliz tillarida ijro etildi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_olmaliq

SHARQNING IKKI BUYUK DAHOSI


🔹Olmaliq shahar Kengashi deputati Sevara QODIROVA tashabbusi bilan buyuk siymolar Alisher Navoiy va Bobur tavalludiga bag’ishlab “Sharqning ikki buyuk dahosi” nomli ma’naviy-madaniy tadbir o’tkazildi.
🔹Tadbir doirasida shoirlarning hayot yo’li va madaniy merosi haqida ma’ruzalar qilindi hamda o’quvchilar tomonidan badiiy chiqishlar tadbirga ko’tarinki kayfiyat bg’ishladi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_zangiota

DEPUTAT VA MAHALLA


🔹Zangiota tuman Kengashi deputati Maxmud NAZAROV “Obod to‘qmachi”mahallasida bo’lib, mahalla yettiligi bilan uchrashdi.

🔹Suhbat jarayonida mahalla mas’ullari katta avtomobil yo‘lini ta'mirtalab holga kelib qolganligi oqibatida 471-sonli avtobus qatnovi oralig’i qisqargani aholiga noqulayliklar tug’dirayotgani, xonadonlardagi kadastr muammolari, mahalla hududidagi dala hovlilar sababli yuzaga kelayotgan muammolar, ayrim ko‘chalardagi elektr tayanch  ustunlarining yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli beton ustunlarga almashtirish kerakligi kabi muammolar aniqlandi.

🔹Muammolar yuzasidan deputat va MFY faollari tegishli tashkilotlar bilan bog’lanib, ijobiy yechim ko’rsatishga kelishib oldilar.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_bekobodshahar
BUYUKLARGA EHTIROM


🔹Ayni kunlarda ikki buyuk shoirning tavalludiga bag’ishlab o’tkazilayotgan tadbirlar keng nishonlanmoqda.

🔹Bekobod shahar Kengashi deputati Rustam QAYUMOV 1-umumta’lim maktabida “Buyuklarga ehtirom” nomli tadbirda ishtirok etib, shoirlarning madaniy merosimizga qo’shgan ulkan hissalari haqida ma’ruza qildi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_yuqorichirchiq

IKKI BUYUK SIYMO


🔹Navoiy va Bobur xalqimizning benazir shoirlari. Ikkisi ham adabiyot, davlat boshqaruvi va madaniyat rivojiga ulkan hissa qo’shgan.
🔹Toshkent viloyati Kengashi deputati Danagul XIBRAYEVA Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan 14-umumta’lim maktabida “Ikki buyuk siymo” mavzuiga bag’ishlab o’tkazilgan bilimdonlar bellashuvida ishtirok etdi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_oqqorgon

PARTIYA TARG’IBOTI


Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tuman Kengashi deputati Ravshan SULTONOV o’zi saylangan 21-Xalqabod okrugi fuqarolari bilan targ’ibot tadbiri o’tkazdi.

Deputat aholiga siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi muhim o'rni, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining maqsad va vazifalari, deputatlik vakolatlari, xalq oldidagi majburiyatlari haqida qisqacha ma’ruza qildi.

Deputat “Milliy tiklanish partiyasi tarbiya va ta’lim o’zaro mutanosibligini, bir-birini to’ldiruvchi jarayon ekanligini natijasi esa vatanparvar, barkamol avlod voyaga yetishini qo’llaydi” deydi o’z nutqida.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube