@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
278 subscribers
18.1K photos
1.47K videos
4 files
7.24K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
#live

Nizoni faqat sudlar orqali hal etish shart emas


Yig‘ilishda nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o'qishda muhokama qilindi.

Mediatsiya, bu – nizolarni sudgacha xolis, manfaatdor bo‘lmagan uchinchi bir tomon yordami bilan, yaʼni mediator ishtirokida hal etish shaklidir.


Yevropa davlatlarida nizoli holatlarning 70-80 foizi shu yo‘l bilan hal etiladi. O‘zbekistonda esa 2018-yildan boshlab mediatsiya instituti joriy etilgan bo‘lsada, bu ko‘rsatkich atiga 4,2 foizni tashkil qiladi, xolos.

MTDP | Telegram
👍1
#live

❗️E'lon!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Yalpi majlis Qonunchilik palatasining youtubedagi sahifasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.

MTDP | Telegram
👍1
#live

Yalpi Majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya tuzilib, Komissiya a'zolari tarkibi va uning raisi tasdiqlandi.

Komissiya raisi lavozimiga "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Shahnoza Joldasova nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan qo'llab-quvvatlanib, ma'qullandi.

Komissiya:
Parlament bilan yoshlar qatlami hamkorligini yanada kuchaytirish;
Qonunlarda yoshlar manfaatlarini ilgari surish;
Yoshlar salohiyatini ro’yobga chiqarishga ko’maklashishni maqsad qilgan.


MTDP | Telegram
👍1
#live

Yoshlar oltin fond - Ona yurt kaftidagi xazina

Ochiq muloqotda Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan uchrashuvidagi takliflari nafaqat uchrashuvda ishtirok etganlar, balki butun O‘zbekiston yoshlari hayotida tarixiy va esda qolarli kun bo‘lganligi qayd etildi. Shu bilan birga mazkur tashabbuslarni amalga oshirishda yoshlar munosib hissa qo'shish kerakligi borasida takliflar bildirildi.

– Davlatimiz rahbarining sizlarga “Yoshlar xalqimizning, Vatanimizning oltin fondi”, deya bildirgan ishonchi - bu katta masʼuliyatdir. Shundan kelib chiqqan holda har bir yosh tengdoshlariga katta ko‘makchi, davlat va jamiyat hayotida asosiy tashabbuskor hamda partiya g‘oya va maqsadlarini amalga oshirishda faol yetakchilar qatorida bo‘lishingiz lozimligini anglatadi, – dedi partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova.


MTDP | Telegram
👍1
#live

Bolasini daromad manbaiga aylantirganlar jazolanishi kerak!

Bola huquqlari bo‘yicha vakil – Ombudsman Surayyo Rahmonovaning qayd etishicha, O‘zbekistonda har uchinchi fuqaro bolalar hisoblanadi. O‘tgan yili bolalar huquqi bo‘yicha 1064 ta murojaat bo‘lgan va bu 2023-yilga qaraganda bir necha barobarga ko‘p. Bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 14 ta jinoyat va 18 ta maʼmuriy ishi qo‘zg‘atilgan.

Muhokamada tilanchilik qilayotgan bolalar masalasi ko'tarildi.

Farxod Zayniyev: voyaga yetmagan bolasini daromad manbaiga aylantirib oladiganlarni ota-onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha qonunga o‘zgartirish kiritish lozim.


MTDP | Telegram
#live

Begona tilda tarbiya berish bola huquqi buzilishiga olib kelmayaptimi?

Bolalar ombudsmani maʼruzasi muhokamasida fraksiya aʼzolari bolani bog‘cha hamda maktabning ilk davrida tarbiya va taʼlimning begona tilda berilishi masalasini ko‘tardi.

Alisher Qodirov: to‘g‘ri, bu ota-onaning tanlovi, lekin mazkur holatlar bolalar huquqini buzilishiga olib kelmayaptimi? Ushbu jarayon kelajakda bola uchun bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ham unutmasligimiz lozim.


MTDP | Telegram
#live

Endi xayriya mablag‘i o‘g‘rilari jazolanadi

So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlar orqali tashkillashtirilayotgan xayriya mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish holatlari ko‘paymoqda. Afsuski qonunchilikda bunday shaxslarga javobgarlik belgilanmagan.

Fraksiya yig‘ilishida ana shunday holatlarning oldini olish, yaʼni xayriya mablag‘ini noqonuniy o‘zlashtirganlarga nisbatan javobgarlik belgilashni nazarda tutgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinib, maʼqullandi.


MTDP | Telegram
#live

❗️E'lon!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Yalpi majlis Qonunchilik palatasining youtubedagi sahifasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.

MTDP | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni paytda “Siyosatdagi ayollar: O‘zbekiston tajribasi va global tendensiyalar” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tmoqda

MTDP | Telegram
#live

Oziq-ovqat xavfsizligi "Milliy tiklanish" uchun muhim

Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq qonun 1997-yilda qabul qilingan bo‘lib, bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermay qoldi. Natijada esa bu bilan bog‘liq kasalliklar ko‘payishiga ham sabab bo‘lyapti. Misol uchun, 2018–2022-yillarda ovqatdan zaxarlanish holatlari 284 bor qayd etilgan. Shu bois, ushbu qonun xalqaro talablardan kelib chiqib qayta ishlab chiqildi va fraksiya yig‘ilishida birinchi o‘qishda bir ovozdan ma'qullandi.

Alisher Qodirov: oziq-ovqat xavfsizligi salomatlik bilan bog‘liq ekan, “Milliy tiklanish” bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratadi. Partiyamizning Saylovoldi dasturida xalqimiz genafondini asrash ustuvor masala sifatida belgilangan.


MTDP | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni paytda "Milliy tiklanish" fraksiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tmoqda

MTDP
| Telegram
#live

Qonunchilikda bo‘shliq qoldirilmasligi kerak

Fraksiya yig‘ilishida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Loyihada 14 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish nomusga tegish bilan baravar og‘irlikda jazoga tortish nazarda tutilmoqda. Endi bunday shaxslar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

Fraksiya a'zolari ushbu norma nikoh yoshigacha, ya'ni 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lganlarga qo‘llanilmayotganiga eʼtiroz bildirdi. Qonunchilikdagi mazkur bo‘shliq ertaga bu yoshdagi bolalarga nisbatan bunday holatlar ko‘payishiga sabab bo‘lmaydimi?

MTDP | Telegram
#live

Avvalo muqobili qo‘llanilishi kerak

"Milliy tiklanish" fraksiyasi qonunchilikka kirib kelayotgan xalqaro so‘zlarning o‘rniga avvalo o‘zbekcha muqobilini qo‘llash yoki izohi bilan berishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Navbatdagi qonun loyihasida ham ushbu tashabbus o’z kuchini ko’rsatdi.

Jumladan, fraksiya taklifi bilan ayrim xo‘jalik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi hamda majoritar aksiyadorlarining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan qonun loyihasidagi “majoritar” so‘zi "hal qiluvchi ovozga ega" izohi bilan beriladigan bo‘ldi.


MTDP | Telegram