@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
180 subscribers
15.4K photos
1.22K videos
4 files
6.14K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
📌 Kumushkon turistik qishlog‘ida o'rganishlar olib borilmoqda

#Toshkent_viloyati
#Parkent_tumani
#Turizm

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1053-sonli qaroriga binoan Toshkent viloyatida turizm “Oltin xalqa” konseptsiyasini amalga oshirish istiqbolli hududlarning yangi turizm yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bog‘liqlikda rivojlantirish, turistlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, taklif etiladigan turizm mahsulotlari turlarini kengaytirish, turizm sohasida aholi bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan, konseptsiya doirasida Parkent tumani bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

🔔 Jumladan «Kumushkon turistik qishlog‘i»ni toza ichimlik suv bilan ta’minlash ishlari o‘z nihoyasiga yetmagan, 4 km tungi chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha dasturga kiritilgan, lekin 2 km tungi chiroqlar o‘rnatilgan, ichki ko‘chalar to‘liq asfaltlash ishlari yakuniga yetmagan.

♻️ Ushbu kamchiliklar yuzasidan ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi hamda tegishli tashkilot, korxona va idoralarga yuborildi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️ O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
📌 ISHCHI GURUHI TOSHKENT VILOYATIDA

#Toshkent_viloyati

🔔 “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashida tuzilgan ishchi guruh hududlarda bo‘lib, partiya maqsad va vazifalari, g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, faollar, deputatlarning aholi muammolari bilan ishlash, hal etishdagi faolligini oshirish borasida qilingan ishlar bilan tanishmoqda.

♻️ Jumladan, ishchi guruhi Toshkent viloyatining bir qator tumanlarida bo‘lib faoliyatni o'rgandi. Markaziy kengash Ijroiya qo'mitasi devoni ma’sul hodimlari U.Safarov hamda D.Izzatulloyevlar partiya Toshkent viloyati Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishib, faoliyatda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar shu bilan bir qatorda erishilgan yutuqlarni e'tirof etdi.

❇️Xususan asosiy jihatlar mahalliy Kengashlar deputatlari va BPTlar faoliyatini yanada jonlantirish, Partiya dasturiy maqsad va vazifalarining joylardagi ijrosi holati yuzasidan tushuntirishlar berdi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️ O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
📌 Ishchi guruhi CHirchiq shahrida

#Toshkent_viloyati
#Chirchiq_shahar

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashida tuzilgan ishchi guruh hududlarda bo‘lib, partiya maqsad va vazifalari, g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, faollar, deputatlarning aholi muammolari bilan ishlash, hal etishdagi faolligini oshirish borasida qilingan ishlar bilan tanishmoqda.

♻️ Jumladan, partiya Markaziy Kengashi raisining Xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari bo’yicha o’rinbosari Feruza Muxamedjanova boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining bir qator tumanlarida bo‘ldi. Jumladan Chirichiq shahar Kengashi faoliyatini tanqidiy-tahlil qilib, asosiy e'tiborni partiya safiga yangi a'zolar qabul qilish, xayrihohlar sonini oshirish borasidagi ishlarga qaratishni ta'kidlab o'tdi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil
Ishchi guruhi Toshkent viloyatida

“Milliy tiklanish”
demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjanova boshchiligidagi ishchi guruhning Toshkent viloyatida o‘rganishlari boshlandi.

Ishchi guruh ikki kun davomida partiyaning tuman va shahar Kengashlarida bo‘lib, hududiy kengashlar va deputatlik guruhlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyati bilan tanishadilar. “Ayollar va yoshlar qanot”lari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ish hujjatlarining yuritilishini ko‘rib chiqadilar.

Albatta, o‘rganishlarda asosiy eʼtibor partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari, jumladan, Davlatimiz rahbarining taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan vazifalar ijrosi, Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlarga qaratiladi.

Ishchi guruh ayni paytda Chirchiq shahri, Parkent va Bo‘stonliq tumanlarida bo‘lib turibdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Toshkent viloyatidagi o‘rganishlar davom etmoqda

Kecha partiyaning Chirchiq shahri, Parkent va Bustonliq tuman Kengashlari faoliyatini o‘rgangan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjanova boshchiligidagi ishchi guruh bugun Yuqori Chirchiq, Bekobod va Pskent tumanlari hamda Bekobod shahrida bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
“Siyosiy partiyalar faoliyati samaradorligini oshirishda deputatlarning o‘rni”

Ayni paytda partiya Markaziy kengashida “Siyosiy partiyalar faoliyati samaradorligini oshirishda deputatlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

Partiyadan Toshkent viloyati kengashlariga saylangan hududiy Kengash deputatlari ishtirokida o‘tayotgan davra suhbatida deputatlar masʼuliyatini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjanova boshchiligidagi ishchi guruhning Toshkent viloyatidagi o‘rganishlari natijalari tahlil qilinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Maqsad kamchilik topib, kimnidir aybdor qilish emas

Tadbirda partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjanova Markaziy kengash ishchi guruhi bir necha kundan buyon partiyaning Toshkent viloyati, tuman va shahar Kengashlari faoliyatini o‘rganayotganini taʼkidladi.

– Partiyaning Toshkent viloyatidagi hududiy kengashlari, ayrim deputatlar faoliyatida ham ko‘plab kamchiliklar aniqlandi, – dedi F.Muhammadjanova. – Ammo o‘rganishlardan maqsad kamchilik topib, kimnidir aybdor qilish emas. Aksincha, aniqlangan kamchiliklarni tezroq bartaraf etishda partiya xodimlariga yordam ko‘rsatish, tajriba almashishdir. Deputatlarga faoliyatni yanada jonlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube