@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
180 subscribers
15.3K photos
1.2K videos
4 files
6.08K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
🔰 Muammoning katta-kichigi bo‘lmaydi

#Toshkent_viloyati
#Chinoz_tumani
#Deputat_faoliyati
#Sayyor_qabul

Chinoz tumanidagi “Qir” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Chinoz tuman kengashiga 12-"Ohunboboyev" saylov okrugidan saylangan deputat Yigitali Ruzaliyev tomonidan saylovchilari o‘rtasida “Sayyor qabul” o‘tkazildi.

✔️Mazkur qabulda O‘zMTDPdan saylangan tuman Kengashi deputatlari Y.Ruzaliyev, O.Isoqov, partiya ijrochi kotibi D.Prosvirina, tumandagi “Qir”, “Soxibkor” mahallasi hokim yordamchilari, yoshlar ishlari agentligi vakillari, umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlari, mahalladagi IIB noziri O.Xasanov, tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari, shuningdek, mahalla ahlidan iborat 60 nafardan ziyod kishi ishtirok etdi.

🔔 “Sayyor qabul”ni “Qir” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi X.Yo‘ldoshev ochib, ishtirokchilarga qabul ma’sullarini tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng tuman Kengashi deputati Y.Ruzaliyev so‘z olib, 2021 yildagi ish faoliyati bilan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirib o‘tdi.

✍️Fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar soni, ularning yechimi, murojaatlar yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari ijrosi, so‘rovlar natijasida amalga oshirilgan ishlar ma’lumoti, tuman Kengashi sessiyalarida mazkur deputatlar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar va shu kabi qilingan ishlar ishtirokchilarga hisobot tariqasida eshittirildi. Shuningdek, 2022 yil 1 choragi davomida qilingan ishlar hisoboti, qilinadigan ishlar rejalari bilan tanishtirdi. Yig‘ilish davomida fuqarolar tomonidan murojaatlar, talab va takliflar bildirildi.

☑️Jumladan, Chinoz tumani “Qir” MFY, Paxtakor ko‘chasi, 6-uyda yashovchi fuqaro Aropat Muqimova xonadoni hududidan elektor transformatorni boshqa joyga ko‘chirish yoki atrofini o‘rashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Murojaat yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputat so‘rovi bilan chiqilishi tushuntirildi.

🔸 “Soxibkor” MFY, Sarisuv ko‘chasida yashovchi fuqaro Nuriddin Toshev ko‘chada o‘rnatilgan beton ustunlarga sim o‘tkazishda yordam so‘ragan. Murojaat yuzasidan tuman kengashi deputati Y.Ruzaliyev javob berib, sim o‘tkazish ishlari aprel oyi davomida amalga oshishini tushuntirib o‘tdi.

📝 “Qir” MFY, Navro‘z ko‘chasi, 5-uyda yashovchi fuqaro Murodilla Badiyev ko‘chaga tosh, shag‘al yotqizishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Murojaat yuzasidan tuman “Obodonlashtirish” bo‘limi rahbari F.Xidirov javob berib, tosh, shag‘al yotqizish ishlari joriy yilning aprel oyi davomida amalga oshishini aytib o‘tdi.

📑 Qolgan murojaatlarning aksariyati shu joyning o‘zida hal etilishiga erishildi. Ijrosi vaqt talab etiladigan murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ular yuzasidan korxona, tashkilotlarga deputat so‘rovlari bilan chiqilishi belgilandi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️ O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
📌 Yana bir murojaatga yechim topildi

#Toshkent_viloyati
#Ohangaron_tumani
#Murojaat

🔰 O‘zMTDP Ohangaron tumani Kengashi ijrochi kotibi S.Raimovga “Shavgoz” MFYda yashovchi fuqaro H.Razzokovning joriy yilning fevral oyida mahalla hokim yordamchisiga imtiyozli kredit ajratishlarini so‘rab murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan mahalla hokim yordamchisi H.Razzoqovning kredit olishi uchun ta’minotchisi bo‘lmaganligi sababli, ushbu murojaat rad etilayotganligi aniqlandi.

♻️ Muammoni hal etish uchun S.Raimov "Sanam" MFYdagi “Abdulaziz” fermer xo‘jaligi rahbari A.Joniqulovga murojaat qildi. Fermer o‘zining xo‘jaligidan shartnoma qilib, Agrobankdan imtiyozli 20 mln. so‘m krediti ajratilib, 15 mln. so‘mga ona-bola qoramol va 5 mln.so‘mga yem-hashak olib berildi. Fuqaro murojaati ijobiy hal etilib, 2022 yil 10 aprel kuni H.Razzokov xonadaoniga imtiyozli kredit asosida 2 bosh ona-bola qoramol yetkazib berildi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
📌 Deputat murojaatlarni ijobiy hal etmoqda

#Toshkent_viloyati
#Parkent_tumani
#Murojaat

⚜️ O‘zMTDP Parkent tumani Kengash deputati M.Axmedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 1 mart kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 18-sonli bayoni ijrosini taminlash va O‘zbekiston Konunchiligida Gender tenglik va xotin-qizlar huquqlari kafolatlari bo‘yicha fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

✔️ Fuqaro M.Maxmudovaning turmush o‘rtog‘i og‘ir betobligi, dori-darmon olish uchun nafaqa pulini oldindan olib berishlarini so‘rab murojaat qildi. Fuqaro murojaati yuzasidan Xalq banki boshqaruvchisi bilan telefon orqali bog‘lanilib, nafaqa puli muddatidan oldin olib berildi.

🔹Fuqaro Z.Asomiddinova esa imtiyozli kredit olish bo‘yicha murojaat qildi va bu fuqaro o‘zi yashaydigan mahalladagi hokim yordamchisiga yo‘naltirildi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
📌 Kumushkon turistik qishlog‘ida o'rganishlar olib borilmoqda

#Toshkent_viloyati
#Parkent_tumani
#Turizm

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1053-sonli qaroriga binoan Toshkent viloyatida turizm “Oltin xalqa” konseptsiyasini amalga oshirish istiqbolli hududlarning yangi turizm yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bog‘liqlikda rivojlantirish, turistlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, taklif etiladigan turizm mahsulotlari turlarini kengaytirish, turizm sohasida aholi bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan, konseptsiya doirasida Parkent tumani bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

🔔 Jumladan «Kumushkon turistik qishlog‘i»ni toza ichimlik suv bilan ta’minlash ishlari o‘z nihoyasiga yetmagan, 4 km tungi chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha dasturga kiritilgan, lekin 2 km tungi chiroqlar o‘rnatilgan, ichki ko‘chalar to‘liq asfaltlash ishlari yakuniga yetmagan.

♻️ Ushbu kamchiliklar yuzasidan ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi hamda tegishli tashkilot, korxona va idoralarga yuborildi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️ O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
📌 ISHCHI GURUHI TOSHKENT VILOYATIDA

#Toshkent_viloyati

🔔 “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashida tuzilgan ishchi guruh hududlarda bo‘lib, partiya maqsad va vazifalari, g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, faollar, deputatlarning aholi muammolari bilan ishlash, hal etishdagi faolligini oshirish borasida qilingan ishlar bilan tanishmoqda.

♻️ Jumladan, ishchi guruhi Toshkent viloyatining bir qator tumanlarida bo‘lib faoliyatni o'rgandi. Markaziy kengash Ijroiya qo'mitasi devoni ma’sul hodimlari U.Safarov hamda D.Izzatulloyevlar partiya Toshkent viloyati Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishib, faoliyatda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar shu bilan bir qatorda erishilgan yutuqlarni e'tirof etdi.

❇️Xususan asosiy jihatlar mahalliy Kengashlar deputatlari va BPTlar faoliyatini yanada jonlantirish, Partiya dasturiy maqsad va vazifalarining joylardagi ijrosi holati yuzasidan tushuntirishlar berdi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️ O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
📌 Ishchi guruhi CHirchiq shahrida

#Toshkent_viloyati
#Chirchiq_shahar

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashida tuzilgan ishchi guruh hududlarda bo‘lib, partiya maqsad va vazifalari, g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, faollar, deputatlarning aholi muammolari bilan ishlash, hal etishdagi faolligini oshirish borasida qilingan ishlar bilan tanishmoqda.

♻️ Jumladan, partiya Markaziy Kengashi raisining Xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari bo’yicha o’rinbosari Feruza Muxamedjanova boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining bir qator tumanlarida bo‘ldi. Jumladan Chirichiq shahar Kengashi faoliyatini tanqidiy-tahlil qilib, asosiy e'tiborni partiya safiga yangi a'zolar qabul qilish, xayrihohlar sonini oshirish borasidagi ishlarga qaratishni ta'kidlab o'tdi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil
Ishchi guruhi Toshkent viloyatida

“Milliy tiklanish”
demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjanova boshchiligidagi ishchi guruhning Toshkent viloyatida o‘rganishlari boshlandi.

Ishchi guruh ikki kun davomida partiyaning tuman va shahar Kengashlarida bo‘lib, hududiy kengashlar va deputatlik guruhlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyati bilan tanishadilar. “Ayollar va yoshlar qanot”lari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ish hujjatlarining yuritilishini ko‘rib chiqadilar.

Albatta, o‘rganishlarda asosiy eʼtibor partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari, jumladan, Davlatimiz rahbarining taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan vazifalar ijrosi, Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlarga qaratiladi.

Ishchi guruh ayni paytda Chirchiq shahri, Parkent va Bo‘stonliq tumanlarida bo‘lib turibdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube