@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
180 subscribers
15.2K photos
1.19K videos
4 files
6.03K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
Taʼlim sifati parlament nazoratida

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida tarbiya va taʼlim tizimini isloh qilish, uning sifatini muttasil oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan.

batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
📌 Deputatlar “Tashabbusli byudjet”da ishtirok etishib, g'oliblikni qo'lga kiritdilar

#Toshkent_viloyati

♻️ O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi rahbariyatining tashabbusi bilan “Tashabbusli byudjet” amalga oshmoqda. Barchamizning xabarimiz bo'lsa kerak mamlakatimiz rahbarining tegishli qarori bilan mahalliy byudjetlarning orttirilgan qismidan 15% hamda tuman va shaharlarda tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizidan foydalanishda yangilangan “Tashabbusli byudjet”da ishtirok etib, tashabbuslarni ilgari surishi orqali mahalliy boshqaruvda to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishi mumkin. Bu orqali fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, xiyobonlar, bolalar va sport maydonchalari, ichki yo'llarni qurish, maktablarni ta'mirlash va jihozlash hamda boshqa masalalar bo'yicha loyihalarni taklif etib, mahalliy byudjetning taqsimlanishida ishtirok etadilar.

🔰 “Tashabbusli byudjet” bir necha etapdan iborat bo'lib, har bir etapda g'alaba qozonish uchun ma'lum darajada ko'nikma talab etiladi. Shu sababdan O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi raisi M.Nazarov tomonidan ZOOM platformasi orqali hamda bevosita joylarga borgan holda mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlarga zaruriy ma'lumotlar va tushuntirishlar berildi. Albatta olib borilgan ishlar besamar qolmadi. Natijada 4 ta tuman va shahar Kengashlari deputatlarining tashabbuslari inobatga olinib, ularning say-harakatlari bilan g'olib bo'lishga erishildi.

❇️ Jumladan, viloyat Kengashi deputati T.Matkarimov tashabbusi bilan Ohangaron tumani “Tashariq” MFY hududidagi Istiqlol, Farovon, va Navro'z ko'chalaridagi eskirgan simyog'ochlar yangi beton simyog'ochlarga almashtirish, Piskent tumani Kengashi deputati Dilorom Xakimova tashabbusi bilan “G'ayrat” MFY hududidagi G'ayrat qishlog'ini gazlashtirish, Toshkent viloyati Kengashi raisi M.Nazarov tashabbusi bilan Zangiota tumani, “Olmazor” MFY ichki ko'chalarini asfaltlash hamda Yangiyo'l shahar Kengashi deputatlari tashabbusi bilan “Yangi hayot” MFY hududidagi Taraqqiyot ko'chasi yo'llarini asfaltlash uchun 4.135.215 so'm mablag' ajratilishiga erishildi.

✳️ Bundan tashqari, 1 iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman va shaharlar byudjetlari qo'shimcha mablag'larining eng kam miqdori 10%dan 30%ga oshirilishi ko'zda tutilmoqda. Avvalo, 18 yoshdan katta bo'lgan tashabbuskor fuqarolar (bir kishi yoki guruh bo'lib) loyiha taklif qilishlari kerak. Ushbu loyihalar ekspertizadan o'tkaziladi va saralashdan o'tadi, keyinchalik esa ommaviy ovoz berishga qo'yiladi. Eng yaxshi loyihalar moliyalashtiriladi. Kelgusida ushbu yo'nalish orqali joylardagi muammolarni hal etish maqsadida mahalliy Kengash xodimlarini va deputatlarning tajribalarini oshirgan holda yana ko'proq loyihalar va takliflar bo'yicha ishlarni rivojlantirishni rejalashtirmoqdamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️ O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida deputatlar “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi va qabul qildi.
Birorta islohot oson bo‘lmaydi

Maktab taʼlimini isloh qilish bo‘yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosi, yil yakuniga qadar ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

“Yanvar oyida maktab taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha 5 ta ustuvor yo‘nalishda aniq vazifalarni belgilab, barcha masalalar hal qilib berilgan edi.

Lekin birorta islohot oson bo‘lmaydi.

2022-yilni hokimlarning maktabga eʼtibori yili deb eʼlon qilganimiz va tuman hokimi “RayONO” mudiri bo‘ladi, degan vazifalarni, afsuski, hamma hokimlar ham hali to‘liq tushunib yetgani yo‘q”, dedi davlatimiz rahbari.

Prezident sohadagi ishlar ahvoli qoniqarsizligi uchun viloyat va tuman hokimlarini keskin tanqid qildi.

Jumladan, ikki oyda barcha hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida respublikadagi 852 ta maktabda taʼlim sifati, muallimlar salohiyati va o‘quvchilarning oliygohlarga kirish darajasi ancha pastligi aniqlangan.

Bu borada eng og‘ir ahvol Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘istonda ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Maktabning eng katta muammosi

Yig‘ilishda respublika bo‘yicha 1 ming 526 ta maktab bolalar tarbiyasi, davomat, maʼnaviy muhit bo‘yicha “qizil” toifaga kiritilganligi taʼkidlandi.

Ayniqsa, Toshkent shahridagi 69 ta maktab, Surxondaryoda 169 ta va Qoraqalpog‘istonda 128 ta, Sirdaryoda 54 ta, Farg‘onada 162 ta, Toshkent viloyatidagi 147 ta maktablarda muhit qoniqarsiz deb topilgan.

“Bu tuman va shahar hokimlari maktab masalalari ichiga umuman kirmaganligidan dalolat. Yanvarda o‘tgan selektordan keyin ham ular o‘ziga xulosa qilmagan.

Ushbu viloyat, tuman va shahar hokimlarini oxirgi marta ogohlantiraman. Agar uch oyda o‘zgarish bo‘lmasa, jiddiy chora ko‘riladi.

Bugungi kunda maktabning eng katta muammosi – o‘qitish metodikasining mutlaqo eskirganligi. Afsuski, maktab taʼlimi eski qolipdan chiqa olmayapti”, dedi davlatimiz rahbari.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Prezident kelgusi ustuvor vazifalarni belgilab berdi

Eng avvalo, maktab o‘qituvchilarini yangi metodika asosida qayta tayyorlash bo‘yicha umummilliy loyiha boshlanadi.

Ushbu yangi tizim doirasida kelgusi 3-4 yilda maktablardagi barcha sinf o‘qituvchilari yangi metodika asosida o‘qitiladi. Buning uchun:

- 1 iyunga qadar har bir hududdagi Malaka oshirish markazlari negizida Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy taʼlim markazlari tashkil etiladi;

- ushbu markazlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya, IT kabi aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha xorijdan eng malakali mutaxassislar jalb qilinadi;

- xorijiy mutaxassislar yordamida oliygoh, milliy taʼlim markazlari va mobil guruhlarning muallimlaridan iborat har bir viloyat kesimida “trenerlar guruhlari” shakllantiriladi;

- mazkur trenerlar esa joylarda maktab o‘qituvchilarining bevosita malakasini oshirib boradi. Ularning oylik ish haqiga 100 foizgacha ustamalar to‘lanadi.

Umuman, yuqoridagi yangi tizimlarni joriy qilish uchun 100 million dollar qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Qoraqalpog‘iston va Samarqand tajribasi

Prezident: misol uchun, Qoraqalpog‘istondagi mobil guruhlar bir oy davomida joyida muallimlarni o‘qitgani natijasida ularning bilim va ko‘nikmalari 15 foizga yaxshilangan.

Samarqandda 420 nafar ilg‘or pedagoglar tanlab olinib, mobil guruhlar viloyatning 9 ming nafar o‘qituvchilar malakasini oshirishni boshlagan.

Avloniy instituti Respublika milliy taʼlim markazi sifatida qayta tashkil etiladi va Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan yagona tizimga
aylantiriladi.

Umuman, yangi metodikalarga o‘qitish tizimi Milliy taʼlim markazi va Toshkent davlat pedagogika universitetidan boshlanadi.

Universitet Xalq taʼlimi vazirligi tarkibiga o‘tadi, maktab o‘qituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha respublikadagi tayanch muassasaga aylantiriladi.

Hududlarda faoliyat yuritayotgan pedagogika oliygohlari bosqichma-bosqich universitetlar tarkibidan alohida ajratib chiqariladi va mustaqil taʼlim dargohiga aylantiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube