@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
281 subscribers
18K photos
1.46K videos
4 files
7.19K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
🙏 Renovatsiyaning mustahkam qonuniy asosi bo‘lishi va bu boradagi dasturlar uy-joy mulkdorlari hamda keng jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda amalga oshirilishi zarur

Kuni kecha, Toshkent shahar hokimi ommaviy axborot vositalari orqali o‘zining chiqishlaridan birida “Toshkent shahrida ko‘p yillar oldin qurilgan ikki qavatli yoki vaqtinchalik qurilgan xavfsizlik nuqtai nazaridan talabga javob bermaydigan, taxminan 500 gektardan ortiq hududdagi uy-joylar renovatsiya dasturiga tushgan”, deb axborot berib o‘tdi.

Ushbu masala, ko‘plab fuqarolar, shu jumladan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining muhokamalariga sabab bo‘lmoqda.

Foydalanishga yaroqsiz, eskirgan ko‘p qavatli uy-joylarni o‘rniga yangilarini qurish yaxshi albatta. Bu bilan poytaxtimiz obod bo‘ladi, ko‘chalarimiz ko‘rkamlashadi, aholini uy-joy bilan taʼminlash ishlari jadallashadi.

Biroq, renovatsiya dastularini ishlab chiqish uchun eng avvalo, ushbu jarayonni ochiq va shaffof amalga oshirishning qonuniy asoslari, renovatsiya tartibi va qoidalari bo‘lishi lozim. Qolaversa, renovatsiya dasturi loyihasi renovatsiyaga tushadigan uy-joy mulkdorlarining roziligiga asoslanishi hamda keng jamoatchilik muhokamalaridan o‘tkazilishi shart.

Renovatsiya bo‘yicha qonun qabul qilinmasdan, bu ishlar amalga oshirilsa, afsuski bir necha yillar oldin mulkdorlarning huquqlarini buzish va mamlakatimiz imijiga salbiy taʼsir ko‘rsatgan “snos”, degan holatga o‘xshash jarayonlar boshlanib ketishi ehtimoldan yiroq emas.


Yangilangan Konstitutsiyamizning 49-moddasida shaharsozlik hujjatlari loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi qatʼiy belgilangan. Uy-joy mulkdorlari huquqlari esa Asosiy Qonunimizning tegishli moddalari bilan qatʼiy kafolatlandi.

Qolaversa, O‘zbekistonga ko‘plab investorlar kelayotgan, turizm rivojlanayotgan bir sharoitda Toshkentning qadimiy va tarixiy ahamiyatga molik binolarini, ko‘p qavatli turar joylarni, umuman olganda shaharning tarixiy qiyofasi va arxitekturasini ham saqlab qolishimiz shart.

Shu bois, Hukumat va Toshkent shahar hokimligi eng avvalo, renovatsiya to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqib, parlament qabul qilgandan keyingina renovatsiya bilan bog‘liq dasturlarni amalga oshirishini maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

 “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
Matbuot xizmati


🖥 MTDP | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati
#Yangiyul_tumani
#Sessiya

Xalq deputatlari Yangiyo‘l tuman Kengashining VI chaqiriq navbatdagi 78 sessiyasi o'tkazildi.

Kun tartibiga 5 ta masala kiritilgan boʻlib, birinchi masala yuzasidan Yangiyoʻl tumani IIB boshligʻi B.Qoʻziboyev Yangiyo‘l tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2023-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi talablari asosida, Yangiyoʻl tuman Soliq inspeksiyasi tomonidan 2023-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi O.Saidov hisobot berdi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
🙏 Aniq maqsad va vazifalarga mo'ljallangan yil dasturi

batafsil

🖥 MTDP | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Forwarded from Alisher Qodirov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat rahbari tomonidan hukumat oldiga qöyilgan vazifalar joylarda qanday ijro qilinmoqda…

Parlamentning nazorat vakolatidan foydalanib, Qonunçilik palatasi va mahalliy kengaş deputatlari Surxondaryoda bir qator masalalarni tahlil qilişni boşladik.

Bugun Termiz şahrining 37 ta mahallasida tizimli taşkil qilingan kommunal xizmatlarni örgandik, ertaga Angor tumanida qişloq xöjaligi, investitsiya va eksport masalalarini örganmoqçimiz.

@alisherQodir
👍4
#Toshkent_viloyati
#Deputat_faoliyatidan

SAYYOR QABUL

O΄zMTDP Toshkent viloyati kengashining deputati M.Nazarov ishtirokida Toshkent tumani “Majnuntol” MFY 7-umumta’lim maktabida sayyor qabul o’tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan hududning ichki ko’chalarini asfaltlash, eskirgan simyog’ochlarni yangilash, hududdagi yoshlar bandligini ta’minlash va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
"Majnuntol" MFY aholisidan kelib tushgan 10 dan ortiq murojaatlar deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga yo’naltirildi va o’z yechimini topdi. Qabul davomida yechimi topilmagan masalalarga "Deputatlik so'rovi" yuborish orqali hal etilishiga kelishildi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
👍3
#Toshkent_viloyati
#Chirchiq_shahar
#Deputat_faoliyatidan

Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputati Ulug'bek Imomaliyevga "Iqbol" MFY aholisidan ichki yo'llarni asfaltlash yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Deputat ushbu yo'llarni holatini o'rganib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda "Mening yo'lim" loyihasi doirasida "Iqbol" MFY hududining 1.5 km hududida asfaltlash ishlarini amalga oshirdi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
👍1
#Toshkent_viloyati
#Yangiyol_shahar
#Deputat_faoliyatidan

SESSIYA

Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining oltinchi chaqiriq navbatdagi yetmish to'qqizinchi sessiyasi o'tkazildi.
Unda sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarning hisoboti tinglanib, sessiyaga qo'yilgan masalalar muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube