@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
278 subscribers
18.1K photos
1.47K videos
4 files
7.23K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
#live

Nizoni faqat sudlar orqali hal etish shart emas


Yig‘ilishda nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o'qishda muhokama qilindi.

Mediatsiya, bu – nizolarni sudgacha xolis, manfaatdor bo‘lmagan uchinchi bir tomon yordami bilan, yaʼni mediator ishtirokida hal etish shaklidir.


Yevropa davlatlarida nizoli holatlarning 70-80 foizi shu yo‘l bilan hal etiladi. O‘zbekistonda esa 2018-yildan boshlab mediatsiya instituti joriy etilgan bo‘lsada, bu ko‘rsatkich atiga 4,2 foizni tashkil qiladi, xolos.

MTDP | Telegram
👍1
#live

❗️E'lon!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Yalpi majlis Qonunchilik palatasining youtubedagi sahifasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.

MTDP | Telegram
👍1
#live

Yalpi Majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya tuzilib, Komissiya a'zolari tarkibi va uning raisi tasdiqlandi.

Komissiya raisi lavozimiga "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Shahnoza Joldasova nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan qo'llab-quvvatlanib, ma'qullandi.

Komissiya:
Parlament bilan yoshlar qatlami hamkorligini yanada kuchaytirish;
Qonunlarda yoshlar manfaatlarini ilgari surish;
Yoshlar salohiyatini ro’yobga chiqarishga ko’maklashishni maqsad qilgan.


MTDP | Telegram
👍1
#live

Yoshlar oltin fond - Ona yurt kaftidagi xazina

Ochiq muloqotda Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan uchrashuvidagi takliflari nafaqat uchrashuvda ishtirok etganlar, balki butun O‘zbekiston yoshlari hayotida tarixiy va esda qolarli kun bo‘lganligi qayd etildi. Shu bilan birga mazkur tashabbuslarni amalga oshirishda yoshlar munosib hissa qo'shish kerakligi borasida takliflar bildirildi.

– Davlatimiz rahbarining sizlarga “Yoshlar xalqimizning, Vatanimizning oltin fondi”, deya bildirgan ishonchi - bu katta masʼuliyatdir. Shundan kelib chiqqan holda har bir yosh tengdoshlariga katta ko‘makchi, davlat va jamiyat hayotida asosiy tashabbuskor hamda partiya g‘oya va maqsadlarini amalga oshirishda faol yetakchilar qatorida bo‘lishingiz lozimligini anglatadi, – dedi partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova.


MTDP | Telegram
👍1
#live

Bolasini daromad manbaiga aylantirganlar jazolanishi kerak!

Bola huquqlari bo‘yicha vakil – Ombudsman Surayyo Rahmonovaning qayd etishicha, O‘zbekistonda har uchinchi fuqaro bolalar hisoblanadi. O‘tgan yili bolalar huquqi bo‘yicha 1064 ta murojaat bo‘lgan va bu 2023-yilga qaraganda bir necha barobarga ko‘p. Bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 14 ta jinoyat va 18 ta maʼmuriy ishi qo‘zg‘atilgan.

Muhokamada tilanchilik qilayotgan bolalar masalasi ko'tarildi.

Farxod Zayniyev: voyaga yetmagan bolasini daromad manbaiga aylantirib oladiganlarni ota-onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha qonunga o‘zgartirish kiritish lozim.


MTDP | Telegram
#live

Begona tilda tarbiya berish bola huquqi buzilishiga olib kelmayaptimi?

Bolalar ombudsmani maʼruzasi muhokamasida fraksiya aʼzolari bolani bog‘cha hamda maktabning ilk davrida tarbiya va taʼlimning begona tilda berilishi masalasini ko‘tardi.

Alisher Qodirov: to‘g‘ri, bu ota-onaning tanlovi, lekin mazkur holatlar bolalar huquqini buzilishiga olib kelmayaptimi? Ushbu jarayon kelajakda bola uchun bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ham unutmasligimiz lozim.


MTDP | Telegram