Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
669 subscribers
31.7K photos
1.21K videos
1 file
5.47K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#IMA
#BOYSUN_IM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

XOTIRA  AZIZ,  QADR  MUQADDAS !

Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Boysun  ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari va jamoasi 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib  II jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Xotira maydonidagi ramziy kitobda nomlari keltirilgan Boysunlik mard va qahramon jangchilar xotirasi yodga olindi.

O‘quvchilarga II jahon urushi yillarida 6,5 million aholisi bor  O‘zbekistondan 1,5 million  jangchi urushga safarbar etilgani, shundan 500 000 kishi jang maydonlarida halok bo‘lgan yoki bedarak ketgani, xalqimiz urush va urush ortida qanchalik qahramonlik ko‘rsatgani, bugungi tinch va farovon hayotimiz uchun kurashgani tushuntirildi.

🌍 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

👉Telegram | 👉Facebook
#ertalabki_saflanish

🏢 Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida ertalabki saflanish tashkil etildi.

Saflanish O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanib, o'quvchilarga mamlakatimizda bo'layotgan yangilanishlar haqida qisqacha aytib o'tildi.

Shiningdek, RerfexoKids o'quv markazi tomonidan o'tkazilgan fan olimpiadasida hamda Xo'jamberdiyev Mamayusuf ustoz xotirasiga bag'ishlangan turnirda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan o'quvchilar maktab ma'murati tomonidan taqdirlandilar.

🌐 Bizni kuzatib boring Telegram/ Facebook/ Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#_OAV_Biz_haqimizda
Давлатимиз раҳбарининг 2023 йил 2 майдаги “9 май - хотира ва қадрлаш кунига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида” қарори ижроси доирасида Шеробод туман ихтисослаштирилган мактабида "Хотира муқаддас - Инсон азиз" мавзусида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди.
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

"XOTIRA AZIZ, QADR MUQADDAS"

⚡️Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Xotira aziz, qadr muqaddas" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
📖 Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook|
#Oltinsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Gʻafur Gʻulom (1903-yil 10-may — 1966-yil 10-iyun) — oʻzbek yozuvchisi va shoiri. 1903-yilning 10-mayida Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida dehqonlar oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan yetim qolgan Gʻafur Gʻulom avval eski maktabda, soʻngra rus-tuzem maktabida taʼlim olgan. 1916 yilning kuzida G‘ofur o‘qishga kiradi. Onasining vafotidan so‘ng (otasi avvalroq vafot etgan), u ishlashga majbur bo‘lgan. Ko‘plab kasblarda o‘zini sinab ko‘rgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi bo‘lib ishga kiradi, so‘ngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. Toshkent pedagogika institutini tamomlagan.1919 yildan 1927 yilgacha u o‘qituvchi, maktab direktori, Ma’naviyat uyushmasi ishchilari raisi bo‘lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi. „Shum bola“ (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|Facebook |Instagram |Telegram