Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
671 subscribers
31.6K photos
1.21K videos
1 file
5.45K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Termiz_shahar_3_son_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Direktor_olimpiadasi

🏣Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabida
o'quvchilar bilimini aniqlash maqsadida
         💥 Ingliz tili
fanidan 6-7-sinflar o'rtasida olimpiada tashkil etilishi tòģrisida ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon berilgan edi. Bugun maktabimizda 6-7-sinflar órtasida ushbu olimpiada ótkazildi. Bu olimpiadaga boshqa maktablardan ham õquvchilar qiziqish bildirib ishtirok etishdi. Jami 54 nafar òquvchilar qatnashib òz bilimlarini sinab kòrishdi. Olimpiadaning 6-7-sinflar bõyicha 1-2-3-òrin sohiblari aniqlanib, ijtimoiy tarmoqlarorqali e'lon qilinadi va taqdirlanadi.Bunday turdagi olimpiadalar yana davom ettiriladi. Keyingi fan olimpiadasi Tarix fanidan tashkil etiladi.
                                  
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook  Telegram
#Oltinsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi



Бундан беш йил аввал Олтинсой туман Маънавият ва маърифат бўлинмида ишлаб юрган вактим № 21 мактабнинг Маънавий маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари билан ҳамкорликда дастурда кўрсатилганидек "Инсон қадри улуғ, хотира муқаддас" шиори остида   туманнинг Хужасоат маҳалласида яшовчи Абдураимов Холиқ бобони уйига бориб сухбат қилган эдик. Ушанда Холиқ бобо 95 ёшда эди 1942 йилда 16 ёшида урушга борган. Воронеж, Харков, Куйбешев, Столинград худудларида немисларга қарши шиддатли жангларни бирида чап елкасидан уқ тегиб 20 кун харбий госпиталда даволаниб чиқиб жанг майдонига қайтиб келган.Штапдаги қуролдошлари билан бирга 153 та немис аскарини асирга олиб қахрамонлик кўрсатган. 1944 йилда самолётдан отилган снаряд  осколкаси боши, чап қўли ва ўнг оёғидан ярадор булиб сентябр ойи урушдан қайтганлигини хотирлаб сухбат қилгандик

🌐Бизни ижтимоий тармокларда кузатиб боринг.👇

|Facebook |Telegram
#Oltinsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi

#davra_suhbati


"XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS"

⚡️ Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Xotira aziz, qadr muqaddas" shiori ostida Oltinsoy tuman “Ho'jasoat” mahallasida istiqomat qiluvchi II jahon urushi qatnashchisi Abdurayimov Xoliq bobo xonadoniga tashrif buyurishdi.

📌 II jahon urushi qatnashchisi Abdurayimov Xoliq bobo hozirda 100 yoshni qarshilagan o'quvchilarga urush voqealari haqida gapirib o'tdi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va katta taassurotlarga ega bo'lishdi.


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇


|
Facebook  |Telegram|Facebook
#Oltinsoy_ ixtisoslashtirilgan_ maktab_

⚡️STEAM olimpiadasi

Joriy yilning 6-may sanasida Sariosiyo tumanidagi  ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Prezident , ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quvchilari o'rtasida  STEAM( matematika , fizika,kimyo,biologiya,science hamda informatika va Axborot texnologiyalari) fanlari bõyicha olimpiadaning hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.

⚡️Ushbu olimpiadada maktabimiz o'quvchilari yuqori natijalarga erishdi.

🥉Xolto'rayeva Malohat Bahodir qizi kimyo fanidan 3-o'rin.
🥇Jummayeva Jasmina Qurbonmurod qizi biologiya fanidan 1-o‘rin.
🥉Umidova Oysoat Umid qizi biologiya fanidan 3-o‘rinni egallab respublika bosqichini qo'lga kiritdi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇

|Facebook |Instagram |Telegram
⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o'tayotgan Butunjahon ta’lim forumi doirasida ta‘lim vazirliklari delegatsiyalari bilan uchrashdi va quyidagi masalalar muhokama qilindi.

Hindiston Respublikasi Assam shtati federal taʼlim vazirligi bilan ingliz tili va informatika yo‘nalishlaridagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini O‘zbekistondagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga “ustoz-shogird” modeli asosida amaliyotga va taʼlim jarayoniga jalb etish;

Liviya mamlakati oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot vaziri Doktor Omran Muhammad al Giyib tomonidan O‘zbekiston umumiy o‘rta taʼlim tizimida arab tilini xorijiy til sifatida o‘qitish yo‘nalishida hamkorlik, jumladan, Liviya tomonidan arab tilida dars beruvchi o‘qituvchilar uchun Liviya oliy taʼlim muassasalarida magistr va ilmiy tadqiqot (PhD) taʼlimi uchun taʼlim grantlarini ajratilish;

Britaniya Kengashi Maktablar, kasbiy taʼlim va noanʼanaviy taʼlim bo‘yicha Global direktori Mark Gerbert bilan O‘zbekistonda maktabgacha va maktab taʼlimidagi islohotlarning to‘rt asosiy yo‘nalishida Britaniya Kengashi bilan hamkorlik olib borilish;

ETS xalqaro taʼlimda baholash tashkilotining Bosh direktori Amit Sevak bilan o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini baholovchi Praxis imtihonlarini O‘zbekiston taʼlim tizimiga adaptatsiya qilish, o‘qituvchi va maktab rahbarlari uchun malaka oshirish kurslari va ularning kasbiy baholash testlarni joriy qilish;

ODILO onlayn taʼlim texnologiyalari tashkilotining global tijoriy vitse-prezidenti Skot Smit bilan onlayn-taʼlim platformasi imkoniyatlaridan foydalangan holda maktabdan tashqari taʼlim yo‘nalishida o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashning moslashtirilgan raqamli taʼlim tizimini joriy qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube