Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
629 subscribers
36.5K photos
1.41K videos
2 files
6.27K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#hamkorlik

☑️ Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Pharmaceutical Technical University o'rtasida o'zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida "Hamkorlik memorandumi" imzolandi.

📌 Shuningdek, universitet mas'ullari tomonidan tabiiy yo'nalish o'quvchilarini universitet faoliyati, undagi ta'lim yo'nalishlari va ta'lim tizimi haqida yaqindan tanishtirib, bitiruvchilarga universitetga hujjat topshirish uchun ro'yxatdan o'tishlari bo'yicha amaliy ko'mak ko'rsatdi hamda o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.


🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Farmon_ijrosi_amalda
#ingliz_tili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij o‘quv dasturi asosida ingliz tilida o‘qitish bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Mazkur dastur 2024/2025-o‘quv yilining sentabr oyidan Xo‘jayli tuman, Zomin tuman hamda noyabr oyidan Angren shahar, Yangiyer shahar, Buxoro tuman, Muzrabot tuman, Guliston hamda Termiz shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablarida tashkil etildi. Jarayon davom ettirilib, Agentlik tizimidagi Sergeli va Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ham saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, imtihon jarayonlari Prezident maktablari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarni ingliz tilida o‘qitish amaliyoti bosqichma-bosqich joriy qilinib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Jarqo’rg’on_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Eco-schools Uzbekistan

☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️
Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilariga Eco-school loyihasi doirasida 🥤🥤🥤🥤“Plastik chiqindilarni kamaytirish bo’yicha takliflar” mavzusida case study tashkillashtirildi. Bunga qo’shimcha, o’quvchilarga maktab hududidini🌳🌳🌳 “Yashil makon”ga aylantirish, hududda mavjud gul 🌸🌸🌸 va daraxtlarni🌴🌴🌴 muhofaza qilishda takliflar berildi.

🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
🌐 Telegram 🌐 Facebook.
#Jarqo’rg’on_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Blok_test

🏣Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchi sinf o'quvchilaridan navbatdagi  DTM blok testlari olindi.
  Test õtkazilishidan maqsadimiz -  o‘quvchilarni  OTM ga kirish imtihonlariga tayyorlash, ularning   bilim salohiyatlarini oshirish, haqiqiy imtihon atmosferasida erkin bo'lishlarini ta'minlashdan iborat.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
🌐 Telegram 🌐 Facebook.