Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
665 subscribers
32.1K photos
1.21K videos
2 files
5.51K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#IMA
#QIZIRIQ_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#JARAYON
#ESTAFETA_

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 23.02.2018-yildagi 140-sonli "YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA" gi Qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida;

"NAVRO'Z - XALQNING O'ZIDAY QADIM VA ULUG' AYYOM" shiori ostida;

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Navro‘z ayyomi" munosabati bilan hamda
🇺🇿 Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixiga va ma'naviy qadriyatlariga yuksak hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida CHQBT raxbari tashabbusi bilan  o‘quvchilar o‘rtasida "ESTAFETA" musobaqalari  o'tkazildi.

Ushbu estafetada:
Tosh ko‘tarish;
Uzunlikka sakrash;
100-400 metrga yugurish;
Arqon tortish;
AK-74 avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish musobaqalari o‘tkazildi.

🪩 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting! 👇👇👇

Facebook  /  Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Infografika
#ixtisoslashtirilgan_maktab_va_maktab_internatlar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj (vakant orinlar)ni qoplash maqsadida otkazilgan TANLOVning birinchi bosqichi (saralash) yakunlandi.

job.piima.uz sayti orqali hududlar kesimida kelib tushgan arizalar boyicha yakuniy hisobot bilan mazkur infografikada tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasmiz

Nazirullo Mamatmusayev, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Sherobod tumani ixtisoslashtirilgan maktab tarix fani o'qituvchisi:

— Konstitutsiyamizda boshqa sohalar qatorida ta'lim sohasiga ham alohida e'tibor qaratilganligi biz ustozlarning yuragida faxr uyg'otadi.

Ustozlarning qadr-qimmati va sha'nini davlat tomonidan himoya qilinishi va kasbiy o'sishi davlat tomonidan kafolatlanishi biz ustozlarning yuragida ulkan g'urur va faxr uyg'otadi.
🇺🇿Bu oʻzgarishlarga #befarqemasman!

🌐 Sherobod tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Sirdaryo viloyatining 300 dan ortiq maktab direktorlari bilan uchrashib, zamonaviy maktab rahbari oldidagi vazifalar haqida gaplashdik.

Direktorlar meni eng koʼp oʼylantiradigan, taʼlimdagi ogʼriqli nuqtalardan biri. Koʼp yillar maktabda direktor boʼlganim uchun bu lavozimning mashaqqatini bilaman. Taʼlimda faqat sizlar bilan oʼzgarish qila olishimiz mumkin.

Har biringizdan birinchi navbatda halollik talab qilaman. Halol boʼlmagan insonga taʼlimda oʼrin boʼlishi mumkin emas. Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymayman. Direktor halol boʼlsa, uning yonida men turaman!

Siz bilan biz oʼqituvchilarning jamiyatdagi obroʼ va nufuzini yuksaltirishimiz kerak. Bugun nima uchun istagan ota-ona maktabga kelib, oʼqituvchiga gapirishga haddi sigʼyapti? Oʼz hurmatini, qadr-qimmatini bilgan oʼqituvchiga hech kim ortiqcha gapirishga haddi sigʼmaydi. Oʼqituvchilarning nufuzini koʼtarish esa siz-u bizning vazifamiz. Maktabga zamonaviy direktor rahbarlik qilsa, buni ota-ona ham sezadi. Shu bois lavozimingizni suiisteʼmol qilmagan holda maktabingizda taʼlim sifatini koʼtarishga oʼzingiz harakat qiling.

Viloyatda 325 ta maktab bor. Bu degani, shuncha rahbar va bir-biridan farq qiluvchi shuncha muhit degani. Shunday maktablar borki, infratuzilmasi yaxshi emas, lekin u yerdagi muhitni birorta zamonaviy maktabdan topa olmaysiz.

Yangilikni oʼzimizdan boshlashimiz kerak. Biz esa vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlar bilan yelkama-elka ishlaymiz.

Biz bir kemadamiz - ziyolilar kemasida. Bu tizimda muammo boʼlmasligi uchun oʼz ustimizda tinimsiz ishlashimiz lozim.

Ishimiz ham, jamoamiz ham oilamiz, har ikkisi tinch boʼlsa, koʼnglimiz xotirjam boʼladi. Shunday ekan, barchamizga doimo oiladan oilaga yorugʼ yuz bilan borish nasib qilsin.