Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
629 subscribers
36.5K photos
1.41K videos
2 files
6.28K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI
#uch_avlod_uchrashuvi

❇️ Agentlik tizimidagi Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Mudofaa vazirligiga qarashli Havo hujumidan mudofaa qo'shinlari va harbiy havo kuchlari 19950-harbiy qism bilan hamkorlikda "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi.

Faxriy harbiylar bilan bo‘lgan suhbatda Vatanimizni asrab-avaylash, himoya qilish barchamizning muqaddas burchimiz ekanligi ta’kidlandi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Vatanparvarlik_oyligi_doirasida

SARIOSIYO TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI

Joriy yilning 24-dekabr sanasida 10-sinf o'quvchilariga Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosari Husniddin Nazarov tomonidan "𝙈𝙞𝙡𝙡𝙞𝙮 𝙖𝙧𝙢𝙞𝙮𝙖𝙢𝙞𝙯 𝙢𝙪𝙨𝙩𝙖𝙦𝙞𝙡𝙡𝙞𝙜𝙞𝙢𝙞𝙯 𝙠𝙖𝙛𝙤𝙡𝙖𝙩𝙞𝙙𝙞𝙧! " mavzusida vatanparvarlik darsi tashkil qilindi.

Vatanparvarlik darsida armiya hayot maktabi ekanligi haqida to'liq tushunchalar berildi. O'quvchi yoshlar bilan qizg'in baxs-munozaralar asosida o'tkazilgan dars mazmunga bo'y bilimlar asosida tashkil qilindi.


🌐𝗕𝗶𝘇𝗻𝗶 𝗸𝘂𝘇𝗮𝘁𝗶𝘀𝗵𝗱𝗮 𝗱𝗮𝘃𝗼𝗺 𝗲𝘁𝗶𝗻𝗴.

🌐Facebook/Telegram
#Vatanparvarlik_oyligi_doirasida

SARIOSIYO TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI

Joriy yilning 24-dekabr sanasida o'quvchi yoshlarga vatanparvarlik oyligi doirasida "𝙈𝙚𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙖𝙧𝙢𝙞𝙮𝙖𝙢-𝙢𝙚𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙛𝙖𝙭𝙧𝙞𝙢! " rasmlar tanlovi tashkil qilindi.

Vatanparvarlik oyligi doirasida yana ko'plab tadbirlar tashkil qilinib,o'quvchi yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish rejalashtirilmoqda.


Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosari  :H.NAZAROV


🌐𝗕𝗶𝘇𝗻𝗶 𝗸𝘂𝘇𝗮𝘁𝗶𝘀𝗵𝗱𝗮 𝗱𝗮𝘃𝗼𝗺 𝗲𝘁𝗶𝗻𝗴.

🌐Facebook/Telegram
Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi

Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 24-dekabr kuni "Avtomabil jihozlari ishlab chiqarish" korxonasi rahbari Qurbonali Kazakov va o'quvchi yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tadbirkor Qurbonali Kazakov va o‘quvchi yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi. Unda iqtidorli o‘quvchilar tomonidan berilgan qiziqarli savol va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun berilgan takliflari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ma'lumot o'rnida Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida hozirgi kunda 300 nafar o‘quvchi yoshlar tahsil olishmoqda. Ularga 40 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchilar tomonidan bilim berib kelinmoqda. Chet tili va boshqa fanlardan sertifikatga ega o‘quvchilar 28 nafarni tashkil etadi.
Maktab-internatida 120 o‘ringa mo‘ljallangan “O‘quvchilar turar joyi” hamda o‘quvchilar ovqatlanish joyi mavjud.

🌐 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati


| Telegram | Facebook | Instagram