Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
623 subscribers
42.1K photos
1.55K videos
3 files
7.16K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#IMA
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IM                  
 
Joriy yilning 23-fevral kuni Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi faoliyati bilan tanishdi.

Markaz direktori, iqtisod fanlari dotsenti O.Ro'ziyev hamda AQShning O'zbekistondagi elchixonasi vakillari Devid Kiriskiy va Sh.Saidkarimovalar  bilan o'tkazilgan samimiy suhbat o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram
| Facebook
#IMA
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IM

Qumqoʻrgʻon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida  Zakovat koordinatori Xoliyor Boʻriyev rahbarligida 7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Alpomish, Shiroq, To‘maris, Spitamen" kabi buyuk ajdodlarimiz matonati aks ettirilgan mavzuda Zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram
| Facebook
#Sherobod_tuman_IM
#Ichki_turizm
Ma'naviyatimizning buyuk siymolari

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5 A sinf o'quvchilari va Tarix fani o'qituvchisi Mamatmusayev Nazirullo , Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi Abdurahmonov Azizbek ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Al-Hakim at-Termiziy ziyorat maskani va Termiz Arxeologiya Muzeyiga sayohat uyushtirishdi.
🕌 Maqsadimiz O'quvchilarda milliy iftixor g'ururini shakllantirish , o'zligimizni anglash , uzoq tarixga ega bo'lgan yurtimiz tarixini o'rganish , Ajdodlarimiz ma'naviy-madaniy merosini o'rganish va ularga munosib farzand bo'lishdan iboratdir.

🌐 Sherobod tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#maʼnaviyat_soati

Prezident ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari N.Abduraximov tomonidan 24-fevral kuni maktabning pedagog-xodimlar jamoasi uchun navbatdagi ma'naviyat soati o'tkazildi.

🇺🇿Ma'naviyat soatida o'qituvchi va xodimlarga sinf rahbarlari tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar yig'ma jildi, o'quvchilarning tartib-intizomi, kiyinish madaniyatiga rioya qilishlarini nazorat qilish hamda boshqa muhim mavzular xususida ma'lumot va topshiriqlar berildi.

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
#Sherobod_tuman_IM
#Kitobxonlikni_rivojlantirish

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxonachisi Gulshoda Tursunova Yosh kitobxon to'garagi o'quvchilari bilan Sherobod tuman Axborot kutubxona markaziga sayohat tashkil etdilar.

📕 Kutubxona mutaxassislari tomonidan kutubxona faoliyati , tarixi va bugungi kundagi ish faoliyati haqida ma'lumotlar berib o'tildi.O'quvchilar kutubxonaga a'zo bo'lish , elektron va an'anaviy katalog va kartotekalardan foydalanish qoidalari bilan tanishdilar.

🌐 Sherobod tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook