Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
655 subscribers
34.2K photos
1.25K videos
2 files
5.84K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Termiz_shahar_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati
#Tabrik

Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Shohida Rahmatovna Aripova "Mo'tabar ayol" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Eslatib o'tamiz, Mo'tabar ayol” ko‘krak nishoni jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida ta'sis etilgan.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Hashar_elga_yarashar

🔴 Bugun respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq hashari Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham qizg‘in bo'lib  o'tmoqda.

🔰Unda maktab o‘qituvchi va xodimlari faol ishtirok etishdi. Hashar davomida maktab binosining ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirilib, chiqindilardan tozalandi.

🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Hashar_elga_yarashar

🔴 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq hashari qizg‘in davom etmoqda.

🌲🌳🪻🌿 Hasharda maktab hududiga 100 tup manzarali archa ko‘chatlari ekildi. 270 tupga yaqin daraxt oqlanib, chiroyli shaklga keltirildi. Yo‘lak chetlariga bahor gullari ekildi.

🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube