Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
660 subscribers
31.8K photos
1.21K videos
1 file
5.48K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Termiz_shahar_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati
#CHSB


II chorak yakuni bo'yicha ChSB (choraklik summativ baholash) jarayonlari boshlandi.

📚O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 25-dekabr kuni  soat 10:00 dan 12:30 gacha ixtisoslik fanlaridan(matematika, fizika, ingliz tili)  fanlaridan test sinovlari bo'lib o'tmoqda.

Ushbu sinov jarayonlariga Agentlik tomonidan  Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan mas'ul  Bobonov Zokir Quvondiqovich, Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash shõba mudiri Sirojiddin Avazov hamda maktabimizga biriktirilgan mas'ul  Radjabov Husan tashrif buyurib, test sinovlari jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram Facebook
#Qiziriq_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#IMA
#Jarayon
#ChSB_imtihonlari

II chorak yakuni boʻyicha CHSB (choraklik summativ baholash) test sinovlari jarayoni.

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchilarning bilim sifati va o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida mutaxassislik fanlaridan (matematika, fizika, ingliz tili, kimyo, biologiya) ChSB (choraklik Summativ baholash) test sinovlari bo'lib o'tdi.

/Telegram / Facebook /
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#harbiy_vatanparvarlik_oyligi

🛡️"Yosh chegarachilar" harbiy-akademik litseyi kursantlari bilan uchrashuv o'tkazildi.

2023-yil 26-dekabr kuni  Muzrabotu tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida "Yosh chegarachilar" harbiy-akademik litseyi kursantlari bilan maktab o'quvchilari o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida harbiy bilim yurti hayoti, kursantlarga yaratilgan  sharoitlar haqida so'z yuritildi hamda o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarqo’rg’on_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

"YANGI YIL TABRIKNOMASI"

   🎄Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agnetligi tizimidagi Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Yangi yil bayrami tadbirlarini sermazmun va qiziqarli tarzda tashkil etish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazish bo‘yicha” 2023 yil 14-dekabrdagi 06-06/3-3389 sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida o’quvchilar o‘rtasida Yangi yil bayrami tadbiri munosabati bilan “Eng yaxshi Yangi yil she’ri” challenj start oldi.
  
🌍Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

  Telegramm I Facebook.
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

"BIZNING ISTE'DODLI YOSHLARIMIZ"
"ATROF-MUHITNI BIRGALIKDA ASRAYLIK"


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agnetligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari "Eko uy" loyihasi doirasida o'zlarining iste'dodini namoyon qilishdi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish shu kunning eng global ekologik muammosi hisoblanadi. Tabiatning bu muammosi yer yuzidagi tiriklikni, eng avvalo, insonlar salomatligini saqlashni ko’zda tutadi. Bu xayrli niyatdan orqaga qaytish, yer yuzidagi hayotni, jamiyat
taqdirini xavf ostiga, tabiiy ofatlar yoqasiga keltirib, kelajak avlodlar dunyoga keladigan yo’lni oldindan berkitib qo'yishdan iboratdir.

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook|