Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
651 subscribers
33.4K photos
1.23K videos
2 files
5.71K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

🔰AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTAB O‘QUVCHISI XALQARO TANLOVDA MUTLAQ G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITDI

🏛Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Jaloliddin Boymaxammadov xalqaro "International Calculus Olympiad 2022" olimpiadasida Oliy Matematika" yo'nalishida oltin medalni qo'lga kiritdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#3_dekabr
#Mehr_muruvvat_kuni
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#Zamin_fondi

❇️3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shoхistaxon Nurmatova boshchiligida ijodkor o‘quvchilar Xo‘jaobod tumanidagi 17-maxsus maktab internati hamda zaif eshituvchi bolalar maxsus maktabida bo‘lishdi.

🔰"Zamin" xalqaro jamoat fondi bilan ijodiy hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan mazkur muassasalarda ijod maktabi tomonidan "Kel, dunyoga quvonch ulashamiz" nomli badiiy chiqishlar namoyish etildi.

♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇👇

Veb-sayt| Facebook|Instagram|Telegram
#PTMA
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#hech_kim_mehr_va_eʼtibordan_chetda_qolmaydi

🌈👨🏻‍🦽3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni

🌐🌍Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3-dekabr - "Xalqaro nogironlar kuni" sifatida dunyo bo'ylab nishonlanadi.
Uning maqsadi - jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini rag'batlantirish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik e'tiborini jalb qilishdan iborat.

Shu munosabat bilan, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tahsil oluvchi nogironligi va sog'ligida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarga mehr ulashildi.

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
Zo'ravonlikka qarshi kurashish bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi

Joriy yilning 5-dekabr sanasida tuman hokimining o'rinbosari "Oila va xotin-qizlar" bo'lim boshlig'i Toshmatova Dilfuza Aliboyevna tomonidan Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'qituvchilari hamda 11-sinf o'quvchi qizlari o'rtasida "Har qanday zo'ravonlikka qarshimiz"mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida zo‘ravonlikka uchragan ayollarga yordam tizimini yaratish, oilaviy-maishiy zo‘ravonlikning oldini olish va uning mudhish oqibatlariga barham berish, oilaviy va shaxslararo munosabatlarda qonuniylikni ta’minlash yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Telegram 🌍 Sariosiyo.uz| Facebook|
📹YouTube|📸Instagram
#PTMA
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

"FARZANDIMGA KITOB SOVG'A QILAMAN"
"BESH TASHABBUS AMALDA"
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Beshta muhim tashabbus” doirasida bir qancha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan:Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 2022-yilning 5-dekabr kuni "FARZANDIMGA KITOB SOVG'A QILAMAN" shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi. To‘rtinchi tashabbus: Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.


Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram