Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
630 subscribers
42.3K photos
1.56K videos
3 files
7.21K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

“OTALARNING FARZAND TARBIYASIDAGI O‘RNI VA MAS’ULIYATINI OSHIRISH”

   ⚡️Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024 yil 27-aprel kuni “Otalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni va mas’uliyatini oshirish” mavzusida navbatdagi "Otalar yig'ilishi" tashkil etildi. Otalar yig'ilishida o'quvchilarning dars mashg'ulotlarida qatnashishlari, davomat tahlili, oliy o'quv yurtlari, bugungi kunda ta'lim -tarbiya jarayonidagi o'zgarishlar va yangiliklar, haftaning har yakshanba kunida "Dadam bilan bir kun" loyihasi doirasida farzadlari qabul kunini tashkil etish haqida tushuntish ishlari olib borildi. Maktab ma'muruyati va ota-onalar hamkorlikda ishlashga erishildi.
   
      
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook|
Otalar oila tayanchi: Men farzandimning taqdiriga befarq emasman

Farzandlar tarbiyasida otalar roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy qilingan “Otalar yig‘ilishi”, “Otalar qabuli” kabi tadbirlar “Surxondaryo tajribasi” sifatida butun respublika bo‘ylab amaliyotga tadbiq etila boshladi.

Bu borada Boysun tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida haftaning shanba va yakshanba kuni “Otalar yig‘ilishi”, “Otalar qabuli” kabi tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.

Jumladan, bugun ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligiga qarashli Boysun tumani ixtisoslashtirilgan maktabida “Otalar oila tayanchi” mavzuyida navbatdagi otalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida mas‘ullar tomonidan farzand tarbiyasida otaning o'rni, odob-axloq va ichki tartib qoidalar, ta'lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilinib, faol o'quvchi yoshlarning otalariga tashakkurnomalar topshirildi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
"OCHIQ ESHIKLAR KUNI": SENING TANLOVING - SENING YORQIN KELAJAGING!

📖 O'sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama ma'nan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo'lishlari uchun yurtimizning barcha ta'lim muassasalarida qulay imkoniyatlar yaratib berilgan.


Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni“da Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi tasarrufidagi 1-2 umumta'lim maktablarni 4-6 sinf o'quvchilari tashrif buyurishdi.

💫 Tashrif buyurgan o'quvchilar ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, o’quv xonalari, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, madaniy dam olish xonalari, sport seksiyalari, fan va badiiy havaskorlik to’garaklari xonalari, "Zakovat" o`yinlari o`tkazish uchun yaratilgan sharoit, “Besh muhim tashabbus” yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garak xonalarining mavjudligi, kutubxona faoliyati holati haqida batafsil to`xtaldi.


✍🏻 Bizni kuzatib borishda davom eting!
🌐 /Telegram      🌐Facebook