Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
623 subscribers
42.1K photos
1.55K videos
3 files
7.16K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PTMA
#Denov_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida “Profilaktika kuni” munosabati bilan Favqulodda Vaziyatlar Denov tuman bo’limi xodimlari tashrif buyurishdi. Mutaxassislar tomonidan o’quvchilarga Favqulodda Vaziyatlar sodir bo’lganda to’g’ri harakatlanish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, yong’in o’chirish vositalaridan foydalanish bo’yicha amaliy va ko’rgazmali mashg’ulotlar o’tkazildi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#PTMA
#Bandixon_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida, ta’lim tadqiqotchisi Andreas Shlyayxerning «Jahon miqyosidagi ta’lim. XXI asr maktab tizimini qanday barpo etmoq kerak?» nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#PTMA
#Jarqurgon_ixtisoslashtirilgan_maktabi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14-apreldagi PF-106-sonli farmonida ta’lim va tarbiya jarayonlariga vatanparvarlik ruhi, milliy g‘urur va iftixor, o‘z xalqiga muhabbat va sadoqat g‘oyalari singdirilishiga alohida e’tibor qaratish belgilab berilgan. Ushbu qaror ijrosini ta`minlash maqsadida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Jarqo`rg`on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o`quvchilari janubiy-g`arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli 54831-sonli harbiy qismga sayohat uyushtirishdi.
Ushbu sayohatdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi yoshlarda jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish, shuningdek ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, O‘zbekiston Respublikasi Armiyasi va Qurolli Kuchlariga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdir.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#PTMA
#Angor_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish va kasbiy qiziqishlarini oshirish maqsadida tumandagi "Ishga marhamat" Monamarkaziga tashrif buyurishdi. O‘quvchilar odatiy dars soatlaridan farqli ravishda “Ishga marhamat” Monomarkaziga sayohat davomida ularga markazda o‘qitilayotgan ishchi-kasblar, shuningdek Monomarkaz ahamiyati xususida mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumot berildi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Билимимизни_бўлишамиз
#Онлайн_дарс_математика
#1_dars

5-SINFLAR UCHUN MATEMATIKA DARSI

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga o'qishga kirish istagida bo'lgan talabgorlar uchun MATEMATIKA fanidan onlayn darslar yo'lga qo'yildi.

❗️Unda mazkur maktablarga kirish imtihonlarining namunaviy savollari asosida misollar ishlashni o'rgatamiz.

A'zo bo'ling:
➡️https://t.iss.one/hilola_umarova
➡️https://t.iss.one/D_Sobirova_PIIMA

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#PTMA
#Denov_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Denov tumani Xayrobod qoʻrgʻonida joylashgan 36691-son harbiy qismning faxriy qorovul, harbiy sportchilari hamda orkestr jamoasi "Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni" munosabati bilan Prezident ta`lim muassalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida oʻquvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga qiziqishlarini oshirish, hamda harbiy oliy bilim yurtlariga oʻqishga kirish istagini kuchaytirish maqsadida davra suhbatlari, xalqaro “Armiya o’yinlari” g’oliblari bilan uchrashuvlar, o’quvchilar va harbiy askarlar o’rtasida zakovat intellektual o`yini o`tkazildi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram